Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti


Download 1.03 Mb.
bet58/74
Sana14.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1005116
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
Bog'liq
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti

K o o s u s l u b i ya t i
1923 yilda amerikalik psixolog Koos tomonidan ishlab chikilgan. Bu uslubiyat bolaning fazoda muljal ola bilish, jadvaldagi figuralarni taxlil kila bilish, faxm-farosat, dikkatlilik xolatlarini urganishga mujllangan. Kubiklar 16 ta bulib, barchasining tomonlari bir xil rangda buyalgan. Xavo rang, kizil, sarik, ok, ok-kizil, sarik-xavo rang kubiklar tomonlarining ranglaridir. Bolalarga taklif etiladigan jadvallar murakkabligiga kura: turt, tukkiz yoki un otita kubiklardan iborat buladi. Bu usulni 4 yoshdan boshlab, undan katta yoshdagi bolalarga xam tavsiya etish mumkin.
Tekshirilayotgan bolaga ma’lum jadval va kubiklar beriladi. Boladan jadvalda tasvirlangan figurani yasash suraladi. Mumkin kadar sodda jadvallardan boshlash maksadga muvofik. Bu usulning kimmatli tomonlaridan yana biri shundaki, bola tajriba utkazuvchi bilan mulokotga kirmasligi mumkin. Shunda bola gapirmasa xam, kul bilan topshirikni bajarishi mumkin. Bu usul bilan ishlash jarayonida shunga amin buldikki, akliy nuksonlilar, aksariyat normal bolalar xam bu usul bilan kizikib ishlashar ekanlar. Bu esa tajriba utkazuvchi uchun juda katta narsa.
T u r t i n ch i s i o r t i k ch a
Bu uslubiyat uzining soddaligi bilan ajralib turadi. Uning nomidan kurinib turibdiki, biror narsaning turtinchisi ortikcha ekan. Bu uslubiyatning juda kup variantlarini mustakil ishlab chikish mumkin. U asosan tafakkurning turli tomonlarini urganishga xizmat kiladi. Ayniksa, bolalarning umumlashtira olish kobiliyatini juda yaxshi ochib beradi. Uslubiyatning mazmuni kuyidagicha: mevalar, usimliklar, daraxtlar, xayvonlar, idish-tovoklar, kiyim-kechaklar, ukuv kurollari va xokazolardan 4 ta rasm olinadi. Shu rasmlarning 3 tasi bir toifaga, 1 tasi boshka toifa narsalarga xos bulishi darkor. Bola tasvirlangan 4 ta rasmning kaysi biri ortikcha ekanligini aniklashi kerak. Bu uslubiyatni bogchagacha, bogcha, kichik maktab, urta maktab yoshidagi bolalarga xam kullash mumkin, akliy saviyaning pastligiga karab, birmuncha katta yoshdagi bolalarga xam tavsiya etsa buladi.
D e m b o - R u b i n sh t e y n S. Ya.
u s l u b i ya t i
Bu uslubiyat – Amerikada ishlab chikilgan bulib, keyinchalik S.Ya.Rubinshteyn tomonidan kayta ishlangan. Bolalarning uz-uzlariga baxo berishlari, uzlariga tankidiy karashlari urganiladi. Asosan, shaxsiy sifatlarning kay darajada shakllanganligini kursatib beradi. Buning uchun bolalarga kuyidagi topshiriklar beriladi: soglik, akl, xarakter, baxt, guzallik1 kabi tushunchalar taklif etiladi. Bu tushunchalarning 9 ta darajasi yoki sifatini bolalar uzlariga mos tarzda tanlashlari taklif etiladi. Bu darajalar narvon shaklida, yukoriga kutarilgan sari bu tushunchalardagi sifatlar kamayib boradi. Masalan, akl tushunchasida 1 daraja eng aklli xisoblansa, 9 daraja esa eng aklsiz daraja sifatida belgilangan va xokazo. Bolalarning xar bir tushuncha buyicha bergan javoblari maxsus jadvalda birlashtirilib, ularning normal tengdoshlarinikiga takkoslanilsa, juda kizikarli manzaraning guvoxi bulamiz. Olingan ma’lumotlar asosida bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarimizni maksadga muvofik tarzda rejalashtirishimiz mumkin.
V e k s l e r u s l u b i ya t i
Bu uslubiyat uzining tuzilishi, xajmining nixoyatda kengligi bilan boshkalardan tubdan fark kiladi. U 1949 yilda Amerika Kushma Shtatlarida yaratilgan bulib, 5 yoshdan 16 yoshgacha bulgan bolalarni atroflicha tekshirishga muljallangan. Uslubiyat kator mamlakatlarda kayta ishlangan. ”Bizda D.Veksler uslubiyati juda keng tarkaldi. Test normal bolalarni oligofren bolalardan ajratishda, ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar akliy faoliyatlarini urganishda, uzlashtirmaslik sabablarini taxlil kilishda kullanildi. Barcha tekshirishlarda test uzining yukori ishonchliligini, validligini kursatdi... Veksler testining afzalligi shundaki, u fakatgina intellektning umumiy darajasi xakida tasavvur xosil kilmasdan, balki uning tuzilishi xakida xam ma’lumot beradi. Bularni verbal va noverbal intellektual sifatlarni tekshirishda kulga kiritiladi. Bu ma’lumotlar bola akliy faoliyatining kaysi tomonlari kamrok shakllanganligi va kaysi tomonlar bilan koplanishi mumkinligini kursatadi...“1 Yukoridagi ijobiy fikrlar Veksler uslubiyatiga berilgan ob’ektiv baxodir. Albatta, barcha uslubiyatlarda bulganidek, bu uslubiyat xam ayrim juz’iy kamchiliklardan xoli emas. Ammo, bu kamchiliklar uning axamiyatini kamaytira olmaydi. U ikki kismdan iborat. Birinchi 6 ta test bolalarning verbal, kolgan 6 tasi noverbal akliy faoliyatlarni urganishga xizmat kiladi. Testlar kuyidagicha nomlanadi.

  1. Bolaning umumiy xabardorligini aniklashga xizmat kiluvchi test.

  2. Bolaning tushunish kobiliyatini aniklovchi test.

  3. Matematik bilimlarni urganuvchi test.

  4. Tushunchalar orasida analogiya va uxshashlikni topishga oid test.

  5. Bolalarning lugat boyligini urganuvchi test.

  6. Rakamlarni kaytarish.

  7. Suratlardagi etishmaydigan kismlarni topish.

  8. Suratlar ketma-ketligi.

  9. Kubiklardan figuralar tuzish.

  10. Ayrim kismlardan ob’ektlar yasash.

  11. Kodlash.

  12. Labirint.

Aqliy tarakkiyotdagi kamchiliklar kup xollarda bogcha, maktabga tayyorlov davrlarida xam kuzga tashlanmaydi. Bu kiyinchiliklar bolaning maktabga kelib, turli fanlardan bilimlar ola boshlaganlaridan keyin kuzga tashlana boshlaydi. Boshlangich sinflardagi uzlashtirmovchi ukuvchilarning katta kismini ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tashkil etadi. Ma’lumki, bu bolalarning klinik kurinishi turli-tumandir. Bu bolalarda akliy tarakkiyotning turli darajada, turli mazmunda buzilganligini kurish mumkin. Ularning potentsial imkoniyatlari xam turlichadir. Bu bolalarga nisbatan notugri kilingan ayrim pedagogik munosabat fakatgina ulardagi orkada kolishni chukurlashtirib kolmasdan, balki bolalarda salbiy shaxsiy sifatlarning shakllanib borishiga sabab bulishi, xamda bolalardagi asab, ruxiy kasalliklarning chukurlashishiga olib kelishi mumkin.
Ruxiyatni urganishning ayrim uslublari xususida yukorida tuxtalib utdik. Uning yana kator usullari mavjud. Bularga kuyidagilar kiradi: Klipets, Piktogramma, Shulte jadvali, tugri va teskari sanash, korrektur sinash, kodlash, geometrik figuralarni tasniflash, mazmunli suratlar, xayotda uchramaydigan kulgili kurinishlar, beriluvchanlikni urganish, De-Grefe (uz-uziga baxo berish), Rossolimo uslubi va xokazolar.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling