“NKMK” AJ Moliyaviy nazorat va tavakkalchilikni boshqarish bo‘limi yetakchi mutaxassis lavozimiga ochiq tanlovni eʼlon qiladi.
Malaka talablari:
- oliy ta’lim (iqtisodiyot/moliya/menejment/matematika);
- qo‘shimcha ta’lim: xatarlar (miqdoriy usullar), ichki nazorat, loyihalarni boshqarish;
- shu sohaga oid lavozimda kamida 3 yillik ish tajribasi;
- xatarlarni boshqarish choralarini aniqlash, baholash va ishlab chiqish tajribasi;
- ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, moliyaviy modellarni yaratish ko‘nikmalarini bilish;
- konsalting tajribasi ustunlik sifatida qaraladi;
- sanoatda ish tajribasi (tog‘-kon sanoati) ustunlik sifatida qaraladi;
- MS Office mahsulotlarini (MS Word, MS Excel, Power Point, Visio, MS Project) professional darajada bilish;
- xatarlarni boshqarish sohasida sertifikatlarning mavjudligi (PMI- RMP, CRM, CRMA, PRM va boshqalar) ustunlik sifatida qaraladi;
- rahbariyat uchun xatarlarni boshqarish sohasiga oid taqdimot materialini shakllantirish qobiliyati;
- xizmat safarlariga tayyorlik;
- o‘zbek, ingliz va rus tillarini bilishi.
Ish sharoitlari:
- Mehnat kodeksi bo‘yicha bandlik, to‘liq ijtimoiy paket, (taʼtil, kasallik taʼtillari);
- Ish haqqi darajasi “NKMK” AJ tarif setkasiga muvofiq.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarning rezyumesi elektron shaklda fe.urokov@ngmk.uz elektron pochtasiga yuborilishi lozim.
Rezyumeni qabul qilish muddati 2023-yil 22-avgustdan 5-sentabrgacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |