NoGoogle” jamoasi savollari mad max93August 16, 2022 1
Download 15.18 Kb.
|
NoGoogle Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
“NoGoogle” jamoasi savollari mad_max93August 16, 2022 1. “Adzurri: Uembliga yo‘l” hujjatli filmi Turkiya, Shveytsariya va Uelsni mag‘lub etganidan so‘ng Italiya terma jamoasi o‘zlarini X bilan taqqoslay boshlagani va pley-offda Belgiya bilan to‘qnash kelishidan xursand bo‘lishganini ko‘rsatadi. X Italiyadagi mashhur brend emblemasida mavjud. Savol: O‘sha brendni yozib bering. Javob: Lamborghini. Qabul: Lamborgini. Izoh Italiyaliklarning asosiy formasi rangi ko‘k hisoblanadi. Shveytsariya,Turkiya va Uels terma jamoalarining asosiy formalari esa qizil rangli hisoblanadi. Italiyaliklar esa o‘zlarini buqa bilan solishtira boshladilar. Keyingi raqiblari qizil formali Belgiya ekanligi ularni xursand qildi. Lamborgini kompaniyasi emblemasida esa buqa tasvirlangan. Ha aytgancha, “Italiya” so‘zi ham “Buzoqlar mamlakati” degan ma’noni anglatadi. 2. Franklin Ruzvelt dastlab AQSh urushda qatnashmasdan fashistlar Germaniyasini mag‘lub etishga ishongandi. Ruzvelt o‘z nutqlaridan birida AQSh ni demokratiyaning X i deb ataydi. Boshqa bir X esa 1886-yilda tashkil etilgan. Savol: Xni bir so‘zda yozib bering. Javob: Arsenal Izoh: Ruzvelt urushga kirmasdan ittifoqchilarga qurol-yarog‘ yetkazib berish Gitlerni mag‘lub etishga yetarli bo‘lishini kutgan edi. Shuning uchun u AQShni ”Demokratiya arsenali” dep atagan. Arsenal futbol klubi esa 1886-yilda Londonda tashkil etilgan. 3. Jared Keydning yozishicha, Britaniyada sodir bo‘lgan bir voqeadan keyin Agata Kristining ba’zi romanlaridagi jinoyatchilar ilohiy jazoga hukm qilina boshladilar. Savol: Siz menga ushbu voqeani yozib bering. Javob: O‘lim jazosining bekor qilinishi (qotillik uchun). Izoh: A.Kristining oldingi romanlarida qotillar qonun tamonidan o‘limga hukm qilingan. 1965-yilda qotillik uchun o‘lim jazosini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi, ammo yozuvchiga jnoyatchini shunchaki qamoqqa olish noto‘g‘ridek ko‘ringan 4. Sten Li o‘z karerasini X larni yozishdan boshlagan va bu ish uni juda tushkunlikka tushirganini tan oladi. Kechki payt bergan bir intervyusida Sten Li qayerdadir X tayyor turganini aytadi. Savol: X ni bir so‘zda yozib bering. Javob; Nekrolog. Izoh: Nekrologlar yozish haqiqatdan ham yoqimli ish emas. Bilasiz nekrolog oldindan tayyorlab qo‘yilgan bo‘ladi va Sten Li o‘zi uchun qayerdadir nekrolog tayyor turganini aytadi 5. Shu yili Karlo Anchelotti “Real Madrid” jamoasi bilan LaLiga chempionligini qo‘lga kiritgach, bir karikaturada Anchelotti 1973-yili “dunyoga kelgan” bir personaj ko‘rinishida tasvirlangan edi. Savol: O‘sha personajni yozib bering. Javob: Tanos. Izoh: Anchelotti Real Madrid bilan LaLigadagi chempionligi orqali Top-5 chempionatlarda g‘alaba qozongan yagona murabbiy aylandi. Bu esa 5 ta uzukni taqib olgan Tanosga qiyoslanadi. Tanos 1973-yili Marvelning “Temir odam” №55 sonida dunyo yuzini ko’rgan. 6. “Tomosha” nomli hind kinofilmida: Korsikada uchrashib qolgan qiz va yigit o‘zlari haqida faqat yolg‘on gapirishga, ta’tildan keyin hammasini unutib uylariga qaytishga kelishib olishadi va bir frazani biroz o‘zgartirgan holda ishlatishadi. Savol: Shu frazaning orginal variantidagi toponimni yozib bering. Javob: Vegas. Izoh: Ular “Korsikadagi Korsikada qoladi” deya kelishishadi. Bu “Vegasdagi narsa Vegasda qoladi” frazasinin o‘zgartirilgan variant edi. 7. Turkiya Anadolu, Afrika va Yevrosiyo plitalarining tutashgan joyida joylashgan. Biroq oddiy xalqqa buni tushintirish murakkab bo‘lgani uchun 1999-yilda U kurd separatistlari tamonidan uyushtirilgan degan mish-mishlar tarqaldi. Savol: Uni arab tilidan kirib kelgan so‘zda yozib bering. Javob: Zilzila Izoh: Turkiya sayyoradagi eng seysmik hududlardan biri bo‘lib, u yerda bir vaqtning o‘zida 3 ta tektonik plitalar to‘qnashadi. Biroq hamma joyda fitna qidirayotgan oddiy xalq uchun buni tushintirish qiyin. Xullas, 1999-yilgi zilzilada kurdlar aybdor edi)) 8. Qadimgi davrda Fransiyada og‘zaki ijod janri mashhur bo‘lib, unda tinglovchi hikoya qiluvchiga savollar berishgan,lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishmagan. Bir versiyaga ko‘ra X so‘zi hozirgi ko‘rinishiga ushbu janr nomidan kelgan.Bu savolni topishda sizga X yordam berib yuborishiham mumkin. Savol: X ni fransuzcha so‘zda ayting. Javob: Rikoshet Izoh: Rikoshet so‘zi birinchi marta fransuz og‘zaki ijodining “fable du ricochet” janri nomida uchraydi. U hikoya qiluvchi va tinglovchilar o‘rtasidagi og‘zaki o‘zaro ta’sirning murakkab traektoriyalari bilan tavsiflangan. 9. Mark Galeottining yozishicha, Rossiyada 1990-yillarda sudlar uzoq vaqtga cho‘zilishi, kechiktirilishi mumkin edi. Shuning uchun U tufayli biznesmenlar sudlarga emas, balki mafiyaga murojat qilishni afzal ko‘rishgan. Savol: U ni o‘zbekcha bo‘lmagan so‘zda ayting Javob: Inflyatsiya. Izoh: Biznesmenlar sud jarayonlari yillab so’zilib ketishi ehtimoli borligi sababli Mafiyaga murojat etishgan.Bir necha yillardan keyin qaytarilgan pul esa Inflatsiya sabab oldingi qunidan past bo’lishi mumkin edi. 10. . Londonni bombardimon qilish paytida odamlar ertasi kuni bir-birlari bilan ko‘rishish umidi bilan yashardilar. Xayrlashish payti ular 2005-yilgi kinofilm nomi bilan bir xil bo’lgan iborani aytishgan. Savol: Ushbu iborani yozib yuboring. Javob: Xayrli tun va omad tilaymiz Izoh: Bombardimon ko‘pincha tunda amalga oshirilgan. Odamlar ertalab qayta uyg‘onmaslik ehtimoli bilan uxlashgan. Shuning uchun yaqinlaringizga faqat xayrli tun tilash yetarli emas. 2005-yilda Jorj Kluni qatnashgan“Xayrli tun va omad” nomli AQSh filmi ekran yuzini ko‘rgan. Download 15.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling