Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.37 Mb.
bet2/4
Sana14.01.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1092399
1   2   3   4
Bog'liq
12-ma\'ruaza.Aylantirish usuli

1-SAVOL. GEOMETRIK SHAKLLARNI PROYEKSIYALAR TEKISLIGIGA PERPENDIKULYAR O‘Q ATROFIDA AYLANTIRISH. B nuqtaning H tekislikka perpendikulyar i o‘qi atrofida aylantirilishi 2–rasm, a da ko‘rsatilgan. B nuqta B1 vaziyayatga radiusi OB ga teng aylana bo‘yicha H tekislikka parallel bo‘lgan N1 tekislikda harakatlanadi. Bunda N1 tekislik H tekislikka parallel bo‘lgani uchun B nuqta harakatlanish trayektoriyasining gorizontal proyeksiyasi aylana bo‘yicha, frontal proyeksiyasi N1 tekislikning N1V izi bo‘yicha Ox ga parallel bo‘lib harakatlanadi.

1-SAVOL. GEOMETRIK SHAKLLARNI PROYEKSIYALAR TEKISLIGIGA PERPENDIKULYAR O‘Q ATROFIDA AYLANTIRISH. Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi xulosalarga kelamiz: 1-xulosa. Agar A nuqta frontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o‘q atrofida aylantirilsa, mazkur nuqtaning frontal proyeksiyasi aylana bo‘yicha, gorizontal proyeksiyasi Ox o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatlanadi. 2-xulosa. Agar nuqta gorizontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o‘q atrofida aylantirilsa, nuqtaning gorizontal proyeksiyasi aylana bo‘yicha, frontal proyeksiyasi Ox o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatlanadi. Nuqtani proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o‘q atrofida aylantirish qoidalariga asosan umumiy vaziyatda joylashgan geometrik shakllarni xususiy yoki talab qilingan vaziyatga keltirish mumkin.

1-SAVOL. GEOMETRIK SHAKLLARNI PROYEKSIYALAR TEKISLIGIGA PERPENDIKULYAR O‘Q ATROFIDA AYLANTIRISH. 1–masala. Umumiy vaziyatdagi AB(AB′, AB″) kesmani V tekislikka parallel vaziyatga keltirilsin. Yechish. AB kesmaning biror, masalan B uchidan iH aylantrish o‘qi o‘tkaziladi. So‘ngra bu o‘q atrofia kesmaning AB′ gorizontal proyeksiyasini AB′∥Ox vaziyatga kelguncha aylantiramiz. Bunda AB kesmaning A″ nuqtasi N1VOx bo‘yicha harakatlanib, A″1 vaziyatni egallaydi. Shaklda hosil bo‘lgan AB kesmaning yangi A′1B′1 va A″1B″1 proyeksiyalari uning V tekislikka parallelligini ko‘rsatadi. Shakldagi α burchak AB kesmani H tekislik bilan hosil etgan burchagi bo‘ladi.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling