Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Gidrofizik xossalar  
Suv shimuvchanlik deb g‘ovak materiallarning suv shimish va suvni 
o‘zida ushlab turish xususiyatiga aytiladi. Suv shimuvchanlik ko‘rsatkichi 
materiallarning to‘yinishi uchun sarflangan suv massasining shu material quruq 
xolatdagi massasiga bo‘lgan nisbati bilan ifodalanadi. Material g‘ovaklarining 
suvga to‘la qondirilgan holati uning hajmiy suv shimuvchanligi deyiladi. Odatda, 


mikrog‘ovaklar suv bilan butunlay to‘lmasligi sababli materiallarning suv 
shimuvchanligi uning absolyut g‘ovaklari hajmidan kam bo‘ladi. CHunki 
materialdagi mikrog‘ovaklar (0,0001-0,001 mm) normal atmosfera bosimida suvga 
to‘lmaydi. Materiallarning massasiga nisbatan suv shimuvchanligi quyidagi 
formula orqali aniqlanadi:
3.
W
m
[(m
1
-m) m]
.
100% ,
bu erda: m-materiallarning quruq xolatdagi massasi –g, kg; m
1
-
materiallarning suv shimdirilgan xolatdagi massasi-g, kg;
Materiallarning hajmiy (V) suv shimuvchanligi quyidagicha aniqlanadi:
W
v
[(m
1
-m) V]
.
100%
Cuv shimuvchanlik materialni asta-sekin suvga cho‘ktirish, qaynatish va 
bosim ostida shimdirish usullari bilan aniqlanadi. Sochiluvchan materiallar (qum, 
shag‘al, giltuproq) namligi dielkometrik yoki neytron usullari bilan aniqlanadi. Bu 
usullar materialning suv ta’sirida dielektrik xossasini o‘zgarishiga yoki tezlatilgan 
neytronlarning materialdan o‘tish tezligiga asoslangan. Ba’zi materiallarning suv 
shimuvchanligi (massasiga nisbatan, % da): oyna va po‘lat-0; granit 0,02-0,7; 
oddiy og‘ir beton 2-4; oddiy g‘isht 8-15; penoplast 100-200 va undan ko‘p.
Materiallarning suvda yumshash koeffitsienti (K
yum
) uning suv 
shimgandan keyingi mustahkamligini (R
to‘y
) quruq holatdagi mustahkamligiga 
(R
qur
) nisbatidir:
4. Kyum Rto‘y Rqur
YUmshash koeffitsienti 0 dan (xom giltuproq asosidagi materiallar) 1 
gacha (metallar) bo‘lishi mumkin.
Davlatlararo standartlar talabiga muvofiq materiallarning yumshash 
koeffitsenti 0,8 dan kam bo‘lsa, suv muhitida ishlatiladigan konstruksiyalar 
tayyorlash ruxsat etilmaydi.
Gigroskoplik-materiallarning muayyan muhitdan namlikni o‘ziga singdirib 
olish xususiyatidir. Materiallarning gigroskopiklik darajasini aniqlash uchun 
namuna havoning nisbiy namligi 100% bo‘lgan xonada bir necha soat saqlanadi
so‘ngra namunaning quruq va gigroskopik nam xoldagi massalari farqidan uning 
havodan qancha nam yutgani aniqlanadi. Materiallarning namni ko‘p yutishi 
odatda ularning xususiyatlari yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Masalan, namlik 
materialning issiqlik izolyasiyasi koeffitsentini oshiradi, mustahkamlikni 
kamaytiradi va binolarning ekspluatatsiya xususiyatini pasaytiradi.
Materialning sorbsion namligi uning ochiq havodagi suv bug‘larini yutish 
qobiliyatiga aytiladi. Nisbiy namlik ortgan sari materialning sorbsion namligi ortib 
boradi.


G‘ovak materiallarda adsorbsiya va kapillyar kondensatsiya jarayonlari 
tufayli namlik uzoq vaqt saqlanib qoladi. Masalan, yog‘ochning muvozanat 
namligi 12-18%, pishirilgan g‘ishtniki 5-7% bo‘lishi mumkin.
Materialning qisman suv yoki namlik ta’sirida bo‘lgan xolatda u kapillyar 
bosim hisobiga suvni shimib namlanadi. Bunga binolarning sokol qismining 
namlanishi misol bo‘la oladi. Bunda suvning ko‘tarilish balandligini “belgilangan 
atomlar” yoki “elektr o‘tkazuvchanlik” usullari bilan aniqlash mumkin.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling