Nomaromiylik bu mahsulot sotish qiyinchiliklari, tashkilot
kassa usuli, tushumni uning jo‘natilishi asosida aks ettirish esa hisoblash usuli
Download 239.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy tahlil PV дарслик охирги вариант (pdf.io) (1)
kassa usuli, tushumni uning jo‘natilishi asosida aks ettirish esa
hisoblash usuli, deb yuritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitiga tushumni jo‘natish bo‘yicha sotish asosida aks ettirish usuli ko‘proq mos keladi. Aynan ushbu usul bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda qabul qilingan standart hisoblanadi. Biroq shuni ham hisobga olish zarurki, tushumni jo‘natish bo‘yicha sotish asosida aks ettirish (hisoblash usuli) usulida korxona ushbu sotilgan mahsulotlar bo‘yicha ulardan daromadlar ro‘yxatga olingan hisobot davrida shubhali debitorlik qarzlarining bir qismini hisobdan chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Korxonaning boshqa tashkilot va korxonalar bilan, shuningdek, alohida shaxslar bilan hisoblashishlari bo‘yicha shubhali qarzlar miqdori zaxiralanadi hamda foyda va zararlar hisobiga kiritiladi. Belgilangan muddatda (agar belgilangan muddat bo‘lmasa, buning uchun me’yoriy zarur vaqt davomida) qaytarilmagan va mutanosib kafolatlar bilan ta’minlanmagan korxonaning debitorlik qarzi shubhali, deb e’tirof etiladi. Shubhali qarzlar bo‘yicha zaxiralar yil oxirida amalga oshirilgan korxonaning debitorlik qarzi inventarizatsiyasi natijalari asosida tashkil qilinadi. Zaxira miqdori qarzdorning moliyaviy ahvoli (to‘lov qobi- liyati) va qarzni to‘liq yoki bir qismini qaytarish ehtimolini baholashga bog‘liq ravishda har bir shubhali qarz bo‘yicha alohida belgilanadi. Agar shubhali qarzlar bo‘yicha zaxira tashkil qilingandan keyingi yil oxirigacha ushbu zaxiraning qandaydir qismi foydalanilmagan bo‘lsa, u holda sarflanmagan summa mutanosib yilning foydasiga qo‘shiladi. Bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda shubhali debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish oxirgi 3-5 yil uchun sotilgan mahsulot hajmiga foiz nisbatidan kelib chiqqan holda potensial shubhali qarzlarni hisoblash asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Bu mutanosiblik tamoyilidan chetga chiqmaslikka imkon berib, unga muvofiq mazkur hisobot davrida daromad olinishini ta’minlagan xarajatlar aks ettiriladi. Hisoblash usuli o‘ziga xos afzalliklarga ega chunki u: a) bozor iqtisodiyoti talablariga ko‘p jihatdan mos keladi; b) Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mavjud daromad va xarajatlarni aks ettirish nomutanosibligini bartaraf etadi: aksariyat hollarda daromadlar kassa usulida, xarajatlar esa hisoblash usulida aks ettiriladi; c) xalqaro standartlarga mos keladi va potensial investorlar uchun yagona qoniqarli hisoblanadi; d) aksariyat hollarda korxonalar moliyaviy ahvoli o‘zgarishiga olib kelmaydi, chunki ko‘pincha ular mahsulotlarni oldindan to‘lov shartlariga ko‘ra sotadi. Tahlilning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: – rejaning bajarilish darajasini va mahsulotlar sotish dinamikasini baholash; – turli omillarning ushbu ko‘rsatkichlar miqdori o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash; – mahsulot sotishni oshirishning ichki xo‘jalik zaxiralarini aniqlash; – aniqlangan zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. Download 239.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling