2-SAVOL. GEOMETRIK SHAKLNI PROYEKSIYALAR TEKISLIGIGA PARALLEL O‘Q ATROFIDA AYLANTIRISH. 1-masala. Umumiy vaziyatdagi ∠ABC(∠A′B′C′,∠A″B″C″) ning haqiqiy o‘lchami aniqlansin Yechish. Berilgan burchakning gorizontali yoki frontalidan foydalaniladi. Mazkur burchakning haqiqiy o‘lchamini aniqlash uchun chizmada uning f(f′, f″) frontali o‘tkazilgan. Rasmda hosil bo‘lgan ∠ABE(∠A′B′E′, ∠A″B″E″) ning haqiqiy o‘lchamini aniqlash uchun B nuqtani aylantirish radiusining haqiqiy o‘lchamini aniqlash kifoya. Buning uchun B″ nuqtadan f″ ga perpendikulyar o‘tkaziladi va aylanish markazining OB(O′B,O″B), so‘ngra aylantirish radiusining BOB(B′O′B, B″O″B) proyeksiyalari aniqlanadi. To‘g‘ri burchakli ∆O″BB″B″O yasash bilan radiusning haqiqiy o‘lchami O″BB″1=R aniqlanadi. B nuqtaning yangi vaziyatini yasash uchun O″B dan R radius bilan O″BB″1 perpendikulyarning davomi bilan kesishguncha yoy o‘tkaziladi va hosil bo‘lgan B″1 bilan A″ va E″ nuqtalarni tutashtiriladi. Chizmada hosil bo‘lgan α berilgan burchakning haqiqiy o‘lchami bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |