Noan’anaviy dars ishlanmalari 4 sinf
Download 112.37 Kb.
|
Atadjanova Iroda
O’quvchilar: Tinchlik, quyosh, osmon va ona haqida.
O’qituvchi: Endi birinchi topshiriqni eshiting! 1 - Topshiriq: Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asaridan bahor tasvirlangan so’zlarni eslaymiz. 1- Guruh: O’quvchi: Sharqdan bahor nafasi esib keldi. Olamni bezamoq uchun firdavs yo’lini ochdi. O’quvchi: Zerikarli qishni bahor nafasi haydadi. Musaffo bahor yana o’z hukmiga kirdi. 2 – Guruh: O’quvchi: Turli – tuman chechaklar qiyg’os ochildi. Olam ichi ifor bilan to’ldi. O’quvchi: Bo’z yer yuziga yashil parda tortdi. 3 - Guruh: O’quvchi: G’oz o’rdak, oqqushlar osmonni to’ldirib, qag’illashib, yuqori, quyi uchmoqda. O’quvchi: Gulzorda bulbul ming ohangda navo qilmoqda. 2 – Topshiriq: Tabiat bilan bog’liq sahna ko’rinishi. 1- Guruh: Bobo va nevara. Bobo: Mana, Nodirjon bolam, bularni ko’rginchi, bir – biridan farqlay olasanmi? Ko’zim yaxshi ko’rmayapti, adashib aralashtirib ekib qo’ymaylik tag’in/ Nevara: Hammasini to’g’ri ajratganman bobojon. Bobo: Hozir kuz fasli oxirlab qoldi. Bu anor, anjir, tok, jiyda, tol, terak novdalarini yerga qadasak, qishning qori-yu, bahorning yomg’iri suvlaridan to’yinadi-da bolam. Bahorda barg chiqaradi. Qarabsanki, bir yildan so’ng, ildiz otadi, joylashadi. Bularni shu usulda ko’paytiriladi. Nevara: Bobojon bu ish menga yoqdi. Qiziqib ketyapman. Boshqa daraxtlarni qanday o’tqazishadi, qanday payvand qilishadi? Men ham bog’bon bo’lgim kelyapti. Bobo: Menga qarashib yursang, ba’zi narsalarni o’rganib olasan. “Yaxshidan bog’ qolar” deyishgan. Katta bo’lganingda albatta bog’ yaratasan, bolam. Senga ishonaman. Nevara: Harakat qilaman, o’rganaman bobojon. Bobo: Barakalla, bu xayrli ish. Tabiatni sev! Bobo va nevara chiqib ketishadi. 2 - Guruh: Amir Temir vaziri bilan chiqib kelishadi. Download 112.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling