Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi Nomoddiy aktivlarni dastlabki baholash


-§. Nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini berish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi


Download 41.11 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi41.11 Kb.
#1494685
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi

8-§. Nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini berish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi
57. Nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini berish bilan bog‘liq operatsiyalar huquq egasi va foydalanuvchi o‘rtasida tuzilgan, korxonaga nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini beradigan (masalan, huquq egasi tomonidan korxonaga tovar belgisidan muayyan muddat mobaynida, ma’lum hududda foydalanish huquqi, mahsulotlar ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan boshqaruvining texnologik dasturidan foydalanish huquqi, sanoat namunalaridan foydalanish huquqi va boshqa huquqlarning berilishi) litsenziya shartnomalari (mutlaq, nomutlaq, ochiq litsenziya), mualliflik (fan, adabiyot va san’at asarlaridan foydalanish mutlaq, nomutlaq huquqini berish to‘g‘risidagi) shartnomalari, tijorat konsessiya shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq tuzilgan boshqa shunga o‘xshash shartnomalar asosida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
58. Huquqqa ega korxona tomonidan nomoddiy aktivlarga bo‘lgan mutlaq huquq saqlab qolingan holda, boshqa foydalanuvchi korxonaga foydalanishga berilgan nomoddiy aktivlar balansdan hisobdan chiqarilmaydi, balki huquqqa ega korxonaning buxgalteriya hisobida 7-SONLI BHMS 3-paragrafi qoidalariga muvofiq bahoda aks ettiriladi.
Foydalanishga berilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash huquqqa ega korxona tomonidan amalga oshiriladi.
59. Foydalanishga olingan nomoddiy aktivlar foydalanuvchi korxona tomonidan shartnomaga kiritilgan bahoda balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
Bunda taqdim etilgan nomoddiy aktivlar obyektlaridan foydalanish huquqi uchun shartnomada belgilangan tartib va muddatda hisoblab chiqariladigan va to‘lanadigan mualliflik haqini qo‘shgan holda, davriy to‘lovlar ko‘rinishida amalga oshiriladigan to‘lovlar foydalanuvchi korxona tomonidan hisobot davri xarajatlariga kiritiladi, taqdim etilgan nomoddiy aktivlar obyektlaridan foydalanish huquqi uchun mualliflik haqini qo‘shgan holda, qat’iy bir martalik to‘lov ko‘rinishida amalga oshiriladigan to‘lovlar esa foydalanuvchi korxona tomonidan kelgusi davr xarajatlari sifatida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi va shartnomaning amal qilish muddati mobaynida tegishli hisobot davri xarajatlariga (maqsadiga ko‘ra) hisobdan chiqariladi.

Download 41.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling