O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT UNIVЕRSITЕTI
|
DAVLAT PЕDAGOGIKA
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
___________X.Sh.Kadirov
2023- yil “___”______
|
|
|
Modul / fan sillabusi
Bakalavr: 5111100 – Musiqa ta’limi
Fan/modul:
|
Ma’naviyatshunoslik
|
Fan/modul turi:
|
Qo‘shimcha fan
|
Fan/modul kodi:
|
Ma’nT2002
|
Yil:
|
2023-2024
|
Semestr:
|
7
|
Ta’lim shakli:
|
Sirtqi
|
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
60
|
Jami auditoriya mashg‘ulot soati
|
24
|
Ma’ruza
|
12
|
amaliy mashg‘ulotlar
|
12
|
Laboratoriya mashg‘ulotlari
|
-
|
Mustaqil ta’lim
|
36
|
Kredit miqdori:
|
2
|
Baholash shakli:
|
Sinov va imtihon
|
Kurs tili:
|
o‘zbek
|
Fan/modulning maqsadi (MM)
|
M/MM1
|
“Ma’naviyatshunoslik” fani bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalarida milliy va umumbashariy ma’naviy qadriyatlarni bilish, hozirgi globallashuv sharoitida ularni asrab-avaylash, milliy ma’naviyatimizning yanada taraqqiy ettirish, buyuk ajdodlarimizning asrlar bo‘yi yaratgan va misqollab to‘plagan bebaho ma’naviy merosini ko‘z qorachig‘iday saqlash, boyitish, kelgusi avlodlarga yetkazish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ‘ib etishda yaqindan yordam beradi. Shuningdek, ular ongiga ma’naviy-madaniy merosga hurmat, milliy g‘urur, iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhini singdirib borishda fanning o‘rni va ahamiyati beqiyos.
“Ma’naviyatshunoslik” fanining maqsadi - talabalarga ma’naviyatning mazmun-mohiyati, Ma’naviyatshunoslik fanining shakllanish jarayonlari, xalqimizning tarixan boy ma’naviy merosi, ma’naviy-ma’rifiy takomil bosqichlari, milliy ma’naviyatimizning umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unligi, uning o‘ziga xos betakror xususiyatlari haqida tushunchalar berish, ularning bu boradagi bilimlarini yanada boyitish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tarbiyalash hamda o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri fikrlash ko‘nikma va malakasini shakllantirishdan iborat.
| Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar
|
1
|
talabalarga ma’naviyatshunoslikga doir ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’zlashtirilgan barcha mavzular bo’yicha bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish, ma’naviyatning shakllantiruvchi omil va vositalarni mustaqil tahlil qilish, milliy ma’naviy merosimiz to‘g‘risida mukammal ilmiy tasavvurga ega bo‘lish va ularni chuqur o‘zlashtirish, ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beradigan asosiy mezonlardan ekanligini teran ilmiy anglash, ma’naviyat sohasining iqtisod, siyosat sohalari bilan munosabatlari, ma’naviyat va ruhiyatning o‘zaro nisbati, ma’naviyatning din, madaniyat, axloq bilan o‘zaro bog‘liq jihatlari, falsafa va ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligini to‘g‘ri talqin etish, milliy ma’naviyatimiz an’analarini yosh avlod ongiga singdirishning shakl va usullaridan foydalanish, ularga doir xulosalar chiqara olish kabi vazifalarni o’rgatishdan iborat.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |