Nizomiy nomidagi toshkent


YULDUZ INTERFEROMETRLARI HAQIDA


Download 123.12 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi123.12 Kb.
#1592267
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yorug\'lik (3)

YULDUZ INTERFEROMETRLARI HAQIDA
Yulduz interferometrlari - yulduzlarning burchak o'lchamlarini va yulduzlar orasidagi burchak masofalarini o'lchash uchun interferometr. Ikki yulduz orasidagi burchak masofasi juda kichik bo'lsa, ularni teleskop orqali bitta yulduzdek ko'rish mumkin. Yulduz gravitatsiya bilan bogʻlangan yorqin plazma sharidir. Hayotining oxirida yulduz shuningdek oddiy moddani ham oʻzi ichiga olishi mumkin. Yerga eng yaqin yulduz Quyoshdir, u Yerdagi energiyaning asosiy manbai hamdir. Boshqa yulduzlar, atmosfera hodisalari toʻsiq boʻlmasa, Yer sirtidan qoʻzgʻalmas yorug’ nuqtalar boʻlib koʻrinadi. Tarixan osmon sferasidagi yorqin yulduzlar turkum va asterizmlarga toʻplantirilgan, eng yorqinlariga nomlar ham berilgan. Astronomlar yulduzlar haqidagi maʼlumotlarni zijlarga yigʻishgan.
Hayotining kamida biror qismida yulduz yadrosidagi vodorod termoyadroviy reaksiyasi energiyasi nurlanishi hisobiga charaqlaydi. Geliydan ogʻir deyarli barcha tabiiy kimyoviyunsurlar yulduzlar nurlanishi yoki portlashidagi nukleosintez tufayli yuzaga kelgan. Astronomlar yulduz massasi, yoshi, kimyoviy tarkibi va boshqa xossalarini uning spektri, yorqinligi va fazodagi harakatini kuzatib aniqlay olishadi. Yulduz massasi uning evolutsiyasi va taqdirini belgilovchi bosh mezondir. Yulduzning boshqa xarakteristikalari uning oʻtmishi, diametri, aylanishi, harakati va harorati orqali aniqlanadi. Yulduz haroratining uning yorqinligiga nisbati jadvali, yoki Hertzsprung–Russell diagrammasi (H-R diagramma), yulduz yoshi va evolutsiyaviy holatini bilishga yordam beradi.
Yulduz vodoroddan iborat materiya buluti kollapsi bilan boshlanadi, unda oz miqdorda geliy va ogʻirroq unsurlar ham boʻlishi mumkin. Yulduz yadrosi yetarlicha zich boʻla boshlaganida vodorodning bir qismi yadroviy reaksiya orqali zudlik bilan geliyga aylanadi. 
Yadrosidan tashqaridagi yulduz massasi yadrodan energiyani radiatsiya va konveksiya jarayonlari orqali sirtga olib chiqadi. Yulduzning ichki bosimi uni keyingi kollapsdan (oʻz ichiga qulab tushishdan) saqlaydi. Vodorod yoqilgʻisi tugaganida, massasi Quyosh massasining kamida 0,4 boʻlgan yulduz kengayib, qizil gigantga aylanadi, baʼzi hollarda ogʻirroq unsurlar ishlab chiqarishni boshlaydi. Keyin yulduz degenerat shaklga oʻtib, moddasining bir qismini yulduzlararo muhitga chiqaradi, bu modda u yerda ogʻir unsurlari koʻproq boʻlgan yangi yulduzlar avlodini shakllantiradi.
XULOSA
Bizning hayotimizni yorug’liksiz tasavvur qilishimiz qiyin. Yorug’lik — inson ko‘zi sezadigan elektromagnit to‘lqinlar. Bu vakuumning to’lqin uzunligi ~ 400 nm dan ~ 760 nm gacha bo’lgan to’lqinlar uzunligiga mos keladi. Spektrning infraqizil nurlanish va ultrabinafsha nurlanish sohalari ham Yorug’lik deb ataladi. Spektrning infraqizil nurlanish sohasi bilan rentgen nurlari orasida keskin chegara yo’q. Turli yoritqichlar (Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkalar va boshqalar) Yorug’lik chiqaradi. Yorulik to’lqin xossaga hamda korpuskulyar xossaga ega. Ba’zi hodisalar (difraktsiya, interferentsiya, qutblanish) da Yorug’likning to’lqin xossasi, boshqa hodisalar (fotoeffekt, lyuminessentsiya, atom va molekulalar spektrlari) da korpuskulyar xossasi namoyon bo’ladi. Yorug’likning to’lqin xossasini to’lqinlar nazariyasi, korpuskulyar xossasini kvant nazariya tavsiflab beradi; har ikkala xossasi birbirini to’ldiradi.Shunday jismlar ham borki, atrofimiz yorug’ yoki qorong’i bo’lishidan qat’iy nazar ular bizga ko’rinadi. Chunki ularning o’zlari yorug’lik chiqaradi. Bunday jismlar yorug’lik manbalari deb ataladi.Quyosh, yulduzlar, yashin, ayrim nurlanuvchi hasharotlar yorug’lik manbaidir. Ulardan chiqqan yorug’lik bizning ko’zimizga tushgandagina biz ularni ko’ra olamiz. O’zlaridan yorug’lik chiqarmaydigan jismlar esa yorug’likni qaytarishlari tufayli bizga ko’rinadi.Intrferometrlardan ham hozirda juda keng qo’llaniladi.Yulduz interferometrlari - yulduzlarning burchak o'lchamlarini va yulduzlar orasidagi burchak masofalarini o'lchash uchun zarur bo'lgan asbob.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


1.J.Kamolov va boshqalar. Umumiy fizika kursi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. O’qituvchi. 2002
2. S.Bozorova, N.Kamolov. ”Fizika” (optika, atom fizikasi). Darslik. T.Aloqachi-2007
3. Sh.A. Shoobidov, X.N.Habibullayeva, F.D. Fayzullayeva. Nazariy mexanika
(statika, kinematika), Darslik. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2008
4. E.Rasulov, U.Begimqulov. Kvant fizikasi , I qism, O‘quv qo‘llanma Toskent-
2006.
5. Бойдедаев А. “Классик статистик физика.” Ўқув қўлланма Т.: Иқтисод-
молия, 2003
6. Boydedaev A. “Kvant statistik fizika.” O‘quv qo‘llanma T.: Iqtisod-moliya,
2002
7. Azizxodjaeva N.N. O‘qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash O‘quv qo‘llanma Toshkent-2000
8. F.A. Korolev. Fizika kursi. Optika, atom va yadro fizikasi, T., " O'qituvchi" 1978.
9. G. S. Landsberg. Optika, T., "O'qituvchi", 1981.
10. M. X. O'lmasova, J. Kamolov, F. Toshmuxammedov. Fizika. Optika, atom va yadro fizikasi. T., "O'qituvchi" 1985.18:51
11. Sattarov I., “Astrofizika”, I-qism, Toshkent 2007
12. Нуритдинов С.Н. Сомон Йули физикаси, Т. 1989
13. Зельдович Я.Б., Новиков И.Д. Строение Вселенной, М.: 1975
Internet saytlari

www.google.com


www.ziyo.uz
www.arxiv.uz


Download 123.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling