Davlat nazoratining sub'ekti davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari bo’lsa, jamoatchilik nazoratining sub'ekti - fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari. Davlat nazorati muayyan davlat organining xokimiyat vakolatlariga ega bo’lgan mansabdor shaxslari (nazoratchilari) tomonidan amalga oshirilsa, jamoatchilik nazoratida esa jamoatchilik nazorati sub'ektaning xuquqiy makomi xar doim nazorat ob'ektiga bog’lik xolda o’zgarib turadi. Tabiiyki, jamoatchilik nazorati sub'ekti bo’lish uchun "nazoratchi" kabi maxsus bilim yoki ixtisos talab etilmaydi. Ular davlat tomonidan moliyaviy ta'minlanmaydi, imtiyozlarga xam ega bo’lmaydi va jazo choralarini (jinoiy, ma'muriy, intizomiy va x.k.) qo’llamaydi.Chunki jamoatchilik nazorati burch va vijdon amri bilan yuzaga keladigan ijtimoiy xodisalardan bo’lib, jamoatchilik nazorati orqali aniqlangan qonun buzilish xolatlarini ommadan yashirib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |