Nomoddiy akti
Download 161.42 Kb.
|
33-mavzu tayyor.doc
Tovar belgisi guvohnomasi tovar belgisidan foydalanadigan shaxs-ning huquqini tasdiqlovchi muhofaza hujjati hisoblanadi.
Foydali model ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarining, Shuningdek, ular tarkibiy qismlarining konstruktiv bajarilishi kabi tavsif-lanadi. Foydali model guvohnomasi foydali modelni ishlatish uchun uning egasiga maxsus huquq beruvchi muhofaza hujjati hisoblanadi. Sanoat namunalari uchun huquq xalq iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish texnik mo‘ljaldagi buyumlarning tashqi ko‘rinishini belgilaydi-gan, badiiy konstruktorlik yechimlardan foydalanish huquqidir. Sanoat na-munalari jismonan hajm egallaydigan model (avtomobil, samolyot, idish, stanok, mebel va shunga o‘xshash), yoki yassi tasvirli sanoat rasmi (gaz-mol, gilam, shrift va shunga o‘xshash) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. EHM uchun dastur ta’minoti va ma’lumotlar bazasining qiymati no-moddiy aktivlar sifatida ularni xarid qilish sarflari va korxonaning o‘zida ishlab chiqish sarflarini ifodalaydi, shu bilan birga dastur ta’minoti stan-dart yoki buyurtmali bo‘lishi mumkinligi ham hisobga olinadi. Dastur vositalari texnik (shu jumladan dastur va ishlatiladigan) hujjat-lashtirish bilan birgalikda ma’lumotlarni ifodalovchi vositada namoyish etadi. EHM uchun dastur ta’minotlarini va ma’lumotlar bazasini muhofaza qilish mualliflik huquqi vositalari orqali amalga oshiriladi. Firmaning amaliy shuhrati - Goodwill - buxgalterlik hisobi va audit-ga oid adabiyotlarda har xil nomlanadi. Masalan, firmaning bahosi, firma-ning yaxshi nomi, firmaning amaliy aloqalari va boshqalar. Firmaning amaliy shuhratiga har xil omillar ta’sir etadi. Jumladan, xaridorlar, kre-ditorlar va xizmatchilar bilan munosabatlar, ishlab chiqarish va boshqaruv tuzulmasi, firmaning joylashgan o‘rni va boshqalar. Nomoddiy aktivlar-ning bu turi o‘zining mazmuniga ko‘ra sotgan korxona balansida turgan mulklarning bahosi bilan sotib olgan korxona tomonidan to‘langan haqiqiy baho o‘rtasidagi farq sifatida ifodalanadi. Ko‘rinib turibdiki, nomoddiy aktivlarning bu turi odatda bir korxona tomonidan qandaydir bir boshqa biron bir korxonani sotib olishda vujudga keladi. Agar sotilayotgan korxona yoki xaridorlar firma obro‘sining qiymatini oldindan bilishni xohlasalar, u holda ular kompaniya oladigan o‘rtacha tar-moq foydasidan oshadigan foyda normasidan kelib chiqib hisoblab chiqa-rishlari mumkin. Tashkiliy xarajatlar - korxona faoliyatini tashkil qilish chog‘ida qi-linadigan xarajatlardir. Unga bevosita taalluqli bo‘lgan xarajatlar (masalan, yuridik, buxgalteriya, devonxona va harakatlanish xarajatlari) tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtirilishi mumkin. Mazkur holatda ushbu xara-jatlarning kelgusi davrda foyda keltirishi kapitallashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Faoliyatning birinchi yilida jami summalarni xarajatlarga kiritish xarajatning daromad bilan muvofiq kelmasligiga olib keladi. Ishlab chiqarish faoliyati muddati noaniq deb hisoblanishi bois ushbu xarajatlardan foyda olish davrini ham odatda aniqlash mumkin emas. Shu sababdan ham tashkiliy xarajatlarning aktiv sifatida tan olinishi biznesning aniq turiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tashkiliy xarajatlar, ixtiyoriy tanlan-gan qisqa vaqt davri mobaynida amortizatsiya qilinadi. Franshizalar, odatda hukumat organlari tomonidan davlat mol-mul-kidan (masalan, kabel televidenbysi kompaniyasi) foydalanish huquqiga egalik qilish uchun yoki kommunal xizmatlar ko‘rsatish (elektr ener-giyasi), shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aniq maqsadlar va aniq xizmatlardan foydalanish huquqiga egalik qilishlari uchun beriladi. Franshiza to‘g‘risidagi har bir shartnoma franshiza haqiqiy bo‘lib hi-soblanadigan davrni, shuningdek, franchayzor (foydalanishga oid huquq imtiyozini beruvchi subyekt)ning va franchayzi (ushbu imtiyozni oluvchi subyekt)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi. Ko‘pincha, franshizani olish qiymati yuqori bo‘ladi va odatda franchayzi franchayzorga uning boshlang‘ich qiymati kapitallashtirilishi va undan keyingina xarajatlar yuzasidan hisobdan chiqarilishi lozim. Agar u ma’lum bir muddat asosida cheklab qo‘yilgan bo‘lsa, uning qiymati oqi-lona va muntazam tarzda mazkur davr uchun amortizatsiya qilinishi lozim. Agar ma’lum aniq bir muddat belgilanmagan bo‘lsa, amortizatsiya qilish uning oldingi davriy baholari bilan birgalikda aniq belgilangan xizmat qilish muddatiga asoslanishi lozim. Mazkur baholashlar oldingi baholash-larning qayta ko‘rib chiqilishi zaruratini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Biroq to‘liq amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi mumkin emas. Imtiyozdan foydalanuvchi subyekt tomonidan uni beruvchi subyektga xizmatlarga oid yillik va joriy to‘lovlarni (masalan, rag‘batlantirish tadbir-larida, tashkiliy masalalarni hal qilish borasida yordam ko‘rsatganlik uchun) ularni kelgusida o‘lchanadigan foyda keltirmasligi sababli, ilgari bo‘lgan xarajatlar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim. Agar franshiza o‘z qiymatini yo‘qotsa yoki qonun tomonidan bekor qilinadigan bo‘lsa, amor-tizatsiya qilinmagan summa zudlik bilan zarar sifatida hisobdan chiqa-riladi. Mualliflik huquqlari bu fan, adabiyot yoki san’at asarlarini nashr qilish, ommaviy ijro etish yoki boshqacha tarzda foydalanish uchun max-sus beriladigan huquqdir. Muallifga shaxsan mulkiy va mulkiy bo‘lmagan huquqlar biriktiriladi. Muallifning hayotligida yoki o‘limidan so‘ng be-gona qilinmaydigan yoki boshqa birovga o‘tkazilmaydigan mualliflik huquqi muhim nomulkiy huquq hisoblanadi. Mualliflik mulkiy huquqi asarlardan foydalanish va boshqa shaxslarga o‘tkazish, Shuningdek, avloddan-avlodga o‘tkazishda unga tegishli maxsus huquqqa asoslanadi. Mualliflik huquqi fan, adabiyot yoki san’at asarlarining yaratilishi bilan vujudga keladi va uni himoyalash sud orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, sanoat, intellektual mulklar auditining boshqa aktivlar auditidan farq qiluvchi tavsiflovchi xususiyatlari obyektlarni ekspertiza qilish va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni tahlil qilishdan iboratdir. Shuning uchun ushbu obyektlar auditida bu obyektlarga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni texnik tahlil qilish zarur. Buning uchun sanoat va intellektual mulk obyektlaridan foydalanishni yuridik rasmiylashtirish va huquqiy muhofaza qilish sohasida ishlaydigan, patent bilan ishonch bil-dirilgan mutaxassislarni konsultant sifatida jalb etish kerak. Avval aytib o‘tilganidek, bulardan tashqari, nomoddiy aktivlarga yer uchastkalari va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ilmiy-tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlari uchun qilingan uzoq muddatli xarajatlar va firmaning amaliy shuhrati (mavqeyi) kiradi. Yer uchastkalari va boshqa ta-biiy resurslardan foydalanish huquqlari ular egalarining tegishli ravishda xo‘jalik faoliyati uchun yoki boshqa maqsadda foydalanishga alohida huquqqa egaligini nazarda tutadi. Shuni nazarda tutish kerakki, yerdan foy-dalanish huquqiga egalik mazkur yer uchastkasining mulk qilib olinishini bildirmaydi. Korxona ushbu yerdan sotish huquqiga ega bo‘lmasdan foy-dalanishi mumkin. Ilmiy tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlanmalari u yoki bu muay-yan amaliy maqsad yoki qo‘llash sohasiga tegishli bo‘lmasdan butkul bi-limlarni oshirishga ko‘maklashadigan, asosan ilmiy - tadqiqotlar natijasida olingan bilimlardan foydalanish uchun yo‘naltirilgan amaliy tadqiqotlar: muayyan buyumlar yoki jarayonlar sifatini yaxshilash, joriy qilish uchun o‘tkaziladigan tajriba - konstruktorlik ishlari. Nomoddiy aktivlar haqidagi ma’lumotlarni balansda aks ettirish bora-sida har xil mamlakatlarda turlicha yondashuvlar mavjud, shuningdek, bir xil iqtisodchilarning o‘zlarida bu mablag‘larga nisbatan qarama-qarshi tushunchalar uchraydi. Milliy va xalqaro standartlarda ko‘rsatilishicha, u yoki bu birliklarni balans aktiviga qo‘shish shunday hollarda bo‘lish mum-kinki, agar u to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishonchli va uning pulda baho-lanishi asoslangan bo‘lsa, agar shu birlikdan iqtisodiy resurslar yoki iqtiso-diy foyda olish ehtimoli mavjud bo‘lsa. Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling