Nomoddiy akтivlar hisobi
Download 81 Kb.
|
nomoddiy aktivlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoddiy aktivlar
- Korxonaning mulkiy ob`ektidir
- Хo`jalik faoliyatida uzoq muddat foydalaniladi
www.arxiv.uz Reja: 1.Nomoddiy aktivlarning mohiyati va turlari 2.Nomoddiy aktivlarni sotib olish va ularni baholash 3.Nomoddiy aktivlarni hisobga olish tamoyillari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Nomoddiy aktivlarning mohiyati va turlari.Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlarida nomoddiy aktivlarga quyi-dagicha ta`rif beriladi: «Nomoddiy aktivlar – bu xo`jalik faoliyatida foydala-nish uchun yoki boshqarish uchun xo`jalik sub`ekti tomonidan nazorat qilinadigan, shuningdeq uzoq (bir yildan ortiq) muddat ishlatishga mo`ljallangan moddiy-buyum shakliga ega bo`lmagan mulk ob`ektlaridir».1 Berilgan ta`rifdan ko`rinib turib-diki nomoddiy aktivlar bu: Korxonaning mulkiy ob`ektidir - nomoddiy aktivlarni aksariyat qismi korxona tomonidan sotib olinadi, ularga egalik qiladi va buxgalteriya balansida o`z mulkining bir qismi sifatida aks ettiradi; Moddiy (natural)-buyum shakliga ega emas – nomoddiy aktivlar jismo-niy ko`rinishga ega emasdirlar; Sotish uchun mo`ljallanmaydi - nomoddiy aktivlar qayta sotish uchun sotib olinmaydi, balki xo`jalik faoliyatida foydalanish, nazorat qi-lish va boshqarish uchun sotib olinadi; Хo`jalik faoliyatida uzoq muddat foydalaniladi - odatda nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona faoliyatida bir yildan uzoq muddat faoliyat ko`rsatadigan (foydalaniladigan) va shu davr mobaynida egalariga huquq va ustunliklar beradigan aktivlar kiritiladi. Nomoddiy aktivlar tarkibi turlicha bo`lib, ular bir qator belgilari bo`-yicha tarkibiy qismlarga ajratilib o`rganiladi: identifikatsiyalash, sotib olish, kutilayotgan ustunliklar berish davri, korxonadan ajralishi va boshqalar bo`yicha turkumlanishi mumkin.( 9.1-chizma) Nomoddiy aktivlarning turkumlanishini izohlashdan oldin korxona no-moddiy aktivlari va ularni tavsifi bilan tanishib chiqaylik. Korxona nomod-diy aktivlariga quyidagilar kiradi: patentlar, litsenziyalar, intelektual mulk va savdo belgilari, kompьyuter dasturlari, mualliflik huquqi, mijozlar ro`yhati, litsenziya, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar, nou-xau, franchayzing va gudvill. Patent — huquqiy tan olingan va ro`yxatdan o`tkazilgan mutlaq huquq. Patent huquqi o`zining egasiga patentga taalluqli bo`lgan buyumni, jarayonni yoki faoliyatni foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish huquqini beradi. Bunda chetdan boshqa shaxslar bevosita aralasha olmaydi. Patent huquqi kashfiyotning tarkibini himoya qiladi va u belgilangan tartibda ro`yxatga olingan o`lishi kerak. Patent huquqi bilan himoyalanadigan ob`ektlarni ishlatishning asosiy ko`rinishi - bu huquqni litsenziya shartnomasi asosida berish va ob`ektni korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo`shishdir. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling