Jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi sub'ektga fuqarolik jamiyati salohiyatini ta'minlashda muxim omil xisoblangan nodavlat, notijorat tashkilotlari ham kiradi. O’zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida"gi qonuniga binoan bunday tashkilotlar jismoniy hamda yuridik shaxslarning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tashkil etiladi. Ushbu qonunga ko’ra, ular o’z a'zolari va qatnashchilarining xuquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taqdim etishi, ximoya qilishi, ijtimoiy xayotning turli masalalari bo’yicha tashabbuslar bilan chiqishi, davlat xokimiyatiga, boshqaruv organlariga takliflar kiritishi, ommaviy axborot vositalarini belgilangan tartibda ta'sis etishi, noshirlik faoliyatini yuritishi va boshka xuquqdarni amalga oshirish orqali jamoatchilik nazoratini olib borishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |