Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
Tarbiyaviy ishlarning tahlili
Download 124.43 Kb.
|
Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
Tarbiyaviy ishlarning tahlili
Rejada tarbiyaviy ishlarni tayyorlash va o‘tkazishning barcha ko‘rinishlari o‘z aksini topganmi? Dastur mazmuni ko‘zlangan maqsadga javob beradimi? Ko‘zlangan maqsad, vazifalar va talablarga tashkil etish darajasi javob beradimi? Rejalashtirilgan barcha me’yorlar yetarli darajada manbalar bilan mustahkamlandimi? Ishning qaysi bo‘limi yaxshiroq amalga oshdi, nima uchun? Tarbiyaviy ish vaqt nuqtayi nazaridan o‘zgarmadimi? Kim va nima uchun o‘z muddatida ulgurmadi? Tarbiyaviy ishlar bir tizimni ifoda etadimi yoki nomigagina bog‘langan to‘plamdan iborat bo‘ldimi? Yangilik samarasi sezildimi? Tarbiyaviy ishning emotsionalligi uning g‘oyasiga javob berdimi? Ishning sifati, o‘quvchilarning unga munosabati qoniqtiradimi, ularni qaysi savollar o‘ylashga majbur etdi? Tarbiyaviy ishda ishtirok etgan jamoaning har qaysi a’zosi qanday bahoga loyiq? O‘quvchilarning xulqi qanday edi? Nima uchun ayrim o‘quvchilarda u yoki bu pedagogik harakatga nisbatan qarshilik ko‘rsatish alomatlari paydo bo‘ladi? Nimadan voz kechish kerak? Tarbiyaviy ishlarda pedagogik texnologiyaning umumiy belgilari: tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning kompleksi sifatida o‘ziga o‘yinlar, tarbiyaviy suhbatlar va individual jihatlarning elementlarini qamrab oladi; har bir ish har bir tarbiyalanuvchining axloqiy, ijtimoiy va boshqa fazilatlari shakllanganligi darajasini kompyuter orqali tashxislash bilan boshlanadi. tarbiyaviy ta’sir tashxislash natijalarining faol tahlili va ideal shaxs bilan qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllanganlik darajasiga yetganligini anglash bilan yuzaga keladi. tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur bo‘lgan fazilatlarni o‘zlashtiradilar, o‘zlarini anglashni o‘rganadilar, o‘z-o‘zini kamolga yetkazish yo‘llarini tasavvur qiladilar; shaxsiy kamolotga yetish dasturi (tashxislash natijalaridan qat’iy nazar) individual maslahatlar, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida mustahkamlanadi. Download 124.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling