Nomanfiy butun sonlar ustida arifmеtik amallarni o‘rgatish mеtodikasining umumiy masalalari. Reja


Download 14.64 Kb.
bet2/3
Sana30.10.2023
Hajmi14.64 Kb.
#1735249
1   2   3
Bog'liq
NOMANFIY BUTUN SONLAR USTIDA ARIFMЕTIK AMALLARNI O‘RGATISH MЕTODIKASINING UMUMIY MASALALARI.

III-bosqich. Navbatdagi bosqichda oldingi bosqichda o`rgangan soda misollarni murakkab bo`lgan holatlarida hisoblashlarni amalga oshirishni o`rganishadi.
M: Yuzlik mavzusida qo`shish va ayirishni og`zaki hisoblashni o`rgatish bosqichlari. Mavzuni o`rgatish 4 bosqichda amalga oshiladi.
a) Matematik xossaning mazmuni tushuntirilib olinadi. 45+12+38=45+(12+18)=(45+18)+12=(12+18)+45 kabi.
b) Ifodani qulay usulda hisoblashni o`rgatiladi
M: Ayni shu misolda 45+12+38=45+(12+18)=(45+18)+12=(12+18)+45 ajratib ko`rsatilgan qismdan foydalanmaslik kerak bo`ladi. Bu hol 45+12+38=45+(12+18)=45+30=75 yoki 45+12+38= (12+18)+45=30+45=75 bu holdan foydalanishni tavsiya etiladi
d) Ifodadagi sonlardan birini tarkibga ajratib, oldingi o`rganilgan bilimlar asosida hisoblashni amalga oshirish o`rgatiladi.
M: 48+20=(40+8)+20=(40+20)+8=60+8=68, 76-40=(70+6)-40=(70-40)+6=30+6=36 kabi.
e) Ifodadagi sonlarning har birini tarkibga ajratib, oldingi o`rganilgan bilimlar asosida hisoblashni amalga oshirish o`rgatiladi.
M: 72+24=(70+2)+(20+4)=(70+20)+(2+4)=90+6=96,
68-22=(60+8)-(20+2)=(60-20)+(8-2)=40+6=46 kabi.
IV-bosqich. Oxirgi bosqichimizda boshlang`ich sinf o`quvchilari asosan amallar bajarish tartibini va ifodalarni bajarishdagi yozilish usullarini o`rganadilar.
M: (13026-48104:4):1000=. Ifodani amallar bajarish tartibiga rioya qilgan holda ikki xil yozilish usulida bajarib ko`rsating.
1-yozilish usuli.
Ifodani davom ettirib bajarish usuli:
(13026-48104:4):1000=(13026-12026):1000=1000:1000=1
2-yozilish usuli.
Ifodadagi amallarni tartibi bo`yicha pastdan ish qilib bajarib, oxiridagi javobni ifodadan keyin yoziladi:
(13026-48104:4):1000=1
1-ish. 48104:4=12026 2-ish. 13026-12026=1000
3-ish. 1000:1000=1


Bilimlarni oshirishga qaratilgan masalalar bilan ishlash.
1-masala: Uchta aka- uka olma terishdi. To‘ng‘ichi 2 savat, o‘rtanchasi 1 savat, kenjasi 10 ta olma terdi.Terilgan jami olmalar 100 ta bo‘lsa bir savatda nechta olma bor?

Yechish: Masalani shart va savollaridan kelib chiqib, mazmunga mos tenglama tuzamiz. 2X+X+10=100 va shu tenglamani yechamiz.
2X+X=100-10
3X=90
X=90:3

X=30


Javob. Bir savatda 30 tadan olma bor.

Download 14.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling