Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi


Kredit kooperativ va uyushmalari


Download 33.78 Kb.
bet2/5
Sana19.03.2023
Hajmi33.78 Kb.
#1284424
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi

Kredit kooperativ va uyushmalari


Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontsepsiyasi 1850-yilda Germaniyada, aholining kam ta‘minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo’lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German Shultse-Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo’lib bayon etgan hamda keyinroq kredit uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko’mak bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng bu inson birinchi bo’lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va keyinchalik Kredit Uyushmalari Assotsiatsiyasini tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta‘minlash bilan shug’ullangan.


Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo’lib, u uyushma a‘zolariga tegishli va ularga demokratik prinsiplar asosida xizmat ko’rsatadi. Kredit uyushmasining maqsadi jamg’armalarni jalb qilish, umumiy mablag’lardan a‘zolarga kreditlar berishda foydalanish va uyushma a‘zolarining moliyaviy ahvolini yaxshilovchi boshqa moliya xizmatlarini ko’rsatishdan iborat.
Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit uyushmasi o’z ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi – ya‘ni, u siyosat yoki hukumatga emas, balki ishtirokchilarga mo’ljallangan. Kredit uyushmasining faoliyati moliyaviy subsidiyalarga bog’liq emas. Kreditlash ushun mo’ljallangan mablag’larning asosiy manbai jamg’arma depozitlari hisoblanadi. Ushbu mablag’larning o’sishi jamg’armalarni safarbar qilishning o’sishiga, kredit uyushmasining ishida esa – kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali o’sishga bog’liqdir.
Kredit uyushmalari bilan banklar o’rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, kredit uyushmasi kishilarning biror-bir guruhiga ularga tegishli bo’lgan mablag’larni saqlash va bir-birlariga kredit berish imkonini beradigan moliyaviy kooperativ hisoblanadi, unga aksiyadorlar emas, balki ishtirokchilarning o’zlari demokratik tamoyillar asosida egalik va rahbarlik qiladilar. Bundan tashqari, kredit uyushmalarining banklardan farqi shundaki, kredit uyushmasi asosiy maqsadi jamg’armalarni safarbar qilish bo’lgan institut hisoblanadi, bunda foyda olish asosiy maqsad hisoblanmaydi. Aksariyat hollarda banklar bir aholi punktida joylashgan aholi va korxonalardan depozitlarni qabo’l qiladi, va ushbu mablag’larni boshqa bir joyda sarmoya qiladi. Bundan farqli ularoq, kredit uyushmasining barcha kreditlari ular taqdim etilgan hamjamiyat doirasida qolishi, kredit uyushmasining barcha foydasi esa (operatsion xarajatlar qoplanib, kapitallashtirish bo’yisha talablar bajarilib, kreditlar bo’yisha zararlarni qoplashga zaxiralar barpo etilganidan so’ng) hamjamiyatga pay badallari bqyisha dividendlar shaklida qaytarilishi kerak yoki uning ishonchliligi va xavfsizligini mustahkamlash ushun zarur bo’lgan kapitallashtirishni amalga oshirish uchun qoldiriladi. Bankda nazorat jamlangan, ovoz huquqi esa aksiyadorlik kapitalida egalik qilish ulushidan kelib chiqib belgilanadi. Bu nazoratni bir nechta yirik aksiyadorning amalga oshirishiga yo’l qo’yadi. Kredit uyushmasida nazorat bir yerda jamlanmagan. Pay badali miqdoridan qat‘iy nazar, bir ishtirokchi bir ovozga egadir.
Kredit uyushmasi (KU) kooperativ bo’lib, unga a‘zo bo’lgan har bir kishi uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay hisob varag’ingiz sizning ―ulushingizni bildiradi. Biroq pay badallari birjadagi kursi i yoki tushib ketishi mumkinbo’lgan aksiyalardan farq qiladi.
Pay badallari hisobvaraqlari bo’yisha dividendlar to’lanadi. Kredit uyushmasi kooperativ bo’lganligi sababli u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina taqsimlay oladi. Faqat ishtirokchilar tomonidan saylanadigan KU direktorlar kengashi dividendlar miqdorini KU daromadlaridan kelib chiqib belgilaydi. Foizlar (dividendlar) miqdori kredit uyushmasining moliyaviy holati qanchalik maqbo’l ekanligiga bog’liq.
Kredit uyushmasidan uning a‘zosi chiqqanda yoki chiqarilganda pay badali kredit uyushmasining a‘zosiga, uning kredit uyushmasi oldidagi barcha qarzi uzilganidan keyin, qaytariladi.
Kredit uyushmalarida boshqaruvning yuqori organi bo’lib uning a‘zolarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi. Kredit uyushmasi a‘zolarining umumiy yig’ilishi bir yilda kamida bir marotaba, moliyaviy yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o’tkazilishi kerak. Kredit uyushmasi a‘zolarining umumiy yig’ilishini o’tkazish haqida kamida o’ttiz kun oldin xabar qilinadi. Kredit uyushmasining har bir a‘zosi, ustav fondidagi pay badali miqdoridan qat‘i nazar, umumiy yig’ilish tomonidan qaror qabo’l qilish paytida bir ovoz huquqiga egadir. Umumiy yig’ilish qarori umumiy yig’ilishda hozir bo’lgan kredit uyushmasi a‘zolarining ko’pchilik ovozi bilan qabo’l qilinadi. Kredit uyushmasi a‘zolarining umumiy yig’ilishi:

    • ustavga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritadi, ustav fondini ko’paytirish yoki kamaytirishga doir o’zgartishlar bundan mustasno;

    • daromadning bir qismini kredit uyushmasining a‘zolariga to’lash tartibini tasdiqlaydi;

    • kredit uyushmasi a‘zolari orasidan kengash, kredit qo’mitasi, taftish komissiyasi a‘zolarini saylaydi, ularning vakolatlarini bekor qiladi;

    • yillik moliyaviy hisobotni, kengash, ijroiya organi, kredit qo’mitasi va

taftish komissiyasining hisobotlarini tasdiqlaydi;

    • auditorlik tashkilotini va u bilan shartnoma tuzish shartlarini belgilaydi;

    • kredit uyushmasini tugatish va qayta tashkil etish to’g’risida qaror qabo’l

qiladi.
KU tashkiliy tuzilmasi :

  1. Ishtirokchilar Umumiy yig’ilishi

  2. Kredit qo’mitasi Kengash Taftish komissiyasi

  3. Ijrochi Organ

  4. Kredit uyushmasi xodimlari

KU oladigan foydaning bir necha manbalari mavjud:

    • ishtirokchilarga kredit berish paytida olinadigan foizlar;

    • KU amalga oshiradigan investisiyalar bo’yisha foizlar;

    • ba‘zi xizmatlarni taqdim etganlik ushun komission to’lovlar.

Xavfsiz va moliyaviy barqaror institut bo’lishi uchun omonat kredit uyushmasi ishtirokchilarning jamg’armalarini himoya qilish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirayotganda har tomonni o’ylab ish tutishi kerak. Butun dunyoda faoliyat ko’rsatayotgan kredit uyushmalarini takomillashtirish kredit uyushmalari faoliyatining samaradorligini ta‘minlaydigan moliyaviy boshqaruv hamda ishki nazorat tizimini barpo etish yo’l i bilan amalga oshirilib, institutning xavfsizligi va barqarorligiga qaratilgan va shunga asosiy e‘tiborni beradi.
Ustav fondiga pay badalini kiritgan istalgan yuridik yoki jismoniy shaxs kredit uyushmasining ishtirokchisi bo’la oladi. Unga kredit uyushmasi tomonidan berilgan sertifikat shaxsning kredit uyushmasiga a‘zoligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.
Kredit uyushmasining a‘zosi:

    • kredit uyushmasi taqdim etadigan xizmatlardan foydalanish;

    • kredit uyushmasini boshqarishda ishtirok etish;

    • belgilangan tartibda kredit uyushmasi daromadining bir qismini olish;

    • ustavga muvofiq kredit uyushmasi faoliyati to’g’risida to’liq va ishonchli axborot olish;

    • kredit uyushmasidan chiqish;

    • kredit uyushmasi tugatilgan taqdirda mol-mulkning pay badaliga mutanosib qismini olish huquqiga egadir.

Kredit uyushmasining a‘zolari qonun hujjatlari va ustavga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo’la oladilar.
Kredit uyushmasi a‘zolari quyidagi majburiyatlarga ega:

    • ustavga rioya qilish;

    • kredit uyushmasi a‘zolarining umumiy yig’ilishi, kredit uyushmasi kengashi, kredit qo’mitasi, taftish komissiyasining qarorlarini bajarish;

    • olingan kreditlarni o’z vaqtida va to’liq qaytarish;

    • kredit uyushmasining amaliy obro’-nufuzi va kredit qobiliyatini oshirishga ko’mak berish.

Kredit uyushmasining a‘zolari qonun hujjatlari va ustavga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishlari mumkin.

Download 33.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling