Jamoatchilik nazorati davlat nazoratiga qaraganda qator afzalliklarga ega. Uning ta'sirchanligi ham yuqori. Bu bilan davlat nazoratidan butunlay voz kechish kerak ekan-da, degan xulosa chiqarmaslik lozim. Zotan, kuchli va samarali davlat nazorati har bir jamiyatda muhim o’rin tutadi. Jamiyatimiz rivoji uchun zarur bo’lgan jamoatchilik nazoratining yanada samarali bo’lishini quyidagi omillarda ko’rish mumkin, birinchidan, jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi sub'ektlardan bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samarasiga ko’p narsa bog’lik. O’zbekiston Respublikasining 1-Prezident I.Karimov ta'kidlaginidek, bugungi kunda xayotimizda ijtimoiy nazorat vazifasini bajarayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash bilan birga, yangi tuzilayotgan jamoat birlashmalariga ham zarur shart-sharoit, qonuniy imkoniyat tug’dirib berish biz uchun dolzarb vazifa bo’lmog’i kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |