Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘G‘risida
-modda. Hujjatlarni ko‘rib chiqish va hisob ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
Download 51.32 Kb.
|
Nobank kredit tashkilotlari to\'g\'risida Qonunchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-modda. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish
21-modda. Hujjatlarni ko‘rib chiqish va hisob ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
Ariza beruvchi tomonidan hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq taqdim etilgan taqdirda Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqiladi. Boshqa hollarda Markaziy bank ular olingan kundan e’tiboran besh kun ichida ariza beruvchiga hujjatlar ko‘rib chiqilmasligi haqida xabarnoma yuboradi. Mazkur xabarnomada ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati ham ko‘rsatiladi. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish yoki hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n besh ish kuni ichida Markaziy bank tomonidan qabul qilinadi. Mikromoliya tashkiloti yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti norezidentlar tomonidan tashkil etilgan hollarda ushbu muddat o‘n ish kuniga uzaytirilishi mumkin. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish davrida ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, ariza beruvchi bu haqda zudlik bilan Markaziy bankni xabardor qilishi va yangilangan hujjatlarni o‘zgartishlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida taqdim etishi kerak. Bunda hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati o‘n ish kuniga uzaytiriladi. Ariza beruvchiga hisob ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma hisob ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yuboriladi. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi axborot hisob ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim. 22-modda. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi va (yoki) ularda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi; ariza beruvchining ishtirokchilari (aksiyadorlari) tarkibida ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning mavjudligi; rahbar xodimlarning ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiq emasligi; ariza beruvchining ustav fondi (ustav kapitali) ushbu Qonunning 17-moddasi talablariga muvofiq emasligi; norezident bo‘lgan yuridik shaxs nazorat qilish organining hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi tavsiyasi mavjudligi; ariza beruvchining hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni ushbu Qonunda belgilangan muddatlarda taqdim etmaganligi. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish haqidagi xabarnoma (bundan buyon matnda rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma deb yuritiladi) ariza beruvchiga rad etish asoslari ko‘rsatilgan holda, hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yuboriladi. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra rad etilgan taqdirda, rad etish haqidagi xabarnomada ariza beruvchi rad etish asoslarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ham ko‘rsatilishi kerak. Mazkur muddat rad etish asoslarini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi, biroq o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish chog‘ida rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha hisob ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar rad etish asoslari bartaraf etilmasdan takroran taqdim etilgan taqdirda, Markaziy bank ushbu hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida ular ko‘rib chiqilmasligi to‘g‘risida ariza beruvchini xabardor qiladi. Quyidagi hollardan biri yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida mikromoliya tashkiloti yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti o‘z firma nomidan “mikromoliya tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish” degan so‘z birikmalarini, shuningdek “MMT” degan qisqartirma so‘zni (mavjud bo‘lganda) chiqarib tashlashi yoki faoliyatni tugatish haqida yoxud qayta tashkil etish natijasida tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart: hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar rad etish asoslari bartaraf etilmasdan taqdim etilganligi munosabati bilan ular takroran ko‘rib chiqilmasligi haqida Markaziy bankning xabarnomasini olganda; hisob ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar takroran ko‘rib chiqish uchun rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmaganda; hisob ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu modda birinchi qismining yettinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha rad etilganda. Download 51.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling