1-. Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi
Kelib tushadigan nomoddiy aktivlarning qiymati korxona balansiga kiritilishi lozim.
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi:
a) ishlab chiqish tugaganidan so‘ng yaratilgan obyektni qabul qilish-topshirish;
b) oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni xarid qilish;
v) ustav kapitaliga ta’sischilarning (ishtirokchilarning) hissasi ko‘rinishida kelib tushish;
g) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
d) davlat subsidiyalari hisobiga olish;
e) ayirboshlash;
j) ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar obyektlarini aniqlash va boshqa asoslarga ko‘ra.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun 0400 – schyot qo‘llaniladi. Nomoddiy aktivlar va ularning amortizatsiyasi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
0410 – Patentlar, litsenziyalar, nou-xau,
0420 – Savdo markalari, tovar belgilari, sanoat namunalari,
0430 – Dasturiy ta’minot,
0440 – Gudvill,
0450 – Tashkiliy xarajatlar,
0460 – Franshizalar,
0470 – Mualliflik huquqlari,
0480 – Yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari,
0490 – Boshqa nomoddiy aktivlar,
Nomoddiy aktivlar va ularning amortizatsiyasi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
0510 – Patentlar, litsenziyalar, nou-xaularning eskirishi,
0520 – Savdo markalari, tovar belgilari, sanoat namunalarining eskirishi,
0530 – Dasturiy ta’minotning eskirishi,
0550 – Tashkiliy xarajatlarning eskirishi,
Do'stlaringiz bilan baham: |