davlat xokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashish; davlat xokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tashkillashda ishtirok etish; davlat va jamoat idoralarida o’z a'zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritish va ularning qonuniy manfaatlarini ximoya qilish belgilangan. Jamoatchilik nazoratining ob'ektlari nimalar bo’lishi, ya'ni u qanday faoliyatni o’z nazoratiga olishi mumkin? Yurtboshimiz ta'riflaricha, jamoatchilik nazorati: qabul qilingan qonunlar va qonun xujjatlari ijrosi; qonun va boshqa qonun xujjatlarining tayyorlanish jarayoni; davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyati; davlatning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan olib boriladi. Jamoatchilik nazoratining umume'tirof etilgan sub'ektlariga fuqarolar hamda ularning guruhlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari kiradi. Mazkur sub'ektlardan tashqari yana shunday tuzilmalar borki, ular xam jamoatchilik nazorati olib borishi mumkin. Bunday tuzilmalarga davlat xokimiyati yoki boshqaruv organlari (vazirliklar, idoralar va xoqazo tarkibida tashkil etiladigan jamoat tuzilmalari (kengashlar, komissiyalar, guruhlar va x.k.) nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan tuzilgan jamoatchilik organlari va boshqalar kiradi. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan olib boriladigan jamoatchilik nazoratining ayrim ko’rinishlari O’zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar xuquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi, "Advokatura to’g’risida" gi, "Uy-joy mulkdorlari shirkatlari to’g’risida” gi qonunlarida ham uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |