Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi o’rni va ahamiyati


Download 101.8 Kb.
bet31/33
Sana09.01.2022
Hajmi101.8 Kb.
#257837
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
4-mavzu

beshinchidan, "Prokuratura to’g’risida"gi qonunga muvofiq prokurorlar xalq deputatlarining tegishli kengashlariga, zarur hollarda esa fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning xolati to’g’risida xar yili axborot berishi lozim. Mazkur talab ham, ma'lum ma'noda, jamoat­chilik nazoratini amalga oshirishning o’ziga xos ko’rinishidan biridir.

Ko’rinib turibdiki, jamoatchilik nazorati O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida u yoki bu tarzda o’z aksini topgan. Bugungi kunda fuqarolarning, jamoat tashkilotlarining jamoatchilik nazorati faoliyatida ishtirok etish xuquqi mamlakatimiz Konstitu- siyasida, O’zbekiston Respublikasi 40 ta qonunlarining 70 dan ortiq moddalarida va 10 ta normativ-xuquqiy hujjatda mustahkamlab qo’yilgan. Shuni ta'kidlash lozimki, atrof-muhitni muhofaza qilish, onalik va bolalikni ximoya qilish, madaniyat va sog’lomlashtirish yo’na- lishida tuzilgan ba'zi nodavlat tashkilotlarning faoliyati, ilgari davlat organlari bajarib kelgan bir qator vazifalarni endilikda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari muvaffaqiyatli bajarib kelishayotgan bo’lishsa-da, ular bilan kifoyalanib qolmaslikni xayotning o’zi taqozo etmoqda. O’zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti I.Karimov jamiyatda jamoatchilik nazoratini yanada samarali ta'minlash maqsadida uning xuquqiy asoslarini yagona tazimga solish lozimligini ta'kidlab "O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’ri­sida” gi qonunni qabul qilish va uni kuchaytirish xar jihatdan nodavlat, jamoat tuzilmalari va uyushmalari, fuqarolik jamiyati institutlariga bog’lik ekanligini, buning uchun esa ana shu tuzilmalarning mustaqilligini amalda ta'minlash, ularning rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berish, faolligani oshirishga ko’maklashish, har tomonlama qo’llab-quvvatlash, tashkiliy va xuquqiy mexanizmlarini to’la ishlab chiqishni ta'kidlamoqda.


Download 101.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling