Nizomiynomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 22.19 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi22.19 Kb.
#1601849
Bog'liq
doklad 1


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI

NIZOMIYNOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

KECHKI TA’LIM BO`LIMI” fakulteti


BIOLOGIYA


GENETIKA VA SELEKSIYA ASOSLARI FANIDAN

DOKLAD

Mavzu: Ontogenez o'rganishda qo'llaniladigan genetik metodlar

Bajardi:301 Abdusamatov A

Toshkent 2023
Reja:
1.Ontogenez haqida
2.O’qitishda qo’llaniladigan metodal
Ontogenez (yunoncha: ontos — borliq va ...genez) — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. "Ontogenez" terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan. Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi. Jinssiz koʻpayadigan orga-nizmlarda yangi organizm ona hujay-raning boʻlinishidan (bir hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki tugunak, ildizpoya va boshqa vegetativ organlardan (vegetativ koʻpayishda) vujudga keladi. Ontogenez organizmning xususiy rivojlanishi davomida roʻy beradigan barcha morfologik, fiziologik va funksional jarayonlarni qamrab oladigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan miqdor va si-fat oʻzgarishlari orqali amalga oshadi. Ontogenez ketma-ket keladigan bosqichlar rivojlanish davrlaridan iborat. Jinsiy koʻpayadigan organizmlarda bu bos-qichlar murtak (embrional), murtakdan keyingi, yaʼni postembrional va ba-logʻatga yetish davrlarini oʻz ichiga oladi.
Ontogenez davomida rivojlanayotgan organizmning alohida qismlari oʻsadi, ixtisoslashadi va oʻzaro muvofiklashadi. 18-asrda Ontogenezni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri preformizm Ontogenezni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa, ikkinchisi — epigenez esa uni strukturasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning rivojlanish jarayoni si-fatida tushuntiradi. Zamonaviy tushunchalarga binoan, Ontogenez boshlanayotgan hujayrada irsiy axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi joylashgan. Ontogenez davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va hujayra komplekslari oʻrtasida amalga oshadi. Irsiy apparat maxsus oqsil molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy yoʻnalishini belgilab beradi. Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq.
Hayvonlarda Ontogenez jarayonlarini boshqarishda nerv va endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. Ontogenez jinsiy koʻpayadigan koʻp hujayrali hayvonlarda, ayniqsa, murakkab sodir boʻladi. Ular ontogenezida Ontogenezning murtakkacha (proembrional), murtak (embrional), murtakdan keyingi (postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi. Proembrional davr jinsiy hujayralarning yetilishi (gametogenez) va urugʻlanish davrini; embrional davr embrionning tuxumdan yoki embrion pardadan chiqqungacha, postembrional davr jinsiy voyaga yetgunga oʻtgan davrni, voyaga yetgan davr esa organizmning yetuklik va keksaygan holatini oʻz ichiga oladi. Hayvonlarda Ontogenezning 3 tipi maʼlum: 1) lichinkalik — tuxum poʻstidan ancha erta chiqqandan soʻng organizm lichinka holida xayot kechiradi, lichinka davri oxirida esa metamorfoz yuz beradi; 2) tuxum qoʻyuvchi — murtak uzok, vaqt tuxum ichida rivojlanadi, lichinka davri boʻlmaydi; 3) ona qornida urugʻlangan tuxum — tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday holatda baʼzan murtak bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish yuz beradi. Anʼanaviy ravishda Ontogenezni embriologiya oʻrganar edi.
Embriologiyadan rivojlanish biologiyasi ajralib chiqqandan soʻng embriologiyaning vazifasi murtakdan oldingi va murtak davrini oʻrganish boʻlib qoldi. Oʻsimliklarda Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayraning rivojlanishidan boshlanadi. Oʻsimliklarda Ontogenezning oʻziga xos xususiyatlari jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) naslning almashinishidan iborat. Sporofit zigotadan, gametofit — unib chiqayotgan sporadan hosil boʻladi. Gulli oʻsimliklar hayotiy siklida sporofit ustunlik qiladi, erkak va urgʻochi gametofit esa qisqarib ketadi. Vegetativ koʻpayishda Ontogenez ona organizm, shu jumladan, ixtisoslashgan organlar (ildiz-meva, tugunak, piyozboshi va boshqalar) hujayralarining boʻlinishidan boshlanadi. Odatda, oʻsimliklar Ontogenezi embrionlik, yuvenil (yoshlik), yetuk, koʻpayish va qarilik davrlariga boʻlinadi. Ontogenez davrida oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarining strukturaviy va funksional ixtisoslashuvi yuz beradi; oʻsimliklar turli qismlarining oʻzaro taʼsiri murakkablashib boradi; yaxlit sistema sifatida butun bir organizm yoshga oid qaytmas oʻzgarishlar paydo qiladi. Ontogenezda oʻsimliklarning bir butunligi fitogormonlar, shuningdek, har xil organlar, mas, fotosintez qiluvchi organ — barglar bilan suv va mineral moddalarni shimuvchi ildiz oʻrtasida metabolitlar almashinuvi orkali taʼminlanadi.
Ontogenez davomida oʻsimlik oʻsadi va rivojlanadi. Oʻsish oʻsimlikning boʻyiga ortishi, yaʼni miqsoriy oʻzgarishi boʻlsa, rivojlanish sifat oʻzgarishidan iborat. Koʻpchilik oʻsimliklar yopishib yashashi tufayli ular Ontogenezi koʻp jihatdan tashqi muhit sharoitiga bogʻliq. Oʻsimliklarda muhitning noqulay omillariga turli xil moslanishlar (tinim holati, fotoperiodizm va boshqalar) paydo boʻlgan. Shu tufayli ular faoliyatining faol davri yilning eng qulay fasliga toʻgʻri keladi

Biologiya o‘qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o‘quvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirish qonunlarni o‘rgansa va u maktabdagi barcha o‘quv fanlari uchun o‘qitish nazariyalarni va prinsiplarini ishlab chiqsa, biologiya o‘qitish metodikasi biologiya bilan bog‘liq o‘qitish va tarbiyalash mazmuni, shakllari, va metodlari hamda vositalari bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalarni ishlab chiqadi. Biologiya o‘qitish metodikasi psixologiya bilan uzviy aloqadadir.


Chunki, biologiyani o‘qitish o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan taqdirdagina samara beradi. Masalan o‘smirlarda ya’ni V-VI sinf o‘quvchilarida diat beqaror bo‘lgani sababli biologiya o‘qituvchisi dars jarayonida bir necha metodlardan foydalanib, o‘quvchilar faoliyatini almashtirib turadi, hamda ularning tafakkurini konkret ekanligini e’tiborga olib, ko‘rgazmali vositalardan ko‘proq foydalanadi. Yuqori sinflarda esa o‘quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda abstrakt tafakkur rivojlangani uchun darslar ko‘proq ma’ruza shaklida o‘tkazqilishi va bir, ikki metoddan foydalanish kifoya qiladi. 9
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, stitologiya, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya, evolyustion ta’limot, antropologiya molekulyar biologiya fan asoslarini o‘zida ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini hayot faoliyatini tashqi muhit bilan aloqasini to‘g‘ri tushuntirish o‘simlik, zamburug‘, hayvon, mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan mikro va makropreparatlar tayyorlash, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish, o‘qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o‘quv fani bilan biologiya fani orasida muhim tafovutlar borligini O‘qituvchi yaxshi bilishi kerak. Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik va o‘lik tabiati to‘g‘risida tadqiqot o‘tkazishi oraliq yangi bilimlarni hosil qilish bo‘lsa, maktab biologiya o‘quv fanining maqsadi, o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan bilimlar va uni tushuntirishdan iborat.
Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o‘quvchilar uchun zarur asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga maktab biologiya kursi «kichik fan» emas, balki o‘quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko‘mak beruvchi biologiyani asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi.
Download 22.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling