Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi o’rni va ahamiyati Reja: 1. Jamoatchilik - nazorati Fuqarolik jamiyati institutlari — fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, partiyalar, ijtimoiy xarakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari, jamg’armalar, diniy tashkilotlar va turli ko’rinishdagi nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari - fuqarolik jamiyatining asosini va mazmunini tashkil etadilar. Ular jamiyat a'zolari siyosiy madaniyati va ma'naviyatining yuksalishiga, fuqarolar faolligining o’sishi, milliy o’zligini anglashi, mustaqil fikrlashiga, o’z imkoniyatlarini amalda sinab ko’rishi va o’z kelajaklarini o’z qo’llari bilan qurishga bel boylaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |