2-bob. Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish
8. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga
qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son
qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish tartibi
9. Magistraturaga kirish imtihonlari boshlanishidan bir oy avval, oliy ta’lim muassasasi
qabul komissiyasi magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va
ajratilgan o‘rinlar haqidagi axborotni belgilangan tartibda e’lon qiladi.
10. Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli
mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga
ariza;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma —
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar
uchun) hamda unga ilova;
chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi
(mavjud bo‘lgan holda);
3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli
qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
11. Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasportini shaxsan ko‘rsatadilar.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
13. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul
komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |