Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi o’rni va ahamiyati


davlat xokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashish


Download 101.8 Kb.
bet21/33
Sana09.01.2022
Hajmi101.8 Kb.
#257837
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
4-mavzu

davlat xokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashish;

davlat xokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tashkillashda ishtirok etish;

davlat va jamoat idoralarida o’z a'zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritish va ularning qonuniy manfaatlarini ximoya qilish belgilangan.

Jamoatchilik nazoratining ob'ektlari nimalar bo’lishi, ya'ni u qanday faoliyatni o’z nazoratiga olishi mumkin? Yurtboshimiz ta'riflaricha, jamoatchilik nazorati:

qabul qilingan qonunlar va qonun xujjatlari ijrosi;

xokimiyat qarorlari qanday qabul qilinishi va ijro etilishi;

qonun va boshqa qonun xujjatlarining tayyorlanish jarayoni;

davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining fao­liyati;

davlatning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan olib boriladi.

Jamoatchilik nazoratining umume'tirof etilgan sub'ektlariga fuqarolar hamda ularning guruhlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari kiradi. Mazkur sub'ektlardan tashqari yana shunday tuzilmalar borki, ular xam jamoatchilik nazorati olib borishi mumkin. Bunday tuzilmalarga davlat xokimiyati yoki boshqaruv organlari (vazirliklar, idoralar va xoqazo tarkibida tashkil etiladigan jamoat tuzilmalari (kengashlar, komissiyalar, guruhlar va x.k.) nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan tuzilgan jamoat­chilik organlari va boshqalar kiradi. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan olib boriladigan jamoatchilik nazoratining ayrim ko’rinishlari O’zbekiston Respub­likasining "Iste'molchilar xuquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi, "Advokatura to’g’risida" gi, "Uy-joy mulkdorlari shirkatlari to’g’risi­da” gi qonunlarida ham uchratish mumkin.


Download 101.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling