Nomoddiy akti
Download 161.42 Kb.
|
33-mavzu tayyor.doc
4. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirishning to‘g‘riligini tekshirish
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash va amortizatsiya ajratmalarining mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga to‘g‘ri olib borilishini tekshirish chog‘ida auditor nomoddiy aktivlarning ishlab chiqarish faoliya-tida foydalanilayotganligi va daromad keltirayotganligi to‘g‘risida isbotga ega bo‘lishi lozim. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari baholash miq-dori bo‘lib, taxmin qilinayotgan foydali xizmat qilish davriga asoslanib hisob-kitob qilinadi. Shuning uchun auditor o‘rnatilgan foydali xizmat qi-lish muddatlari va amortizatsiya ajratmalari normalarining mosligini №7 BHMS 46 bandiga muvofiq tekshirib ko‘rishi lozim. Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun №1 - NMA shakldagi kartochka va nomoddiy ak-tivlar obyektlarini hisobga qabul qilishda asos bo‘lgan dastlabki hujjatlar-dan foydalaniladi. №7 BHMS 39 bandiga muvofiq nomoddiy aktivning amortizatsiya qi-linadigan qiymati muntazam asosda taqsimlab borilishi uchun amor-tizatsiya muddatlari quyidagicha belgilangan: * nomoddiy aktiv obyektining foydali xizmat ko‘rsatish muddati da-vomida (lekin bu muddat xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat qilish muddatidan oshmasligi lozim); * foydali xizmat ko‘rsatish muddatlarini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha 5 yil hisobida (lekin bu muddat xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshmasligi lozim). Amortizatsiya hisoblanadigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha auditor quyidagilarni tekshiradi: * qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblash usullari korxona hisob siyosatiga mos kelishi; * tanlangan amortizatsiya hisoblash usuli nomoddiy aktivlar obyekt-lari qiymatini qolgan foydali xizmat qilish muddati davomida ishlab chiqa-rish sarflarini hisobga oladigan schyotlarga to‘g‘ri o‘tkazilishini. №7 BHMS 42 bandiga muvofiq nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning uch usuli ko‘zda tutilgan. Ular: * to‘g‘ri chiziqli (yoki bir tekis); * kamayib boruvchi qoldiq; * ishlab chiqarish birliklari summasi bo‘yicha amortizatsiya hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarining mohiyati, korxona moliyaviy holatiga ta’sirini bilish va shu asosda malakali auditor-lik xulosasi shakllantirish maqsadga muvofiq. To‘g‘ri chiziqli usulning mohiyati muayyan nomoddiy aktivning jami foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish summalari bir me’yorda hisoblab yozib borilishidan iborat. Kamayib boruvchi qoldiq usulidan foydalanish chog‘ida muntazam hisoblab boriladigan amortizatsiya summalari foydali xizmat qilish davri davomida kamaytirib boriladi. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli) ga muvofiq amortizatsiya hajmi nomoddiy ak-tivdan necha marotaba foydalanilishi yoki nechta mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganligiga bevosita bog‘liqdir. Amaliyotda amortizatsiya hisoblashning to‘g‘ri chiziqli usulidan foy-dalanish afzalroq. Qolgan usullardan muayyan holatlarda foydalanilishi maqsadga muvofiqdir. Auditor hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining schyotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini ham aniqlashi lozim. Bunda №21 BHMS ga muvofiq quyidagi test-jadvaldan foydalanish mumkin: Yuqoridagi jadval asosida aniqlangan farqlar bo‘yicha auditor eng kat-ta farqlarni tahlil qiladi va ularning hisobotlar ishonchliligiga ta’sirini ba-holaydi. Auditor amortizatsiya ajratmalarining har oyda hisoblanayotganligini ham tekshirishi lozim. Chunki amaliyotda nomoddiy aktivlarga har cho-rakda bir marta amortizatsiya hisoblash hollari uchraydi. Shuningdek, kor-xona zarar ko‘rgan davrlarda ham amortizatsiya hisoblanganligini tekshi-rish zarur. Qoidaga ko‘ra korxona faoliyatining hisobot davridagi natijalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar (foyda oladimi yoki zarar ko‘radimi) no-moddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashi shart. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni tek-shirish chog‘ida: * nomoddiy aktivlar obyektlarining o‘rtacha qiymati va o‘rtacha amortizatsiya normasidan foydalangan holda hisoblash yo‘li bilan amorti-zatsiya ajratmalari summalarini prognozlash; * bir necha hisobot davrlaridagi hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalarini taqqoslash va aniqlangan farqlarni nomoddiy aktivlar obyekt-larining mavjudligi hamda ular kirimi va chiqimining ta’sirini inobatga olgan holda tahlil qilish kabi analitik amallardan ham foydalanish mumkin. Amortizatsiya ajratmalarini batafsil tekshirish chog‘ida auditor amor-tizatsiya ajratmalari hisoblash usullaridagi o‘zgarishlarning korxona hisob siyosatida aks ettirilganligini aniqlashi lozim. Chunki bunday o‘zgarishlar bir qancha davrlar oralig‘idagi ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligiga se-zilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunda joriy sharoitga yangi baho berish kerak. Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatlari o‘zgargan hol-larda o‘zgarish sabablari o‘rganilib, ularning №1 - «Hisob siyosati va mo-liyaviy hisobot» va №7 - «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMS talablariga muvofiqligi o‘rganiladi. Nomoddiy aktivlardan qancha muddatda foydalanish va ularga eski-rish hisoblash zarurati haqidagi masalaga ko‘pchilik davlatlarning ancha ehtiyotkorlik bilan yondashishi bu sohadagi mavjud xalqaro standartlarga muvofiq keladi. Chunki hisobning xalqaro standartalari qo‘mitasi yoxud ishbilarmonlik aloqalari qiymati kapitallashtirishni yoxud birdaniga kor-xonaning xususiy kapitali hisobiga hisobdan chiqarishga ruxsat beradi. Lekin bu standartlarga muvofiq nomoddiy aktivlarga eskirish hisob-lashning qandaydir maksimal muddati tavsiya qilinmaganligiga qaramas-dan, ayrim davlatlarda ma’lum cheklashlar kiritilgan. Masalan, firma amaliy shuhrati – ”Goodwill”ning qiymati Kanada va AQSH da 40 yil, Avstraliyada 20 yil, Niderlandiya va Shvetsiyada 10 yil, Yaponiyada 5 yilda hisobdan o‘chiriladi. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashga qarshilar: birinchidan, nomoddiy aktivlarni umuman korxona mablag‘i deb hisoblamaydigan iqti-sodchilar, ikkinchidan, tegishli sarflar hisobidan qo‘llab-quvvatlab turilishi sababli, firmaning amaliy shuhrati, savdo belgilari, tovar markalari va boshqa nomoddiy aktivlar qiymati pasaymaydi degan fikr tarafdorlari; nihoyat firma amaliy shuhrati, savdo belgilari, tovar markalari va bosh-qalarga amortizatsiya hisoblash hollarida, bir tomondan, kamayayotgan qiymatni almashtirish va saqlab turish sarflari amalga oshirilayotganligi sababli takroran hisoblash sodir bo‘ladi, deb hisoblovchi iqtisodchilar. Xulosa Xulosa qilib aytganda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qo‘mitasi (BHXS) moliyaviy hisobotlarning taqqoslanuvchanligini yaxshilash maq-sadida nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblanmasdan, darrov hisobdan o‘chirish metodlarini qo‘llashni ta’qiqlash va agar faqat bundan uzoqroq muddat belgilash asoslanmagan bo‘lmasa (ammo bu holda ham u 20 yildan oshmasligi) masalasini o‘rganmoqda. Ta’kidlab o‘tganimizdek, bizning respublikamizda foydali xizmat muddatini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlarga eskirish 5 yil muddatdan kelib chiqib hisoblanadi (ammo korxonaning faoliyat muddati-dan oshmasligi kerak). Nomoddiy aktivlar auditi biz uchun yangi hisob va audit obyektlari hisoblanadi. Shuning uchun nomoddiy aktivlarni hisobga kirim qilish usullari, haqqoniy baholash metodlari, ular qiymatini qoplash va sh. o‘. , shuningdek, joriy hisobda harakatini aks ettirish masalalari jid-diy ilmiy-tadqiqotlarni talab etadi. Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling