Nodavlat tashkilotlari ma’muriy huquq subyekti sifatida
Download 1.22 Mb.
|
1 2
Bog'liqJUMANAZAROVA SHAHRIZODA MA\'MURIY HUUQU MUSTAQIL ISH
JAMOAT BIRLASHMALARI
Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslaming jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashi- , shiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jamoat birlashmalarining huquqiy maqomi — O'zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi Qonuni1 bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunga binoan inson huquqlari to'g'risidagi Umumiy deklaratsiyaga, O'zbekiston Respublikasining Kons- titutsiyasiga asoslanib, fuqarolaming jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qo'yiladi. Jamoat birlashmalari: — fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni ro'yobga chiqarish va himoya qilish; — fuqarolaming faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ulaming ishtirok etishini rivojlantirish; — kasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; — ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; — aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qat- nashish; — madaniy-ma’rifiy, fizkultura-sog'lomlashtirish va sport ishlarini o'tkazish; — tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish; — vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; www.ziyouz.com kutubxonasi — respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o'rtasida tinchlik va do'stlikni mustahkamlash; — qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi. Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy inson- parvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek, konstitutsiyaviy tuzumni g'ayriqonuniy yo‘l bilan o'zgartirish yoki O'zbekiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, zo'ra- vonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu jumladan, sinfiy shuningdek, irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-ha- rakatlar qilish maqsadini ko'zlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi. Harbiylashtirilgan jamoat birlashmalari va qurolli tuzilmalar, shuningdek, diniy xarakterga ega partiyalar, ulaming filiallari va boshqa struktura bo'laklari tashkil etish taqiqlanadi. Jamoat birlashmalari va ularning idoralari tomonidan qonuniy va demokratik yo'l bilan shakllantirilgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda hokimiyat vakolatlariga ega bo'lganlarga nisbatan g'ayridemokratik tarzda quch ishlatib tazyiq. o'tkazish taqiqlanadi. Qonuniy ravishda amal qilib turgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda mansabdor shaxslarga demokratik uslubda hal etish bahonasi bilan tazyiq o'tkazishga bo'lgan har qanday urinishga qonun bilan barham beriladi. Aholining salomatligi va axloqiga, fuqarolaming huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga tajovuz qiladigan jamoat birlashmalarini tuzish va ulaming faoliyati qonunga muvofiq ta’qib qilinadi. «O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida»gi Qonunga binoan jamoat birlashmalari: a) o'z a ’zolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriy ligi; b) teng huquqliligi; d) о ‘zini-o ‘zi boshqarish; e) qonuniylik; f) oshkoralik asosida tuziladi va harakat qiladi. Barcha jamoat birlashmalari o'z ustavlarida, boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish ko'radilar. Fuqaroning jamoat birlashmasi faoliyatida qatnashishi yoki qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga imtiyozlar berish uchun, shu jumladan, davlat tashkilotida lavozimni egallash sharti yoki qonunda ko'zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun asos bo‘la olmaydi. Mehnat to'g'risidagi qonunlar, shuningdek, mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy sug'urta qildirish to‘g‘risidagi qonunlar jamoat birlashmalari apparati xodimlariga nisbatan joriy etiladi. Davlat jamoat birlashmalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi hamda Konstitutsiyaga muvofiq ular o‘z ustavlaridagi vazifalarni bajarishlari uchun shart-sharoit yaratilishiga kafolat beradi. Davlat yoshlar va bolalar tashkilotlariga moddiy va ma’naviy madad beradi, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati o'tkazilishini ta’minlaydi, bolalar tashkilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalar binolaridan, klublardan, madaniyat saroylari va uylaridan, sport inshootlari va boshqa inshootlardan bepul yoki imtiyozli shartlar bilan foydalanish huquqini beradi. Qonunda ko'zda tutilgan hollardan tashqari davlat idoralari va mansabdor shaxslaming jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslaming faoliyatiga aralashishiga yo‘1 qo'yilmaydi. Jamoat birlashmalari manfaatlariga daxldor masalalar qonunlarda ko'zda tutilgan hollarda tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida yoki ular bilan kelishilgan holda davlat idoralari va xo'jalik tashkilotlari tomonidan xal qilinadi. Siyosiy partiyalar Siyosiy partiya — O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiluvchi hamda o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko'ngilli birlashmasidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-moddasiga binoan siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlaming siyosiy irodasini ifodalaydilar va o'zlarining demokratik yo'l bilan saylab qo'yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o'z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar. Siyosiy partiyalar o'z faoliyatlarini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O'zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonun Mga, O'zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi Qonun2ga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek, o'z ustavlari asosida amalga oshiradilar. Siyosiy partiyalar quyidagi prinsiplar asosida tuziladi va faoliyat ko'rsatadi: 1) fuqarolaming huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish; 2) partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish; 3) a ’zolarinihg teng huquqliligi; 4) о ‘zini-o ‘zi boshqarish; 5) qonuniylik; 6) oshkoralik. Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ulaming faoliyat ko'rsatishi taqiqlanadi: 1) konstitutsiyaviy tuzumni zo'rlik bilan o'zgartirishni maqsad qilib qo'yuvchi; 2) O'zbekiston Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; 3) urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi; 4) xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalar. 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir paytning o'zida faqat bitta siyosiy partiyaga a’zo bo'lishi mumkin. Partiyaga mansubligiga ko'ra fuqaroning huquqlarini har qanday cheklash, xuddi shuningdek, unga imtiyozlar yoki ustunliklar berish taqiqlanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — respublika barcha fuqarolarining huquq va erkinliklariga rioya qilinishining kaflli sifatida prezidentlik vakolatlarini bajarish muddati davomida siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni to'xtatib turishi yoxud butunlay to‘xtatishi shait. Quyidagilar siyosiy partiyalarga a ’zo bo ‘la olmaydilar. a) sudyalar; b) prokurorlar va prokuratura tergovchilari; d) ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari; e) harbiy xizmatchilar; f) xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar. Davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari • muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o‘z maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modemizatsiya va isloh etishdir» ma’ruzasida siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlami qabul qilishdagi roli va ta’sirini tubdan kuchaytirish ko'rsatib o‘tildi. Shu munosabat bilan partiyalar aholi o'rtasida obro‘-e’tibor qozonish maqsadida izchil ish olib borishi, siyosiy tajriba orttirishi, siyosiy yetuklikka intilishi va eng muhimi, moliyaviy mustaqillikka erishish, jamiyatda o'z o‘mini topish va o'zining doimiy saylovchilariga tayanish uchun faol harakat qilishi kerak. Dasturi va yo‘nalishidan qat’i nazar, shak-shubhasiz, barcha partiyalarimiz mana shunday yo‘lni bosib o'tishi muhim ahamiyatga ega. Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, davlat hokimiyati va boshqaruv oiganlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining siyosiy partiyalar ichki ishlariga aralashishlari yoxud, agar faoliyat qonunga hamda o‘z ustavlariga muvofiq amalga oshirilayotgan bo'lsa, ular faoliyatiga u yoki bu tarzda to'sqinlik qilishlari man etiladi. Siyosiy partiyalaming davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Siyosiy partiyalar tashkilotlarining tadbirlari asosan, ularning a’zolarini ishdan tashqari vaqtida va ana shu partiyalar mablag"i hisobidan amalga oshiriladi. Xususiy ish beruvchilarning o‘z xodimlaridan ular mehnat vazifalarini bajarayotgan paytda partiya nomidan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni talab qilishi man etiladi. Siyosiy partiyalar apparati xodimlariga nisbatan mehnat to'g' risidagi, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta haqidagi qonun hujjatlari tatbiq etiladi.a Kasaba uyushmalari. Kasaba uyushmalari — ko'ngilli jamoat tashkiloti boiib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o‘z a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bogiangan mehnatkashlami birlashtiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 59-moddasiga binoan, kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo bo'lish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmalarining huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasining 1992-yil’ 2-iyulda qabul qilingan «Kasaba uyushmalari, ulaming huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun'i bilan tartibga solinadi. Mazkur qonunga binoan, mehnatkashlar, shuningdek, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta’lim olayotgan shaxslar hech qanday tafovutsiz o'z xohishlariga ko'ra va oldindan ijozat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalari tuzish huquqiga, shuningdek, ustavlarga rioya etish sharti bilan kasaba uyushmalariga kirish huquqiga egadirlar. Mehnatkashlar korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda va boshqa ish joylarida kasaba uyushmalari tuzishga hlaqlidirlar. Ishlamaydigan pensionerlarning kasaba uyushmasi a’zoligiga kirish yoki undan chiqish tartibi kasaba uyushmalarining ustavlari bilan yo'lga solib boriladi. Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida respublika va boshqa hududiy hamda tarmoq birlashmalari tuzishlari, shuningdek, ularga kirishlari mumkin. Kasaba uyushmalarining ustavlari « 0 ‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ro'yxatga olinadi. Barcha kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadilar. Kasaba uyushmalari o'z faoliyatida davlat boshqaruv idoralaridan, xo'jalik idoralaridan, siyosiy va boshqa jamoat tashkilotlaridan mustaqildirlar, ular oldida hisobdor emaslar va ular tomonidan nazorat qilinmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining huquqlarini cheklaydigan yoki shu huquqlaming amalga oshirilishiga to'sqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi. Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda: — o'z ustavlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar; — uyushma tuzilishini belgilaydilar; — rahbar idoralarini saylaydilar; — o'z faoliyatlarini tashkil etadilar; — yig'ilishlar, konferensiyalar, plenumlar, qurultoylar o'tkazadilar. Kasaba uyushmalari o‘z ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlaming kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o‘z xohishiga ko‘ra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar. Fuqarolaming kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ulaming qonunlarda kafolat berilgan mehnat, ijtimoyiqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklari biron bir tarzda kamsitilishiga sabab bo'lmaydi. Mehnatkashlami ishga qabul qilish, xizmat pog‘onalariga ko'tarish, shuningdek, ishdan bo'shatish uchun muayyan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirish yoki undan chiqishni shart qilib qo'yish taqiqlanadi. "Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g‘risida»gi Qonunga binoan kasaba uyushmalari faoliyatini to‘xtatish: 1) uning a’zolari qarori asosida ustavda belgilangan tartibda amalga oshiriladi; 2) ulaming faoliyati O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga zid bo'lgan hollarda, bu faoliyat O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan taqiqlanishi mumkin. Kasaba uyushmalari faoliyatini boshqa biron bir idoraning qarori bilan taqiqlashga yo'l qo'yilmaydi. O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid qonun hujjatlari ishlab chiqishda qatnashish huquqiga egadir. O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid normativ hujjatlar qabul qilish to'g'risidagi takliflarni tegishli davlat boshqaruvi, xo'jalik va kooperativ idoralariga taqdim etishga haqlidir. Davlat boshqaruvi va xo'jalik idoralari mehnatkashlaming mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlariga daxldor normativ hujjatlami O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashini kamida bir hafta oldin xabardor etgan holda qabul qiladilar. Foydalanilgan adabiyotlar:
E’tiboringiz uchun rahmat! Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling