Nogironlik tushunchasiga ta’rif bering. Javob


Download 25.13 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1481315
  1   2   3
Bog'liq
Sulaymonov 17-mavzu


  1. Nogironlik tushunchasiga ta’rif bering.

Javob.
Nogironlik, invalidlik — kasallik, shikastlanish, mayib-majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki maʼlum muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotish. Jismoniy yoki akliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. Oʻzbekistonda Nogironlik Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan belgilanadi. 

  1. Nogironlikning sabablari.

Javob.
OʻzR qonunchiligida N.ning quyidagi sabablari nazarda tutiladi:

  • umumiy kasalliklar (ish bilan bogʻliq boʻlmagan) oqibatidagi Nogironlik;

  • turmushdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanish oqibatida yuz bergan Nogironlik;

  • ishlab chiqarishdagi jarohatlar va kasb kasalligiga duchor boʻlish natijasidagi Nogironlik;

  • kasb kasalligiga chalinish tufayli yuz bergan Nogironlik;

  • Oʻzbekistonni himoya qilish yoki boshqacha tarzda harbiy burchni bajarish paytida roʻy bergan Nogironlik;

  • harbiy burchni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan harbiy xizmatni oʻtash davridagi Nogironlik.

Bu boradagi tartib-qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-
1. Jismoniy nogironlik yil 24-noyabrdagi 317-son qarori bilan tasdiqlangan "Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari toʻgʻrisida nizom"da koʻrsatib oʻtilgan.

  1. Nogironlik mezonlari.

Javob.
1. Birinchi guruh nogironlikni belgilash uchun kasalliklar, jarohatlar, tug‘ma nuqsonlar oqibatida organizm past faoliyatining yaqqol ko‘rinib turgan cheklanishlari asos bo‘ladi.
Birinchi guruh nogironlik quyidagi hollarda belgilanadi:
a) o‘ziga o‘zi xizmat qilish, harakat qilish yoki o‘z xulq-atvorini nazorat qilish (o‘qish, muomala qilish, harakatlanish), shuningdek, mehnat faoliyatida qatnashish mumkin bo‘lmagan bu esa o‘z navbatida boshqalarning doimiy parvarishiga, yordamiga yoki nazoratiga ehtiyoj sezishga olib keladigan, to‘la ijtimoiy moslashuvchanlikni yo‘qotish hollarida. Masalan, tetraplegiya, og‘ir tetraparez, devonalik darajasidagi oligrofreniya, og‘ir surunkali psixozlar, inkurabel xatarli o‘smalar va boshqalar;
b) harakat qilish, o‘ziga o‘zi xizmat qilish, o‘qish yoki muomala qilish, o‘zini idora qilish, o‘z xulq-atvorini nazorat qilish, shuningdek, oddiy ishlab chiqarish sharoitida mehnat faoliyatida qatnashish ancha qiyinlashgani oqibatida, agar ko‘rsatilgan buzilishlar doimo o‘zgalarning parvarishi, yordami yoki nazorati zarurligini taqozo etuvchi ancha yaqqol ko‘rinib turgan ijtimoiy moslashuvchanlikni yo‘qotish hollarida.
Anatomik nuqsonlar yoki organizm funksiyalarining buzilishi kompensatsiya vositalari bilan ta’minlanganda, ishlab chiqarishda yoki uyda maxsus sharoit yaratilganda nogironning salomatligi holatiga muvofiq mehnatning har xil turlari bajarilishi mumkin.
Bunga quyidagilar misol bo‘la oladi: oyoqlarning doimiy falaji, har ikki qo‘lning cho‘ltoqligi (har ikki panjadagi hamma barmoqlarning yo‘qligi va kesib tashlash natijasida undan ham og‘irroq nuqsonlar); yuqoridan uchdan bir darajada har ikki sonning cho‘ltoqligi, butunlay ko‘rmaslik, shuningdek, unga tenglashtirilgan quyidagi holatlar: yaxshi ko‘radigan ko‘zda ko‘rishning o‘tkirligi 0,03 dan oshmasligi va uni tuzatib bo‘lmasligi yoki ikkala ko‘z ko‘rish maydonining 10 gradusgacha konsentrik torayishi.
2. Ikkinchi guruh nogironlikni belgilash uchun kasalliklar, jarohatlar, tug‘ma nuqsonlar oqibatida organizm hayot faoliyatining ancha yaqqol ko‘rinib turgan cheklanishlari asos bo‘ladi.
Ikkinchi guruh nogironlik quyidagi hollarda belgilanadi:
a) salomatligining holatiga ko‘ra mehnat faoliyatida qatnasha olmaslik oqibatida ancha yaqqol ko‘rinib turgan ijtimoiy moslashuvchanlikni yo‘qotishda yoki mehnat faoliyati ta’sirida kasallik kechishining yomonlashishi, og‘ir asoratlar paydo bo‘lishi xavfi tug‘ilganda, shuningdek, muomala qilish, o‘zini idora qilish, o‘qish, o‘z xulq-atvorini nazorat qilishga yaqqol qiynalishda, ammo o‘zgalarning yordamiga, parvarishiga yoki nazoratiga ehtiyoj bo‘lmaganda.
Bu holatlarga quyidagilar misol bo‘la oladi: yurakning klapan apparati shikastlanganligi yoki qon aylanishining 2 — 3 darajali doimiy buzilgandagi miokard, tez avj oluvchi, tez-tez krizislarga moyil ikkinchi bosqich gipertoniya kasalligi, ochiq ko‘rinib turgan yurak-o‘pka faoliyatidagi yetishmovchilik holatlari bo‘lgan o‘pka tsirrozi; yaqqol ko‘rinib turgan yurak tomirlari faoliyatidagi yetishmovchilik holatlari bo‘lgan takroriy miokard infarkti, qisqa vaqt ichida takrorlangan insult, yaqin masofani ko‘rolmaslik avj olgan chog‘da ko‘radigan yagona ko‘z pardasiga qon quyilishi va h. k;
b) og‘ir surunkali kasalliklar, tayanch-harakat a’zolarining o‘zaro bog‘liq nuqsonlari va ko‘rish qobiliyatini ancha yo‘qotish oqibatida yaqqol ko‘rinib turgan ijtimoiy moslashuvchanlikni yo‘qotganda, shuningdek, muomala qilish, o‘zini idora qilish, o‘qish, o‘z xulq-atvorini nazorat qilish hamda oddiy sharoitdagi mehnat faoliyatida qatnashish qiyin bo‘lganda, ammo o‘zgalarning yordamiga, parvarishiga yoki nazoratiga ehtiyoj bo‘lmaganda.
Anatomik nuqsonlar yoki organizm funksiyalarining buzilishi kompensatsiya vositalari bilan ta’minlanganda, ishlab chiqarishda yoki uyda maxsus sharoit yaratilganda nogironlar salomatligining holatiga muvofiq mehnatning har xil turlari bajarilishi mumkin.
Og‘ir surunkali kasalliklarga quyidagilar misol bo‘la oladi: ovqatlanishning kamayishi va qisqa muddatli remissiyalar ko‘rinib turgan yazva kasalligining og‘ir shakli, sezilarli darajada zaharlanish va tez-tez zo‘rayib turadigan bronxoektatik kasallik, tez-tez xuruj qiladigan tutqanoq kasalligi, qadam bosishni birmuncha buzib turadigan oyoq paraparezi, subkompensatsiya bosqichidagi shizofreniya va alahsirash alomatlari bo‘lganda shaxsning sezilarli o‘zgarishi, turg‘un (tez tarqalmaydigan) patologik o‘zgarishlar natijasida, biroq odatdagi sharoitlarda ishga joylashishning individual imkoniyatlarini hisobga olib, yaxshi ko‘ra oladigan ko‘zning ko‘rish qobiliyati 0,04 dan 0,08 gacha (ko‘zoynak tanlash yo‘li bilan) pasayishi.
Og‘ir anatomik nuqsonlarga quyidagilar misol bo‘la oladi:
ikkala boldirning cho‘ltoqligi, panjaning yoki bilakning to‘mtoqligi va boldirning cho‘ltoqligi, boshqa qo‘l barmoqlarining funksiyasi birmuncha buzilganda yelkaning yoki bilakning cho‘ltoqligi, chanoqning to‘mtoqligi va boshqa oyoqlarning harakatga keltiruvchi yoki statistik funksiyalarining birmuncha buzilishi, qo‘l va oyoqning to‘mtoqligi va bir ko‘zning ko‘rmay qolishi, chanoqning ekzartikulyatsiyasi, chanoqning qisqa to‘mtoqligi.
Ushbu kichik guruhga kiruvchi nogironlar (“b” kichik bandi) quyidagi maxsus yaratilgan sharoitlarda u yoki bu ishlarni bajarishlari mumkin; alohida mehnat rejimini tashkil etish ta’minlanadigan nogironlar uchun maxsus sexlarda (ish kunini qisqartirish, ishlab chiqarishning individual normalari, ishda qo‘shimcha tanaffuslar, sanitariya-gigiyena normalariga qat’iy rioya qilish, tibbiy kuzatuvda bo‘lish va muntazam ravishda vrach yordami ko‘rsatib turish va shu kabilar), zarur xomashyoni uyga yetkazib berish va tayyor mahsulotni uyda qabul qilib olib, majburiy ishlab chiqarish normalarini belgilamasdan uy sharoitida yakka tartibdagi ish maromi, maxsus sexlardagi kabi yengilliklar ta’minlangan sharoitlar bo‘lgan korxonalar yoki muassasalarda.
3. Uchinchi guruh nogironlikni belgilash uchun, odatda, kasalliklar, jarohatlar, tug‘ma nuqsonlar oqibatida kelib chiqqan, odatda, muomala qilish, o‘qish, harakat qilish qiyinligi oqibatida ijtimoiy moslashuv imkoniyatlarining yaqqol ko‘rinib turgan pasayishiga olib keluvchi hayot faoliyatining cheklanishi, shuningdek:
a) o‘zining oldingi kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha ishni davom ettirish imkoni yo‘qligi oqibatida salomatlikning holatiga ko‘ra kamroq malaka talab qiladigan boshqa kasbdagi ishga o‘tkazish zarur bo‘lgan hollar asos bo‘lib hisoblanadi.
Bunga quyidagilar misol bo‘la oladi:
yuqori malakali chilangar asbobsozni qon aylanishining 1 va 2 darajali barqaror buzilganligi tufayli mayda buyumlarni yig‘uvchilik ishiga o‘tkazish;
o‘ng panjaning 2, 3 va 4 barmoqlari yo‘qligi tufayli ip yigiruvchi ayolni mato chetini to‘g‘rilash ishiga o‘tkazish;
5—6-razryadli frezerchini 2 bosqichdagi gipertoniya kasalligi tufayli asboblarni tarqatuvchilik ishiga o‘tkazish;
ko‘mir qazuvchini silikoz tufayli shaxtadan tashqaridagi yordamchi ishchi vazifasiga o‘tkazish yoki boshqa hunarni o‘rganishga yuborish;
b) zarurat bo‘lganda salomatligining holatiga ko‘ra ishlab chiqarish faoliyati hajmini ancha qisqartirishga olib keladigan o‘z kasbi bo‘yicha ishlash sharoitlarini o‘zgartirish.
Bunga quyidagilar misol bo‘la oladi:
trest bosh buxgalterini xotiraning pasayishi, diqqat-e’tiborning kamayishi, astenizatsiya va hokazo bilan bog‘liq tserebral arteriosklerozga uchraganligi tufayli kichikroq muassasaga buxgalterlik ishiga o‘tkazish;
ko‘p dastgohda ishlovchi to‘quvchi ayolni o‘rtacha og‘irlikdagi qand diabeti tufayli 1 — 2 ta dastgohda ishlashga o‘tkazish;
ishchi yoki xizmatchiga qoplanish holatlari nobarqaror bo‘lgan surunkali o‘pka sili yoki tez-tez krizislar bo‘lib turadigan gipertoniya kasalligi tufayli ish kuni qisqartirilgan, yengil mehnat sharoiti yaratib berish;
v) kam malakali yoki ilgari ishlamagan shaxslarda belgilari ko‘rinib turgan funksional buzilishlar oqibatida ularning ishga joylashish imkoniyatlari ancha cheklanganda.
Bunga quyidagilar misol bo‘la oladi:
o‘rtacha og‘irlikdagi yazva kasalligiga chalingan yordamchi ishchini bino ichidagi vaxtyorlik ishiga o‘tkazish;
mehnat malakasiga ega bo‘lmagan, yurak-o‘pka kasalliklariga chalingan ayollarning ishga joylashishining qiyinligi tufayli ular nogironlar uchun mo‘ljallangan artel sharoitlarida qo‘l mehnatining yengil turlaridagina ishlashi mumkin;
qishloq joylarda yashovchi va ilgari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ishlagan harbiy xizmatchilarning yaradorlik asorati tufayli ishga joylashishining qiyinligi;
g) uchinchi guruh nogironligi, bulardan tashqari, bajaradigan ishidan qat’i nazar, anatomik nuqsonlar yoki funksiyalarning buzilishiga olib keluvchi deformatsiyalar mavjud bo‘lganda belgilanadi.
Qo‘llarning nuqsonlari va deformatsiyalari:
yelkaning cho‘ltoqligi (ekzartikulyatsiya yoki o‘ng yelka, chapaqaylarda chap yelkaning cho‘ltoqligi va ishga joylashish imkonining yo‘qligida ikkinchi guruh nogironlik belgilanishi mumkin), bilakning cho‘ltoqligi, panjalarning yo‘qligi, yelkaning yoki har ikkala bilak suyaklarining soxta bo‘g‘imi, tirsak bo‘g‘imining yaqqol ifodalangan kontrakturasi (bo‘g‘imlardagi harakatlarning cheklanishi 5 — 8 gradusgacha) yoki tirsak bo‘g‘imining funksional nomaqbul holatdagi ankilozi (60 gradusdan kam yoki 150 gradusdan ko‘p burchak ostida) yoki bilakning o‘ta pronatsiya yoki o‘ta supinatsiya holatida qotib qolishi, rezeksiyadan keyin yelka yoki tirsak bo‘g‘imining osilib qolishi;
panjalardagi bosh barmoqdan tashqari qolgan to‘rtta barmoqning yo‘qligi, panjadagi bosh barmoq bilan birga uch barmoqning yo‘qligi, xuddi shu barmoqlarning funksional nomaqbul holatdagi yaqqol ko‘rinib turgan kontrakturasi va ankilozi, bosh va ko‘rsatkich barmoqlarning yoki uch barmoqning tegishli panja suyaklari bilan birga yo‘qligi, har ikkala panjadagi bosh barmoqlarning yo‘qligi.
Oyoqlarning nuqsonlari va deformatsiyalari:
son va boldirlarning turli darajadagi cho‘ltoqliklari, son cho‘ltoq bo‘lganda va uni protezlash imkoniyati bo‘lmaganda ikkinchi guruh nogironligi belgilanadi;
oyoq poyining plastik-suyak amputatsiyasidan keyingi cho‘ltoqligi (Pirogov bo‘yicha), Shopar bo‘g‘imining xasta cho‘ltoqligi va Lisfrank bo‘g‘imining ikki tomonlama cho‘ltoqligi;
oyoq poylarining nomaqbul joylashishi hamda yurish va turish funksiyalarining ancha buzilganligi bilan bog‘liq holda to‘piq bo‘g‘imining yaqqol ko‘rinib turgan kontrakturasi yoki ankilozi;
son yoki har ikkala boldir suyaklarining soxta bo‘g‘imi, tizza yoki chanoq-son bo‘g‘imlarining rezeksiyadan keyin osilib turishi;
chanoq-son bo‘g‘imining yaqqol ko‘rinib turgan kontrakturasi yoki ankilozi, tizza bug‘imining funksional nomaqbul holatdagi ankilozi — (180 gradusdan kam burchak ostidagi yoki bo‘g‘imlar rezeksiyasidan keyin oyoqning 7 santimetrdan ortiq kalta bo‘lishi).
Periferik asab tizimi jarohatlanishlari va kasalliklarining turg‘un va tuzalmaydigan asoratlari:
panja yoki qo‘llarning barmoqlari falaji, oyoq falaji, barcha qo‘l yoki oyoqlarning anchagina trofik buzilishlar bo‘lgan, yaqqol ko‘rinib turuvchi parezi (yaqqol ko‘rinib turgan mushak atrofiyasi, surunkali trofik yazva).
Butunlay ko‘rlik yoki bir ko‘zdagi ko‘rish quvvatining korrigiratsiya qilish imkoni bo‘lmaganda 0,03 gacha pasayishi yoki ko‘rish maydonining 10 gradusgacha torayishi.
Yurak mushagida yoki yurak xaltasida begona jinsning mavjudligi. Bosh suyagidagi 3 sm2 dan ortiq nuqsonlar.
Jag‘dagi yoki tanglaydagi nuqsonlar (agar qo‘yilgan protez chaynashni ta’minlay olmasa).
Uchinchi guruh nogironlik belgilanadigan, ammo uzoq muddat davolanishga, shu jumladan, bosqichli operativ aralashuvga (umumiy hisobda 4 oydan kam emas) muhtoj bo‘lgan shaxslarga ikkinchi guruh nogironlik belgilanishi mumkin.
Uchinchi guruh nogironlik belgilanadigan, ammo uzoq muddat davolanishga, shu jumladan, bosqichli operativ aralashuvga (umumiy hisobda 4 oydan kam emas) muhtoj bo‘lgan shaxslarga ikkinchi guruh nogironlik belgilanishi mumkin.
4.
Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling