Demak, xaqqoniy va real jamoatchilik nazorati hozirgi davrda O’zbekistonda vujudga kelayotgan adolatli fuqarolik jamiyatining xaqiqatda mavjudligini bildiruvchi, uning ajralmas belgisi sifatida e'tirof etilmoqda. Shu bilan birga, jamoatchilik nazoratining kuchayishi fuqarolik jamiyatining kuchayishiga, kuchli davlatning vujudga kelishiga olib keladi. O’zbekistob Respublikasining 1-Prezident I.Karimov 2- chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida "O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari" dasturiy ma'ruzasida davlat nazorat funksiyalariga nisbatan jamoatchilik nazorati afzalroq va muhimroq ekaniga to’xtalib, bunday degan edi: "Shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug’ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko’paytirsak, amaldorlarning zo’ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan xar tomonlama kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo’l yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |