To‘garak savollari (katta savollar)


Download 21.79 Kb.
bet1/4
Sana02.11.2023
Hajmi21.79 Kb.
#1739156
  1   2   3   4
Bog'liq
To\'garak Maktab (Katta sinflar) 24.10.2023


To‘garak savollari (katta savollar)
24.10.2023

1. Bir asr oldin Bokudagi ushbu futbol jamoasi Britaniya neft kompaniyasi ishchilari tomonidan tuziladi. Farg‘onada ham shu nomdagi futbol jamoasi mavjud.


Savol: Bu qaysi jamoa
Javob: Neftchi.

2. Sofya Bagdasarovaning yozishicha, turli rassomlarning olomon tasvirlangan rasmlarida san'atshunoslar UNI biroz shiddatli nigoh bilan izlaydilar. Rembrandt Uni juda koʻp marta koʻzgu yordamida chizgan. Savol: UNI yozib bering.


Javob: Rassomning avtoportreti.
Qabul: “Avtoportret" yoki "rassom" so‘zlariga ko‘ra.
Izoh:Rassomlar keng ko‘lamli sahnalari bo‘lgan rasmlarda o‘zlarini olomon ichida yashirishni yaxshi ko‘radilar. Shiddatli nigohni rassomning o‘zini ko‘zguda xuddi shunday ko‘rganligi, avtoportret chizish uchun o‘zini sinchkovlik bilan o‘rgangani bilan izohlash mumkin. Maʼlumki Rembrandt oʻz avtoportretlari bilan mashhur.
Manba(lar):https://shakko-kitsune.livejournal.com/1227525.html

3. Dmitriy Smirnov Geraklning Orchomen armiyasi bilan jangdagi g'alabasini shunday tasvirlaydi. Jang taktikasi juda sodda edi. Dushman qoyalar orasidan chiqib qator tizilib olishi bilan Gerakl ularga katta toshni yumalatib yuborardi, bu holat takrorlanaverardi.


Savol: Smirnov bu holatni qaysi o‘yinga qiyoslaydi?
Javob: Bouling.

4. Uning lotincha nomidan rimliklar o‘nga yaqin kishidan iborat harbiy qismni nomlashda foydalangan. Ruscha nomi esa lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib saroy degan ma‘noni anglatadi. Erkin Vohidovning "Unda yozilgan doston" nomli asari ham mavjud.


Savol: Uni yozib bering.
Javob: Palatka.

5. “Jeyn Eyr” romani qahramoni o‘zining bolaligidagi muvaffaqiyatsiz tarzda qingʻir-qiyshiq chizgan rasmini diqqatga sazovor joyga qiyoslaydi.


Savol: Ushbu minora qaysi shaharda joylashgan?
Javob: Piza.
Izoh: Ko‘pgina bolalar singari, Jeyn o‘zining birinchi rasmi uchun uyni tanlaydi. Uy shu qadar qiyshiq ediki, u ko‘proq Piza minorasiga o‘xshardi.
Manba(lar) Sharlotta Bronte, "Jeyn Eyr"
6. Lionel Messi intervyusida X dagi Messi haqiqiysidan ustunroq ekanini aytadi. Hozirgi kunga kelib X dagi Messi ham ancha kuchsizlantirilgan.

Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling