ONALAR
Nomingga mos bir she’r, bitolmam ona,
Sen kutganchalik seni, kutolmam ona,
To’qqiz oy kutgansan bag’ringga bosib,
Kerilmoqchi bo’laman, bitta she’r yozib.
Uch to’rt yil qilganman rosa xarxasha,
Va davomli injiqliklar, yoshga yarasha,
Minnatliman kuningga, yarab qolsam gar
Xizmatlarim xuddiki, minnatga o‘xshar.
Doim hayoling menda, meniki ko’chada
Xushomad qildim ko’rsam, kimniki ko’chada,
Senga esa shirin so’z topolmam ona,
Qarzimni biroz bo’lsin yopolmam ona!
Kamchiliklarimga ko’z, yumding sen doim,
Meni o‘ylaysan bo’lsa ham, qiyomat qoim,
Dunyodagi farishtam, munis , muloyim,
Qadringga mos farzand bo’lolmam ona!
Sensiz to‘liq insondek, to‘lolmam ona!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |