Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ



 


1-MAVZU 
  
KIRISH. QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARINING UMUMIY 
ASOSLARI. QURILISH MATERIALLARINING ASOSIY XOSSALARI.
Reja:  
1. 
Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo bazasi.
2. 
Qurilish materiallarining tasniflanishi, standartlash, sertifikatlash va sifat
nazorati.
3. 
Qurilish materiallari va buyumlarining nano, mikro va makrostrukturasi.
4. 
Qurilish materiallarining fizik xossalari.
5. 
Qurilish materiallarining mexanik xossalari.
1. Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo 
bazasi  
O‘zbekiston Respublikasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul 
qilinishi ta’lim tizimini qayta isloh etishni taqozo etadi.
Respublikamiz qurilish kompleksiga yuqori malakali yosh kadrlarni etkazib 
berish shu kunning dolzarb masalasidir. Ma’lumki, qurilish industriyasini 
rivojlantirish, ya’ni yangi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarni 
ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan o‘zgartirish mumkin.
Qurilish tizimiga ajratilgan mablag‘ning 50% ortig‘i qurilish buyum va 
konstruksiyalarni ishlab chiqarishga sarflanadi. Zamonaviy qurilish bino va 
inshootlarini yangi turdagi qurilish materiallarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. SHu 
sababli bo‘lajak qurilish mutaxassisi qurilish materiallari va buyumlari to‘g‘risida 
to‘la-to‘kis bilimga ega bo‘lish zarur.
Qurilish materialshunosligi o‘ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va juda 
keng tarqalgan giltuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat tarixining ilk 
davridayoq ishlatilgan. Giltuproqdan pishirilgan g‘isht ishlab chiqarish tarixi 5-6 
ming yilga teng.
Bino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antik dunyo tarixi 
bilan bog‘langan. Misr Piramidalari, Buyuk Xitoy Devori, Rim Kolizeyi bunga 
yaqqol misol bo‘ladi.
Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak, ganch, gips va sh.k. mineral 
bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bir necha ming yil avval yaratilgan.
SHaxrisabz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz 
qurilishiga nazar tashlasak shoh saroylari, madrasa va masjidlar, qal’a devorlari, 
suv inshootlari tabiiy toshlardan, pishiq g‘ishtdan qorishmalar asosida terilib barpo 


etilganini ko‘ramiz. Bu shaharlardagi binolarda sirlangan sopol buyumlar X-XII 
asrlardan keyin ishlatilgan. Kulollar giltuproqdan turli o‘lchamdagi va shakldagi 
sirlangan va sirlanmagan plitkalar, terrakotalar, koshinlar, muqarnaslar, burmalar 
va sh.k. bezak materiallarni ishlab chiqarganlar va binolarni bezatishda 
ishlatganlar.
Toshtaroshlar granit, marmar, ohaktosh va xarsang toshlarni taroshlab 
shakl berib bino va inshootlarni bezatishda, suv va namlik ta’sir etadigan 
qismlarida ishlatganlar. qadimdan qurilishda yog‘och materiallar sifatida eman, 
qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak, qayrag‘och, 
archa, yong‘oq, tut, tol kabilar ishlatilgan. YOg‘och sinchli binolar zilzilaga 
bardoshliligi bilan ajralib turadi. YOg‘ochga o‘ymakorlik usulida ishlangan 
ustunlar, bag‘dodi eshiklar, muqarnaslar, karnizlar, pillapoyalar xozirga qadar 
arxitektura obidalarini bezatib turibdi.
Bino va inshootlarni bezashda lok-bo‘yoqlardan foydalanish tarixi 
miloddan avvalgi asrlarga tegishli. Rang beruvchi pigmentlar sifatida turli 
minerallar, o‘simliklar kuli, bog‘lovchi sifatida esa, tabiiy o‘simlik yog‘lari 
ishlatilgan. 
qadimgi 
Afrosiyob, 
Varaxsha, 
Xolichayon 
kabi 
tarixiy 
yodgorliklarimiz devorlariga ishlangan rasmlar bunga yaqqol misoldir.
Tarixiy binolarni bezashda ishlatilgan ganch o‘ymakorligi alohida e’tiborga 
sazovor. Ganch o‘ymakorligi asosida devor, ship, pillapoyalar, gumbazlar 
bezatilgan.
Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida yaratilgan og‘ir 
va engil betonlar alohida o‘rin tutadi. Bu materiallarni qurilish industriyasining 
asosiy mahsulotlari deb atash mumkin.
Mahalliy hom ashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish 
industriyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bunda mahsulot tannarxi keskin 
pasayadi.
Qurilishni 
mukammallashtirish 
va 
tezlatish, 
zamonaviy 
qurilish 
materiallarini ko‘plab ishlab chiqarishni taqazo etadi. Polimerlar asosidagi 
materiallar, shisha buyumlar, lok-bo‘yoqlar, kompozitsion materiallar shular 
jumlasidandir.
Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda sanoat va qishloq 
xo‘jaligi chiqindilarini ishlatish ularning tannarxini pasaytiradi va ekologik 
muhitni barpo etadi.
Qurilish materialshunosligi fanining rivojlanishiga A.Baykov,
YU.Bajenov, P.Zemyatchenskiy, V.Kind, V.Solomatov, I.Rыbev, 
S.Baybolov, Y.SHtark, B.Skramtaev, A.Gluxovskiy, E.Qosimov kabi olimlar katta 
hissa qo‘shdilar.


O‘zbekiston qurilish va qurilish industriyasini rivojlantirishda chet ellar 
bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan. Turkiyaning “Aysel” kompaniyasi, 
Germaniyaning “Knauf” korporatsiyasi, AQSHning “Armstrong” firmasi shular 
jumlasidandir.
Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga yuqori sifatli, 
tannarxi arzon, mustahkam, uzoq muddat xizmat qiluvchi, mahalliy xom ashyo 
zaminida ishlab chiqarilgan buyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va 
ishlatish sohalarini belgilash kiradi.
Er yuzida energiya resurslarining kamayib borishi binolar qurilishida 
energiya samaradorligini keskin oshirishni taqozo etadi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan energiyaning deyarli 50 foizi yoki yiliga 
17 million tonna neft ekvivalenti aynan binolarning energiya iste’moliga to‘g‘ri 
keladi. SHunga mutanosib ravishda parnik gazlarining 40 foizi binolarga xos 
jarayonlardir. Bu soha O‘zR “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Birlashgan millatlar 
tashkilotining rivojlantirish Dasturi va Global ekologik fond bilan hamkorlikda 
binolar energiya samaradorligi muammolari sohasida ustuvor Dasturlarni 
bajarmoqda. Jumladan, turar joy, jamoat (maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va 
sh.k.) binolarni energiya samaradorligi dasturlaridir. Ushbu Dasturlarni bajarish 
uchun Arxitektura qurilish sohasidagi Oliy ta’lim muassasalari, loyiha 
ilmiytadqiqot institutlari va qurilish tashkilotlari jalb etilgan.
Eneriya samaradorlikda asosiy mezon sifatida qurilish materiallari va 
buyumlarini binolar qurilishida ishlatilishini belgilash mumkin.
Ushbu muammoning asosiy echimlaridan biri issiqlik izolyasiyasi 
materiallarini mukammallashtirish, fizik-mexanik, issiqlik-fizik va eksputatsiya 
xossalarini keskin yaxshilar, yangi turlarini ishlab chiqarish talab etiladi.
Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya sarflash muammosi 
echimi ham energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi.
Global muammoning echimida bo‘lajak arxitektor va quruvchilarni 
talabalik davridan e’tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga yo‘naltirish 
yaxshi natijalar beradi.
Binolar qurilishida va eskilarini qayta qurishda energoaudit institutini 
kiritish davr talabiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, 
Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlanish Dasturi va Global ekologik fondning 
“Sotsial ob’ektlarining energiya samaradorligini oshirish” mavzusidagi qo‘shma 
loyihasi asosida KMK 2.08.05-97, KMK
2.01.04-97, SHNK 2.08.02-09, KMK 2.01.18-2000, KMK 2.04.05-97, 
KMK 2.03.10-95 va KMK 2.08.04-04 kabi meyoriy xujjatlarga energiyani tejash 
bo‘yicha majburiy talablar qo‘yildi.



Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling