Noaniqliklarni taqdim etish uchun shartli ehtimollik: afzallik va kamchiliklari


Download 0.7 Mb.
bet1/8
Sana20.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1039178
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Boyqobilov Sardor.2-mustaqil ish


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
Kompyuter injiniringi - Kompyuter tizimlarini
loyihalash yo’nalishi 2 - kurs magistranti Boyqobilov Sardorning Sun’iy intellekt va neyron tarmoqlari fanidan




2 – Mustaqil ish


Bajardi: Boyqobilov S.


Qabul qildi: Zohirov Q .
Qarshi – 2022
2 – MUSTAQIL ISH.
Reja;



  1. Noaniqliklarni taqdim etish uchun shartli ehtimollik: afzallik va kamchiliklari.

  2. Noravshan to’plamlar utida amallar va ularning xossalari .

  3. Noravshan mantiqda ishonchlilik koeffitsentlari.

  4. Sin’iy neyron tarmoqlari modeli.

  5. Nutqni tanib olish masalalarida neyron tarmoq modellari va algoritmlari .

  6. Vaqtli qatorlarni bashoratlashda neyron tarmoq modellari va algoritmlari



  1. Noaniqliklarni taqdim etish uchun shartli ehtimollik: afzallik va kamchiliklari.

Noravshan to‘plam(NoT)lar nazariyasi (fuzzy sets theory) bo‘yicha ilmiy ishlarning boshlanishi Berkli universiteti professori Lotfi Zade tomonidan 1965 yilda ―Information and Control‖ jurnalida chop etilgan ―Fuzzy Sets‖ ilmiy maqolasi bilan bog‘liq .
"Fuzzy" tushunchasi noravshan, noqat‟iy, notiniq kabi ma‘nolarni bildiradi. Bu tushuncha an‘anaviy qat‘iy
matematika va Aristotel mantiqida qo‘llaniladigan qat‘iy “tegishlitegishlimas”, “chin-yolg‟on” kabi tushunchalarda oraliq tushunchalarni hosil qilish maqsadida ishlatgan.
NoTlar nazariyasining amaliy qo‘llanilishining boshlanilishini 1975 yilda Mamdani va Assilyani tomonidan oddiy bug‘li dvigatel bilan boshqariladigan noravshan nazorat qiluvchi qurilmaning yaratilishi bilan bo‘g‘lashadi. 1982 yilda Xomblad va Ostergallar sanoatda nazorat qilivchi noravshan qurilmani ishlab chiqdilar va uni Daniyaning zavodida sement pishirish jarayonini boshqarishda qo‘lladilar. “Agar - u holda” noravshan lingvistik qoidalariga asoslangan nazorat qiluvchi birinchi sanoat qurilmasining yaratilishi NoTlar nazariyasi bilan shug‘illanadigan matematiklar va muxandislar o‘rtasida qiziqarli shov-shuvga olib keldi.
Biroz keyinroq Bertolomeem Kosko tomonidan ixtiyoriy matematik tizim noravshan mantiqga asoslangan tizimga approksimatsiya qilinishi haqidagi teorema isbot qilindi.
NoTlarga asoslanib yaratilgan tizimlar texnologik jarayonlarni va transportni boshqarishda, tibbiy va texnika tashxisida, moliya menejmentida, bashoratlash birjasida va tasvirlarni anglashda keng qo‘llanilishi bilan birgalikda uning ilovalariga videokameralar va maishiy xizmat ko‘rsatishdan tortib havoda qo‘riqlash raketalarini boshqarish qurilmalari va harbiy vertolyotlarni boshqarishgacha bo‘lgan masalalarni yechish kiradi. Amaliy tajriba shuni ko‘rsatdiki, noravshan mantiqga asoslangan tizimlarni yaratishga ketadigan vaqt va uni loyihalashtirishga sarflanadigan narx ananaviy matematik apparat yordamida amalga oshirishga nisbatan ancha kam bo‘lib, bunda modellarning ishlashi va shaffofligi talab darajasini qanoatlantriradi.
L.A.Zadening xizmati elementning to‘plamga muallaq (ko‟proq yoki kamroq darajada) tegishliligi haqidagi tushunchani kiritganligidan iborat. Uning xulosasiga ko‘ra elment to‘plamostiga ko‘proq yoki kamroq darajada tegishli bo‘lishi mumkin, bu xulosadan esa to‘plam ostining noravshanligi tushunchasi kelib chiqadi. Butunlay boshqa nuqtai-nazardan, yani n-o‘rinli mantiqga asoslanib Post, Lukashevich va Moyzillar NoTlar nazariyasining ba‘zi bir aspektlarini o‘z ichiga oluvchi umumiy nazariyani yaratdilar.
Inson yoki kompyuter yordamida axborotlarni ishlashda ko‘p hollarda kirishda, ba‘zi hollarda chiqishda sonli yoki sonlimas ma‘lumotlar noravshan va ehtimollimas bo‘lishi mumkin. Bu noravshan va ehtimollimas ma‘lumotlarni ishonchlilik intervallariga joylashtirish mumkin. Bunday hollarda NoTlar nazariyasidan foydalaniladi. L.A.Zade nimani taklif qildi? Birinchidan, u to‘plamning klassikli
kvantorli tushunchasini kengaytirdi, yani xarakteristik funksiyning (elementning to‘plamga tegishlilik fumksiyasining) (0;1) intervalda faqat o yoki 1 qiymat emas, balki ixtiyoriq qiymat qabul qilishi mumkin ekanligini ko‘rsatdi. Bunday to‘plam noravshan (fuzzy) deb ataldi [11]. Shuningdek, Zade NoTlar ustida bir qator amallarni aniqladi va mantiqiy xulosalashning ―Modus ponens” и “Modus tollens” kabi mashhur usullarini umumlashtirishni taklif qildi. Undan keyin lingvistik o‟zgaruvchi (LO‟) tushunchasini kiritdi va bu o‟zgaruvchilarning qiymatlari (termlari) sifatida noravshn to‟plam qatnashishini ko‘rsatdi. L.A.Zade ifodalarning
noravshanligi va noanoqligini o‘z ichiga oluvchi intellektual faoliyat jarayonlarini tavsivlash uchun qurilma yaratdi.

Matematik NoTlar nazariyasi noravshan tushunchalar va bilimlarni tavsiflashga imkoniyat yaratadi, ushbu bilimlar ustida amallar bajaradi va noravshan xulosalashni amalga oshiradi. Ushbu nazariyaga asoslangan kompyuterli noravshan tizimlar kompyuterlarning predmet sohalarda qo‘llanilish imkoniyatlarini ancha kengaytiradi



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling