2-masala: O‘g‘ilning yoshi otasinikidan 3 marta kam. Ota va o‘g‘il yoshlarining yig‘indisi 68 ga tengligi ma’lum. Ota va o‘g‘ilning har biri necha yoshda ekanligini toping.
Yechish: Bu masalaga ham mazmunidan kelib chiqib tenglama tuzamiz.Bunda o`g`ilning yoshini noma’lum bo`lganligi uchun X harfi bilan belgilab, qolganlarini shunga bog`laymiz.
X+3X=68
4X=68
X=68:4
X=17 3X=3*17=51
Javob. Otaning Yoshi 51da, o`g`ilniki esa 17 da.
3-masala: Do’konda peshindan keyin qolgan 54 ta muzqaymoqdan 38 tasi sotildi. Agar ertalab do’konda 100 ta muzqaymoq keltirilgan bo’lsa, kun bo’yi nechta muzqaymoq sotilgan?
Yechish: Masalani arifmetik usulda bajaramiz.
1-usul: 100-54=46 46+38=84 ta muzqaymoq sotilgan.
2-usul: 54-38=16 100-16=84 ta muzqaymoq sotilgan.
Javob. Do`konda kun bo`yi 84 ta muzqaymoq sotilgan.
4-masala: Ota 45 yoshda o`g`illari 7, 11 va 15 yoshda, necha yildan keyin o`g`illari yoshining yig`indisi otaning yoshiga teng bo`ladi.
Yechish: Masalani algebraik usulda bajaramiz.Bunda qo`shilishi kk bo`lgan yilni X harfi bilan belgilaymiz.
7+X+11+X+15+X=45+X
33+3X=45+X
3X-X=45-33
2X=12
X=12:2
X=6
Javob. 6 yildan keyin o`g`illari yoshining yig`indisi otaning yoshiga teng bo`ladi.
Va hakozo hammasini metodikasi bilan yozib chiqamiz.
Eslatma: Bu yerda sizga yaxshi tushunarli bo`lishi uchun nazariy qismini ko`p yozdim. Siz aytganimdek tushuntirish uchun qisqa yozsangiz bo`ladi. Ya’ni 5 ta 6 ta gapdan iborat.
Savollarga javoblar yozayotganingizda ham xuddi shunday ajratib, tushunarli qilib, ko`proq nazariy qismiga e’tibor qaratasiz. Nazariy qismni misollar yordamida tushuntib o`ting.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |