Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv o‘tkazuvchanlik
- Sovuqqa chidamlilik
Namlikdan
deformatsiyalanish-materiallarning nisbiy namlik o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan chiziqli yoki hajmiy o‘lchamlarining o‘zgarishidir. Bu xususiyat materiallarning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. Zich materiallarda namlikdan deformatsiyalanish oz bo‘ladi (plastmassa, zich keramika, granit), yoki umuman bo‘lmaydi (po‘lat, oyna, bitum). G‘ovak materiallar (yog‘och, beton, giltuproq) nam ta’sirida kengayadi, namlik kamaysa, kirishishi hisobiga deformatsiya ham kamayadi. Materiallarning bu xolati ulardan konstruksiyalar tayyorlangan paytda juda katta ahamiyatga ega. Suv o‘tkazuvchanlik-materiallarning bosim ostida o‘zidan suvni o‘tkazish xususiyati bo‘lib, filtratsiya koeffitsenti bilan ifodalanadi (m soat): 5. K f V c . a [S . (p 1 -p 2 ) . t] , bu erda: filtratsiya koeffitsenti (K f ) 1m 2 yuzali devordan (a) 1 soat (t) davomida o‘zgarmas bosimda (r 1 -r 2 1m.suv ust.) oqib o‘tgan suv miqdori (V c ) bilan o‘lchanadi. Materiallarning suv o‘tkazuvchanligi ularning tuzilishiga, zichligiga bog‘liq. Materiallarning bu xossasi tom izolyasiyasi, suv inshootlari va xavzalari qurishda katta ahamiyatga ega. Juda zich materiallargina, masalan, bitum, shisha, po‘lat, maxsus tarkibli plastmassalar va betonlar amalda suv o‘tkazmaydi. Suv bosim ostida ta’sir ko‘rsatadigan joylarda beton va shu kabi materiallardan suvning o‘tishi suv o‘tkazmaslik markasi (MPa) bilan belgilanadi. Bunday talab toza va zovur suvlarini uzatuvchi quvurlarda, suv xavzalarda, erto‘la devorlarida, gidrotexnik inshooatlarda ishlatiladigan beton, polimerbeton, keramika va sh.k. materiallarga qo‘yiladi. Sovuqqa chidamlilik-materialni suvga to‘yingan xolatda –15-170S muzlatib, qayta eritilganda (1 sikl) siqilishdagi mustahkamligi 25%, massasi 5% dan ortiq kamaymasa, bu material sovuqqa chidamli deb hisoblanadi. Material g‘ovaklaridagi suvning muzlash harorati kapillyar g‘ovaklarning diametriga bog‘liq bo‘lib, suv muzlaganda katta ichki zo‘riqish hosil qiladi. Harorat - 20 0 S gacha pasayganda material g‘ovaklaridagi muz 210 MPa zo‘riqish hosil qiladi. Zo‘riqish yo‘nalishi to‘rt tomonga bo‘lgani uchun ular bir-birini neytrallaydi. SHu sababli sovuq ta’sirida materiallar qirra burchaklaridan buzila boshlaydi. Materiallarga sovuqqa chidamlilik ularning ishlatilish soxasiga nisbatan belgilanadi. Atmosfera muhitida ishlatiladigan oddiy og‘ir beton sovuqqa chidamliligi 50; 100; 200, gidrotexnik inshootlarda 500 siklgacha, tashqi devorbop g‘ishtlar, bloklar, engil betonlar 15; 25; 35 siklga teng bo‘ladi. Materiallarning sovuqqa chidamliligi sovutish kameralarida sinaladi. Buning uchun sinalayotgan materialdan tayyorlangan namuna quritilib, massasi o‘lchanadi, so‘ngra to‘la suv shimdirilib, sovutish kamerasiga qo‘yiladi. Muzlatilgan namunani eritish normal haroratda (20-250S) suvda amalga oshiriladi. Namunaning turiga qarab, muzlatish va eritish uchun 4-6 soat vaqt ketadi. Material sovuqqa chidamliligi impulsli ultratovush usulida tez va oson (namunalarni buzmasdan) aniqlash mumkin. Bu usulda 3-6 namunaning 5,10 va h.k. sikllardan keyingi mustahkamligi va elastiklik moduli o‘zgarishini aniqlash mumkin. Ayrim xollarda materialning sovuqqa chidamliligini tezkor (kimyoviy) usul bilan ham aniqlanadi. Bunda to‘yingan natriy sulfat tuzi eritmasini (Na 2 SO 4 . 1OH 2 O) namunaga to‘la shimdirilib, so‘ng quritish shkafida 110 5 0 S haroratda quritiladi. Bu ish 3-15 marta takrorlanadi. Bunda namunaning ochiq va tutash g‘ovaklari tuz eritmasi bilan to‘ladi, quritilganda tuz kristallanib (suv muzlagandagidek) hajmi kengayadi, natijada namunada katta ichki zo‘riqish hosil bo‘lib, materiallarning buzilishiga olib keladi. Atmosfera ta’siriga chidamlilik materialni 25 va undan ko‘p marta namlanib quritilganda uning shakli va mustahkamlik ko‘rsatkichining o‘zgarishiga aytiladi. Tashqi muhitda yog‘ingarchilik, quyosh radiatsiyasi, shamol, turli gazlar va x.k. omillarning ta’sirida materiallar astasekinlik bilan buzila boshlaydi. Ayniqsa, yuqori harorat kompozitsion materiallar tarkibidagi namni bug‘lantirib, material kimyoviy tarkibini o‘zgartiradi va mustahkamligini pasaytiradi. Materiallarning tashqi omillar ta’siriga chidamliligini issiqsovuqqa bardoshliligi orqali ifodalash maqsadga muvofiqdir. Bu omillar ta’siri laboratoriya sharoitida “sun’iy iqlim kameralarida” aniqlanadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling