Nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Download 151.41 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi151.41 Kb.
#1105928
Bog'liq
Ochilov Bahrom KIS 21-02


MUHAMMAD AL-XORAZMIY
NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
KOMPYUTER INJINERING FAKULTETI
I BOSQICH TALABASI
OCHILOV BAHROM
FAN: O’zbekiston tarixi
MAVZU: Markaziy Osiyo - jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
Markaziy Osiyo qadimiy sivilizatsiya o’choqlaridan biri sanaladi va jahon svilizatsiyasining shakllanish jarayonida alohida o’rinni egallaydi. O’zbekiston eng qadimgi davrdan o’ziga xos sivilizatsion jarayonni boshidan kechirgan. O’zbekistonning qadimiy tarixi “Avesto”, eron, yunon, rim, xitoy yozma manbalarida va Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkirlarning asarlarida yozib qoldirilgan. Sivilizatsiya so’zi lotincha “civilis” so’zidan olingan bo’lib, u davlatchilik, fuqarolik degan ma’nolarni bildiradi. Sivilizatsiya bu insoniyat tarixiy taraqqiyotining umumiy birligini, ya’ni moddiy, madaniy, ma’naviy rivojlanishidagi o’ziga xoslikni ifodalaydi
Eng qadimgi davr tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: “ibtidoiy to’da” va “urug’chilik jamoasi davri”ga bo’linadi. O’z navbatida urug’chilik jamoasi ikki bosqichga: matriarxat (ona urug’i) va patriarxat (ota urug’i)ga bo’linadi. Eng qadimgi davr arxeologik jihatdan, mehnat qurollari nimadan yasalganligiga qarab, quyidagi bosqichlarga bo’linadi: paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va ilk temir davri. Markaziy Osiyo madaniyatining o’ziga xosligi mintaqaning o’ta qulay jug’rofiy o’rnashganligi bilan bog’liq. Mintaqa Mesopotamiya, Hindiston, va Xitoy kabi uchta buyuk Sharq sivilizatsiyasi bilan bevosita chegaradosh bo’lib, G’arb sivilizatsiyasiga xos beshinchi- Gretsiya va Rim bilan aloqada rivojlangan.
Bunday aloqalarning muqarrarligi tufayli Markaziy Osiyo madaniyati Sharq va G’arb o’rtasida vositachilik missiyasini bajarishiga sabab bo’ldi, ya’ni iqtisodiy sohalarda eng avvalo xalqaro savdoda va madaniy sohalarda ham Markaziy Osiyo G’arb va Sharq o’rtasida bog’lovchi ko’prik vazifasini bajardi. Xususan, Markaziy Osiyo hududi orqali buddizm butun dunyoga yoyildi, Hindiston va Xitoyga ellinistik madaniyat ko’rinishlari o’tdi, Sharqdan G’arbga va G’arbdan Sharqqa madaniy boyliklar (ilm-fan, diniy g’oya, kashfiyot, badiiy asarlar) almashib turishida Markaziy Osiyo muhim vositachi bo’lin xizmat qildi. O’zbekistonda keyingi davrlarda ko’plab tarixiy makonlar topib tadqiq qilingan.
O’zbekiston hududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg’ona vodiysidagi Selung’ur, Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo’pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo’lib ov qilish bilan shug’ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bo’lib, unda tayyor bo’lgan mahsulotlarni o’zlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
O’rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Xo’jakent, Samarqanddagi Omonqo’ton, Boysun tog’laridagi Teshiktosh kabi ko’pgina makonlardan aniqlangan bo’lib, ulardan shu davrga oid ko’pgina turli-tuman toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Obirahmat makoni yoysimon shaklda bo’lib, bu yerda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. Topilmalar orasida nukleuslar, parrakchalar, o’tkir uchli sixchalar, qirg’ichlar uchraydi, shuningdek, turli hayvonlar suyaklari ham ko’pchilikni tashkil etadi. YAna bir mashhur yodgorlik Teshiktosh g’or makoni bo’lib, bu yerdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qazib ochilgan. Qabrdagi murdaning yoniga turli tosh qurollar va arxar shoxi qadab qo’yilgan.
O’rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashib, turmushida yangi unsurlar paydo bo’la boshlaydi. Eng muhimi, ibtidoiy to’dadan urug’chilik jamoasiga o’tish boshlanadi. SHimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Odamlar o’choqlar atroflarida to’lanib, ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa bo’lib ov qilish paydo bo’ldi.
So’nggi paleolit qadimgi tosh asrining so’nggi bosqichidir. Bu davrga oid makonlar Ohangarondagi Ko’lbuloq, Toshkentning g’arbidagi Bo’zsuv 1 hamda Samarqand shahridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirg’ichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, boltalar kabi qurollar bor. Bu davrga kelib odamlar faqat tog’li hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutug’i urug’chilik tuzumiga (matriarxat) o’tilishidir.
Paleolit davriga xulosa yasab shuni aytish mumkinki, bu davrda ibtidoiy odamlar xo’jalik yuritishning eng oddiy yo’llaridan (terib-termachlab) murakkabroq ko’rinishlariga (ovchilik, baliqchilik) ga o’tdilar. Olov kashf etildi. Ibtidoiy turar-joylar o’zlashtirildi. Insoniyat ibtidoiy poda davridan urug’chilik tuzumiga o’tdi. Mehnat qurollari takomillashib, turlari ko’paya bordi. SHuningdek, bu davr ibtidoiy odamlari orasida dastlabki diniy qarashlar paydo bo’ldi.
Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy g’or makonidan, Markaziy Farg’onaning ko’pgina yodgorliklaridan topib o’rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonot va o’simlik dunyosida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Insoniyat o’z tarixidagi dastlabki murakkab moslama-o’q-yoyni kashf etadi.
Mezolit davri qurollari paleolitga nisbatan ixchamligi va sifatliligi bilan farq qiladi. Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo’jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib, dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.
Neolit davriga kelib, qadimgi qabilalar hayotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu davr odamlari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko’llar bo’ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqib, baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Eng katta yutug’lardan biri kulolchilikning paydo bo’lishidir. SHuningdek, bu davrga kelib to’qimachilik va qayiqsozlik ham paydo bo’ladi. Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quyidagi madaniyatlariga bo’linadi: Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAXMAT
Download 151.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling