6-bob. O‘qishga qabul qilish tartibi
29. Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish
to‘g‘risidagi qarori 20-avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 25-
avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bo‘yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi
oliy ta’lim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.
Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish
to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish yuridik yoki
jismoniy shaxslar tomonidan o‘qish uchun belgilangan mablag‘ miqdori 15-sentabrdan
kechiktirilmay, belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasining buyrug‘i
bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-
son)
Do'stlaringiz bilan baham: |