Ta’lim natijalari (TN)
TN1
|
Ma’naviyatshunoslikni o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni tatbiq qilish uchun zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egallashi
|
TN2
|
Sharq ma’naviy merosi xususan, Markaziy Osiyo xalqlarining boy nomoddiy - ma’naviy merosi, xalq og‘zaki ijodi namunalari, mutafakkirlar asarlarida jamlangan ma’naviy mulki, xalqimizning barhayot udum, an’ana, turmush va fikr tarzini ifodalovchi ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish
|
TN3
|
milliy va umumbashariy ma’naviy qadriyatlarni bilish
|
TN4
|
hozirgi globallashuv sharoitida ularni asrab-avaylash, milliy ma’naviyatimizning yanada taraqqiy ettirish
|
TN5
|
buyuk ajdodlarimizning asrlar bo‘yi yaratgan va misqollab to‘plagan bebaho ma’naviy merosini ko‘z qorachig‘iday saqlash, boyitish, kelgusi avlodlarga yetkazish
|
TN6
|
xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ‘ib etish
|
TN7
|
Ma’naviyatshunoslik fanining mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini ta’minlash, mashg`ulotlarda ta’lim resurslaridan samarali foydalanish
|
TN8
|
ma’naviy qashshoqlashuvning inson va jamiyat hayotidagi zararlarini tushunib yetish, hamda yuksak ma’naviyatga ega bo‘lish malakalarini shakllantirish
|
TN9
|
fanning mazmuniga oid axborotlarni tahlil qilish, qayta ishlash, umumlashtirish va o’quvchilarga yetkazish ko’nikmalariga ega bo’lishi
|
TN10
|
Yosh avlodda nafaqat milliy o‘zlikni anglash, balki o‘zga millatlar ma’naviyati, qadriyat va bag‘rikeng(tolerant)lik, hurmat ruhida tarbiyalash tuyg‘ularini hamda ular ongi va dunyoqarashida “ma’naviy immunitetni” shakllantiradi.
|
|