Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Moos qattiqlik shkalasi  
Minerallar
Kimyoviy tarkibi
Moos qattiqlik ko‘rsatkichi
Talk
ZMgO·4SiO
2
·N
2
O
1
Gips
SaSO
4
·2 N
2
O
2
Kalsiy
SaSO
3
3
Eruvchan shpat
SaF
2
4
Apatit
Sa

(R0
4

3
·FS1
5


Ortoklaz
K
2
O·A1
2
O
3
·6SiO
2
6
Kvars
SiO
2
7
Topaz
A1
2
·[SiO
4
] ·(F
1
ON)
2
8
Korund
A1
2
0
3
9
Olmos
S
10
Nazorat savollari  
1.Materialning zichligi va o‘rtacha zichligi nima?
2.Suv shimuvchanlik, suv o‘tkazuvchanlik nima?
3.Sovuqqa chidamlilik va g‘ovaklik orasidagi bog‘lanish qanday?
4.Issiqlik o‘tkazuvchanlik va issiqlik sig‘imi nima?
5.Material mustahkamligi nima va u qanday omillarga bog‘liq?
6.Elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik nima?
7.Qattiqlikni aniqlash usullarini keltiring.
8.Material xossalarining uning mikro va makrostrukturasiga bog‘liqligini aytib bering.
  
QURILISH MATERIALLARINING ASOSIY XOSSALARI 
 
3. 
Qurilish 
materiallari 
va 
buyumlarining 
nano, 
mikro 
va 
makrostrukturasi  
  
Qurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq 
bo‘ladi. Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy tarkiblarini tekshirmasdan, 
ular asosida tayyorlangan buyum va konstruksiyalarni muayyan muhitda 
ishlatishga tavsiya etilmaydi.
Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali ifodalanib
ular xossalarining-mustahkamligini, korroziya muhiti va olovga bardoshliligini, 
suvga munosabati kabilarni belgilaydi. Material tarkibida kimyoviy elementlar va 
oksidlar erkin xolda bo‘lmasdan o‘zaro minerallarga birikkan bo‘ladi.
Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha 
miqdorda tashkil topganini bildiradi. Giltuproq, ohaktosh, gips toshi va sh.k. 
larning mineral tarkibi ulardan olingan keramik materiallar havoyi va mineral 
bog‘lovchilarning mustahkamligini va turli muhitlarga chidamliligini belgilaydi.
Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon xolatda bo‘lib, 
ularni muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq 
fazadan, devorlar orasida hosil bo‘lgan g‘ovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki 
suv-havo aralashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, material g‘ovaklarida 
suvning muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq 


g‘ovaklardagi havo materialga issiqsovuqdan, tovushdan izolyasiyalovchi 
xususiyat beradi.
Material strukturasini uch darajada tushunish zarur-molekulyar-ion, 
mikrostruktura va makrostruktura.
Molekulyar-ion darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, 
polimer va sh.k. kimyoviy moddalardan hosil bo‘lishini belgilaydi. Materiallarni 
bu darajada o‘rganish differensial-termik, rentgenfazaviy, elektron mikroskopik, 
infraqizil spektroskopik va sh.k. tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi.
Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g‘ovaklarning o‘ta 
kichikligini (1-2
.
10
-7
sm gacha) bildiruvchi ko‘rsatkich. Materialda mikrog‘ovaklar 
buyumning kirishishi natijasida hosil bo‘ladi va ular o‘zaro tutash yoki har 
tomonlari berk bo‘lishi mumkin. Materialni tashkil etuvchi bog‘lovchi 
(portlandsement, gips, bitum, polimer), o‘ta mayda to‘ldiruvchi (qum kukuni, 
andezit) mineral yoki polimer qo‘shimchalar, suv va sh.k. komponentlardan iborat 
majmuadir. Qurilish buyum va konstruksiyalarning barcha xossa va xususiyatlari 
mikrostrukturaga, uning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Mikrostruktura 
xossalariga bog‘lovchining aktivligi, dispersligi, mikrog‘ovakligi, o‘ta mayda 
to‘ldiruvchilarning yuza tabiati katta ta’sir etadi.
Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g‘ovaklar-yirik, ko‘zga 
ko‘rinadigan xolatdagi ko‘rsatkich bo‘lib, u mikrostruktura, maydayirik 
to‘ldirgichlar va boshqa to‘ldiruvchi yoki armaturalovchi komponentlar 
majmuasidan ibratdir. Makrostruktura kompozit (konglomerat), uyachali, mayda 
g‘ovakli, tolasimon, qatlamli, donador shakllarda bo‘lishi mumkin.
Kompozitlarga betonlar, qurilish qorishmalari, keramika, silikalsitlar, 
polimerbetonlar va sh.k. kiradi. Bunday materiallar sun’iy konglomeratlar ham deb 
yuritiladi.
Mayda g‘ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo‘shilmalar aralashtirilib 
kuydirilgan keramika, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi.
Uyacha strukturali materiallarga gazbetonlar, ko‘pikbetonlar, ko‘pik 
plastmassalar, maxsus qog‘ozdan yasalgan turli shakldagi bo‘shliqli buyumlar 
kiradi.
Qatlamli strukturaga o‘rama, listli, taxtasimon, qatlamli to‘ldiruvchi 
asosidagi plastmassalar (tekstolit, shishaplast, qog‘ozplast) kiradi.
Donali struktura beton, qorishma, polimerbeton va sh.k.lar uchun mayda va 
yirik to‘ldiruvchilar (qum, chaqiq tosh) kiradi.
Tolali struktura yog‘och, shisha tolali va mineral tolali materiallar uchun 
xosdir. Materiallar xossalari (mustahkamligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi) tolalari 
bo‘ylab va ko‘ndalang yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi.


Materiallar tuzilishi kristall, amorf va kristall-amorf holda bo‘ladi. Kristall 
tuzilishli materiallar yuqori mustahkamlikka, turli muhitlarga chidamlilikka ega. 
Odatda ko‘pchilik materiallar amorfdan kristall tuzilishga o‘tadi. Bir material ham 
kristall (kvars), ham amorf tuzilishda bo‘lishi mumkin. Materialning tuzilishi 
holatiga qarab bu materiallarning kimyoviy birikishlarida ishtirok etishi turli 
tezlikda va sharoitda bo‘lishi mumkin. Kristall tuzilishdagi materiallar o‘zgarmas 
bosimda muayyan erish haroratiga ega bo‘ladi. Kristall panjarani neytral atomlar, 
ionlar, molekulalar hosil qilishi mumkin. Murakkab kristallar (kalsiy, dala shpati) 
kovalent va ion bog‘lanishlarda bo‘lganliklari sababli ularning hossalari 
turlichadir. Qurilish materiallarining asosiy jins hosil qiluvchi minerallari-silikatlar 
murakkab tuzilishga ega bo‘lib, tetraedrlardan tuzilgan va hajmiy panjara 
tuzilishiga ega. SHu sababli silikatlar noorganik polimerlar deyilishi ham mumkin.
4. Qurilish materiallarining fizik xossalari
Zichlik (g sm
3
, kg m
3
)- absolyut zich materialning hajm birligidagi 
massasidir. Agar materiallar massasini m, zich xolatdagi hajmini V
a
deb 
belgilasak, unda:
P m V
a
Absolyut zich materiallar juda kam bo‘lib, ularga kvars, shisha, po‘lat, 
plastmassalarning ba’zi turlari kiradi. Amaliyotda bunday qattiq materiallarning 
zichligi tarozilar va hajm o‘lchash asboblari yordamida aniqlanadi. Suyuq 
xolatdagi materiallar (suyuq shisha, moyli bo‘yoqlar, polimerlar) zichligi 
piknometr yoki areometrlar yordamida topiladi. Ayrim
qurilish materiallarining zichligi (g sm
3
) quyidagichadir:
Bitum.................................................................. 0,9-1,2
Suv (4
0
S da)...................................................... 1,0
Granit ............................................................... 2,6-2,9
SHag‘al ................................................................. 2,7-2,9
YOg‘och .................................................................... 1,35-1,6
Sopol g‘isht ...................................................... 2,5-2,8
Kvars qumi ....................................................... 2,6-2,7
Portlandsement .............................................. 2,9-3,1
SHisha ................................................................. 2,5-3,0
Po‘lat .................................................................. 7,8-7,9

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling