beshinchidan, davlat xokimiyati va boshqaruv idoralarining, korxona, muassasa xamda tashkilotlarning rahbarlari o’zlarining jamoatchilik nazorati nigohi ostida faoliyat yuritayotganliklarini aniq xis etib va bilib turishlari shart. Bu xolat rahbarlarni doimo xushyor bo’lishga, qonunlar va adolatga rioya qilishga undaydi. Jamoatchilik nazorati nafaqat davlat xokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini, balki butun davlat apparati, hamda, nodavlat sektorini xam qamrab oladi. Demak, jamoatchilik davlat nazoratini amalga oshiradigan organlar ustidan xam yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |