Nizomiynomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Diduragay va poliduragay chatishtirish


Download 24.8 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi24.8 Kb.
#1602128
1   2   3
Bog'liq
doklad 3

Diduragay va poliduragay chatishtirish
Durgaylash uchun olingan ona va ota organizmlar bir-biridan ikki juft qarama-qarshi belgilari bilan farq qilsa, ular diduragay chatishtirish deb ataladi.
G.Mendel diduragay chatishtirish uchun sariq, silliq donli gorox bilan yashil burishgan (g‘adir-budur) donli goroxni chatishtiradi. Natijada olingan durgaylarning birinchi avlodi (F1) sariq, silliq donli bо‘lib chiqadi. Bu tajribada donning sariq va silliq belgilari dominant, yashil va burishgan belgilari retsessiv belgilar ekanligi ma’lum bо‘ldi.
Mendel durgaylarning birinchi avlodini о‘zidan changlatib, ikkinchi avlodini oldi va ularda dominant hamda retsessiv belgilarning nisbati 9:3:3:1 bо‘lishini, Ya’ni har 16 ta sariq, silliq donga; 3 ta sariq burishgan va 1 ta yashil burishgan don hosil bо‘lishini (har 16 ta donning 9 tasi dominant belgilarga, 1 tasi retsessiv belgilarga. 6 tasi aralash belgilarga ega bо‘lishi chiqishini) aniqladi.
Tajribada ona va ota о‘simliklariga xos bо‘lmagan yashil, silliq va sariq, burishgan donlarning olinishini G.Mendel har xil juft belgilarning mustaqil holatda nasildan-nasilga о‘tish qonunidir, deb tarifladi. Keyinchalik bu qoida Mendelning uchunchi qonuni deb nomlanadi.
Mendel qonunlarida durgaylarning fenotip va genotip bо‘yicha ajiralish nisbatlari berilgan.
Fenotip bu organizmning belgi va xususiyatlaridir. Genotip esa shu belgi va xususiyatlarni nasildan-nasilga olib о‘tadigan genlardir. Belgi belgi va xususiyatlarning rivojlanishi uchun ma’lum shart-sharoitlar kerak. Aks holda organizmda gen bо‘laturib, belgi yoki xususiyat yuzaga kelmasligi mumkin. Shuning uchur durgaylarning fenotip va genotip bо‘yicha ajralishini bilish talab etiladi.
Monodurugay va diduragay chatishtirishda durgaylarning fenotip va genotip bо‘yicha ajralishini aniqlash uchun Pennet panjarasi qо‘llaniladi. Monduragay chatishtirishda fenotip bо‘yicha parchalanish nisbatlari 3:1 ga, genotip bо‘yicha 1:2:1 ga, diduragay chatishtirishda esa fenotip bо‘yicha 9:3:3:1 ga, genotip bо‘yicha 1:2:1:2:4:2:1:2:1 ga teng.
Bir-biridan uchta va undan ortiq alternativ belgilar bilan farq qiladigan organizmlarni chatishtirish poliduragay chatishtirish deyiladi. Poliduragay duragaylarning ikkinchi bо‘g‘inida (F2 da) begilar bо‘yicha ajralish durgay durgaylariga nisbatan ancha murakkab bо‘lib, ularda ham yuqoridagidek irsiyat qonunyatlari kuzatiladi (8-jadval).
Agar diduragay chatishtirishda hosil bо‘ladigan gametalar soni 4 tani, ular kombinatsiyasi 16 ta bо‘lib, sinflar soni fenotip bо‘yicha 4 tani, genotip bо‘yicha esa 9 tani tashkil etsa, triduragay chatishtirishda hosil bо‘ladigan gametalar soni 8 tani, ular kombinatsiyasi 64 ta bо‘lib, sinflar soni fenotip bо‘yicha 8 tani, genotip bо‘yicha 27 tani tashkil etadi.
Download 24.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling