Nobel mukofoti (inglizcha/Nobel Prize) — buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qoʻshganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri


Download 0.69 Mb.
Sana12.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1699977
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Reja:

  • Nobel mukofoti o’zi nima?
  • Nobel mukofoti nima uchun beriladi?
  • Iqtisodchi nobel mukofotchi?

Nobel mukofoti (inglizcha/Nobel Prize) — buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qoʻshganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri.

  • Nobel mukofoti (inglizcha/Nobel Prize) — buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qoʻshganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri.

Nobel mukofotlari - har yili buyuk ishlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. Taʼsis etuvchisi Alfred. B. Nobelning vasiyatiga koʻra, undan keyin qolgan mablagʻ asosida Nobel jamgʻarmasi tashkil etildi. Shu jamgʻarmaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng boʻlinib, irqi, millati, jinsi va dinidan qatʼi nazar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar doʻstligi va tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun beriladi (1968-yilda Shvetsiya davlat banki oʻzining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qoʻshimcha Nobel mukofotini taʼsis etgan).
Nobel mukofoti Alfred Nobel tasviri tushirilgan oltin medal, diplom va miq-dori Nobel jamgʻarmasidagi daromadga bogʻliq 10,000,000 SEK (917,998.58 USD) boʻlgan mablagʻdan iborat. Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, Nobel mukofotini berish vazifasi (fizika, kimyo, iqtisod fanlari boʻyicha), Stokgolmdagi Qirollik tibbiyot-jarroxlik institutiga (fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha) va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiya-1 siga (badiiy asarlar boʻyicha) topshi-rilgan. Tinchlikni mustahkamlash 4 yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun 1 Nobel mukofotini Norvegiya parlamentining Nobel komiteti aʼzolari beradi. Tinchlik mukofotidan tashqari hamma mukofotlar faqat individual tarzda beriladi. Vafot etganlarga Nobel mukofoti berilmaydi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun (10 dekabr) da oʻtkaziladi. Birinchi mukofot 1901-yil topshi-rilgan. Nobel mukofotini 1901—2003-yilda 565 kishi olgan
Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, moddiy tarafdan quvvatlanib, 1895-yilda tadbiq etilgan quyidagi besh yoʻnalish boʻyicha mukofotlar mavjud:
  • fizika boʻyicha Nobel mukofoti,
  • kimyo boʻyicha Nobel mukofoti,
  • fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti,
  • adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti,
  • jahonda tinchlik oʻrnatish ishlari boʻyicha harakatlar uchun (Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti).
  • 1969-yildan boshlab, iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti ham berila boshladi.

  • Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10 mln shved kronasi (1,3 mln $ atrofida)ga teng.

1-Iqtisod boyicha nobel mukofoti olgan shaxslar

1-Iqtisod boyicha nobel mukofoti olgan shaxslar

  • Ragnar Frisch 

Ragnar Frisch ( Ragnar Anton Kittil Frisch; 1895.) - norveg iqtisodchisi, Norvegiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1931). Oslo shahridagi universitetda oʻqigan. Oslo universiteti huzuridagi Iqtisodiyot instituti direktori (1931—1965); Yel (1930), Sorbonna (1933) universitetlarida iqtisodiyot boʻyicha leksiyalar oʻqigan. Iqtisodiy nazariyada matematik yoʻnalish vakili. Ekonometrika asoschisi, birinchilardan boʻlib makro va mikroiqtisodiy taxlil sohalari chegaralarini koʻrsatdi, iqgisodiy jarayonlarni tahlil qilishda qoʻllaniladigan iktisodiy siklning dinamik modelini yaratgan. Iqtisodiy matematik programmalashtirish usullaridan foydalangan holda iqtisodiy rejalashtirishda qarorlar qabul qilish modelini ishlab chiqdi. Frisch taklif etgan iktisodiy oʻsish usullari va modellari, shuningdek, milliy hisoblar tuzish tartiblari Norvegiya va boshqa mamlakatlarning byudjet, statistika organlari faoliyatida keng qoʻllanilgan. Iqgisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureatlaridan biri ( Tinbergen bilan birga, 1969)
Jan Tinbergen (1903. Gaaga 1994, Rotterdam) — golland iqtisodchisi, hozirgi zamon matematik ekonomiya vakillaridan biri, Niderlandiya Fanlar akademiyasi aʼzosi. 1933-yildan Rotterdamdagi Niderlandiya iqtisodiy fanlar maktabi professor, 1945—55 yillarda Markaziy rejalashtirish byurosi rahbari, 1965—70 yillarda BMTning rejalashtirish boʻyicha qoʻmitasi raisi. Ilmiy ishlari iqtisodiy siyosat nazariyasi, iqtisodiy rivojlanishni dinamik modellashtirish, "xufiya" narxlar konsepsiyasi, siklik iqtisodiy tebranishlar masalalariga bagʻishlangan. Tinbergen "kapitalistik samaradorlik" va "sotsialistik tenglik"ka asoslangan "oqilona tuzum" gʻoyasini olgʻa surgan. Asosiy asarlari: "AQShdagi iqtisodiysikllar. 1919—1939-yillar" (1939), "Iqtisodiy siyosat nazariyasi", 1952; "Rivojlanishni rejalashtirish", 1968; "Siyosat va daromadlar taqsimoti taxlili", 1975 va boshqa Iqtisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureati (1969; Ragnar Frisch bilan birga)
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling