Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi Nomoddiy aktivlarni dastlabki baholash


Download 41.11 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi41.11 Kb.
#1494685
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi

Debet

Kredit

1.

Sotib olingan nomoddiy aktivlarni birlamchi qiymati bo’yicha kirim qilish

0410-0490

0830

2.

Korxonaning o'zida yaratilgan nomoddiy aktivlarni haqiqiy tannarx bo'yicha kirim qilish

0410-0490

0830

3.

Ustav kapitaliga xissa sifatida yoki aksiyalarga to’lov sifatida olingan nomoddiy aktivlarni kirim qilish

0410-0490

4610

4.

Tekinga olingan nomoddiy aktivlarni kirim qilish

0410-0490

8530

5.

Gudvillni kirim qilish

0480

Majburiyatlani hisobga olish schetlari

6.

Foydalanish muddati davomida gudvill summasini oylik hisobdan chiqarish

Xarajatlarni hisobga olish schetlari

0480

7.

Boshlang’ich qiymati bo’yicha nomoddiy aktivlarni sotish, hisobdan chiqarish, olingan qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchin berilganda, boshqa korxonalarga kapital qo’yilma sivatida berilganda, shuningdek tekinga berilganda va b.

9220

0410-0490

Nomoddiy aktivlarning qabul qilinishi paytida analitik hisobning kartochkalari (6 – A-V) shakli to‘ldiriladi va bu ma’lumotlar mos bo‘lgan jamg‘arma qaydnomalarga ko‘chiriladi.


Nomoddiy aktivlarning kirimi vaqtida:

  • ustav kapitaliga kiritilgan ta’sischilarning ulushi sifatida: 0400 – “Nomoddiy aktivlar” schyotlarining debeti, 4710 – “Ta’sischilarning badallari bo‘yicha qarzlari” schyotining krediti;

  • boshqa shaxslardan aktivlarni sotib olishda yuk xati va qabul qilish dalolatnomalari asosida: 0400 – “Nomoddiy aktivlar” schyotlarining debeti, 0830 – “Nomoddiy aktivlar sotib olish” schyotining krediti;

  • agar aktivlar boshqa shaxslardan tekinga yoki davlat tomonidan yordam sifatida olinsa:

0400 – “Nomoddiy aktivlar” schyotlarining debeti, 8300 – “Ustav kapitali” schyotlari (davlat korxonalari uchun) va 9910 – “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining krediti (boshqa sub’ektlar uchun) va bir vaqtda ularning eskirishlari qiymati tasdiqlangan me’yor asosida aks ettiriladi. Kiritilgan xarajatlar 2000, 2100, 2300, 2500, 9400 va schyot shunga o‘xshashlar hamda 0500 – “Nomoddiy aktivlarning eskirishi” schyotlarining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar quyidagi xo‘jalik muomalalarining ta’siri natijasida sub’ektning mulkidan chiqariladi:

  • boshqa sub’ektlarga kelishilgan narx asosida realizatsiya qilish oqibatida: 9220

  • “Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va chiqimi” schyotining debeti, 0400 – “Nomoddiy aktivlar” schyotlarining krediti;

  • boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga qoldiq narx bo‘yicha tekinga o‘tqazish oqibatida 9220 – “Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va chiqimi” schyotining debeti, 0400 – “Nomoddiy aktivlar” schyotlarining krediti;

  • butunlay eskirishi yoki daromad olish xususiyatining yo‘qolishi oqibatida: 9220 – “Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va chiqimi” schyotining debeti, 0400 – “Nomoddiy aktivlar” schyotlarining krediti;

  • hisoblangan eskirishlar hisobiga: 0500 “Nomoddiy aktivlarning eskirishi” schyotlarining debeti, 9220 – “Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va chiqimi” schyotining krediti;

  • boshqa firma, filiallar va qo‘shma korxonalarning ustav kapitaliga ta’sis badali sifatida o‘tqazish oqibatida: 9220 – “Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va chiqimi” schyotining debeti, 0400 – “Nomoddiy aktivlar” schyotlarining kreditiga ko‘chiriladi.

Nomoddiy aktivlarning sub’ekt mulkidan chiqib ketishi aksiyadorlarning yoki ta’sischilarning yig‘ilishidagi ko‘chirish, ushbu aktivlarni hisobdan chiqarish haqidagi bayonnomalari, qabul qilish yoki o‘tqazish dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.
Turli xil usullarni qo‘llash yo‘li bilan amortizatsiya hisoblanadi: to‘gri chiziqli (bir maromli), qoldiqni kamaytiruvchi, ishlab chiqarish usullari. Korxonaning hisoblashiga ko‘ra boshqa usullardan foydalanish afzallilik holatlarini istisno qilgan holda, to‘gri chiziqli usul maqbul usul hisoblanadi. Chunonchi, masalan, agar aktiv foydaliligi vaqt o‘tishi bilan sezilarli darajada kamaysa, u holda korxona “kamayuvchi qoldiq” usulini qo‘llashi mumkin.
Amortizatsiya summasi xarajatlar schyoti debetiga hamda “Narsalar amortizatsiyasi hisobi” schyoti kreditiga kiritiladi:
2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” schyoti debeti yoki
9426 -“Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasiga oid xarajatlar” schyoti debeti
0510-0590- “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi hisobi” krediti.
Mazkur qoidadan “Gudvill” nomoddiy aktiv schyoti saldosini kamaytirishga bevosita yoziladigan gudvill qiymatini hisobdan chiqarish mustasno:
2010- “Asosiy ishlab chiqarish” schyoti debeti yoki
9426 – “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasiga oid xarajatlar” schyoti debeti
0440 – “Gudvill” schyoti krediti.


Download 41.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling