Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi Nomoddiy aktivlarni dastlabki baholash
Download 41.11 Kb.
|
Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5) Nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini berish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi 6) Gudvill hisobining xususiyatlari
Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi Reja:
2) Nomoddiy aktivlarni dastlabki baholash 3) Xarajatni aks ettirish 4) Amortizatsiyani hisoblash 5) Nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini berish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi 6) Gudvill hisobining xususiyatlari 6.7. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi Misol. M kompaniya D kompaniyani 300 mln so‘mga sotib olayapti. Quyida sotuvgacha bo‘lgan M va D kompaniyalarining balansi va D kompaniyani sotib olgandan keyin M kompaniyasining balansi keltirilgan. Qavslarda M kompaniyaning birlashtiriluvchi balansini tuzishda hisobdan chiqariladigan summalar ko‘rsatilgan. D kompaniyaning balans qiymati 270 ming so‘mga teng, ya’ni aktivlar – majburiyatlar = 290-20 270 ming so‘m. (bu D kompaniyaning aksiyadorlik sarmoyasi va taqsimlanmagan foydasi qiymati). M kompaniyaning D kompaniyani sotib olgandan keyingi umumiy balansini tuzishda quyidagi jihatlarni hisobga olish kerak: 1. Kompaniyaning pul mablag‘lari 300 ming so‘mga kamaygan, chunki bu summani M kompaniya D kompaniya mol-mulki uchun uning aksiyadorlariga to‘lagan; 2.D kompaniya o‘z sarmoyasining kompanentlari (aksiyadorlik sarmoyasi va taqsimlanmagan foyda) hisobdan chiqariladi, chunki ular D sotib olinayotganda M aksiyadorlari tomonidan to‘langan. Ya’ni, korxonani harid qilishda summalar aksiyadorlik sarmoyasi sotib olayotgan kompaniyaning aksiyadorlik sarmoyasiga teng; 3. D harid bahosi va uning balans qiymati (mazkur holatda yechimni osonlashtirish uchun D aktivlarining bozor qiymati uning balans qiymatiga teng deb taxmin qilamiz) o‘rtasidagi farq gudvill hisoblanadi. 4. D kompaniyani sotib olishda M kompaniyaning provodkalari (M kompaniya 300 mln so‘m evaziga balansiga D kompaniyaning pul mablag‘lari, joriy va uzoq muddatli aktivlari, shuningdek majburiyatlarini oladi): 5110 – “Hisob-kitob schyoti” debeti (D pul mablag‘lari) 50 1010-4890 - “boshqa joriy aktmivlar” schyoti debeti (ilgari D kompaniyaga qarashli bo‘lgan) 40 0110-0990 – “Uzoq muddatli aktivlar” schyoti debeti (ilgari D ga qarashli bo‘lgan) 200 0440 – “Gudvill” schyoti debeti 30 010-6990 – “Joriy majburiyatlar” krediti (ilgari D ga qarashli bo‘lgan) 20 5110 – “Hisob-kitob schyoti” krediti (D ni sotib olish uchun muldorlarga hisoblab o‘tkazilgan) 300 Bu yerda bir g‘ayritabiiylik paydo bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak: M kompaniya o‘z kuchi bilan gudvill tashkil etishga ketgan xarajatlari davr xarajatlariga kiritilayotgan bir paytda o‘z hisobida chetdan sotib olingan gudvillni aks ettiradi. Aynan shu sababli Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida harid qilinayotgan korxona uchun to‘langan haq hamda uning sof aktivlarining baholovchi qiymati o‘rtasidagi tafovut nomoddiy aktiv sifatida aks ettirilmaydi, balki harid qilinishi bilan darxol hisobdan chiqariladi. Ayrim holatlarda gudvill manfiy miqdorga ega bo‘ladi. Bu xol harid qilingan kompaniya aktivlari qiymati uning harid bahosidan ortiq bo‘lganida yuzaga keladi. Bunday vaziyatlar ko‘p uchramaydi, mazkur holatda esa manfiy gudvill summasi qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni istisno qilgan holda, firmaning Uzoq muddatli aktivlari qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Xulosa Asosiy vositalar deb, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish soxasida foydalanadigan, shuningdek uzoq muddatli ijaraga beriladigan va uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) xizmat qiladigan vositalarga aytiladi. Korxona asosiy vositalari tarkibiga ko‘ra har xil bo‘lib, ma’lum belgilari asosida turkumlanadi. korxonalarda asosiy vositalarning yagona namunaviy turkumlash qo‘llaniladi. Unga ko‘ra ular tarmoq belgilariga, tayinlanishiga, turlari, qaysi sohaga tegishli ekanligi va foydalanishiga ko‘ra turkumlanadi. Asosiy vositalarning harakati ulaning kelib tushishi, chiqib ketishi va korxona ichidagi harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik jarayonlari ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Ushbu xo‘jalik jarayonlari tegishli hisob xujjatlariga asosan rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi korxona rahbarining buyrug‘iga ko‘ra tashkil qilingan ishchi komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi va unda albatta buxgalteriya xodimlaridan vakillar bo‘lishi shart. Inventarizatsiyani o‘tqazish ishchi komissiyasi a’zolari moddiy javobgar shaxs ishtirokida ob’ektlarni ko‘radi va ularni natura ko‘rsatkichida inventarizatsiya yozuvida qayd etadi. Inventarizatsiyani komissiya a’zolari to‘la bo‘lmagan holatda o‘tqazish mumkin emas. Nomoddiy aktivlar korxonaning mulki hisoblangan uzoq muddatli aktivlarning asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi, chunki korxona o‘z vaqtida ushbu aktivlarni ishlatish hisobidan daromad olish uchun maqsadini ko‘zlaydi. Nomoddiy aktivlar o‘zining bajaradigan vazifasi va boshqa asosiy xususiyatlari bilan asosiy vositalarga o‘xshaydi, shuning uchun ham uzoq muddatli aktivlar guruhida joylashgan, lekin jismoniy jihatga hamda ko‘rinishga ega emas. Nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: korxona faoliyatida faol foydalaniladi, sarmoya sifatida saqlanmasligi va sotish uchun olinmasligi kerak; o‘z xizmat muddati davomida foyda keltirishi lozim; hamma vaqt moddiy mohiyatga ega bo‘lavermaydi. “Nomoddiy aktivlar” 7-son BXMS ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish yoki boshqarish uchun nazorat qilinadigan hamda Uzoq muddat (bir yildan ortiq) foydalanishga mo‘ljallangan moddiy-ashyoviy mohiyatga ega bo‘lmagan mol-mulk ob’ektlari sifatida belgilaydi. Nomoddiy aktivlarning qiymati ular egalariga beradigan uzoq muddatli huquq yoki afzalliklardan iborat. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishning asosiy qoidalari bo‘lib: tan olish paytini belgilash, balans qiymatini, foydali xizmat muddatini baholash, amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash, balans qiymatidagi boshqa o‘zgarishlarni baholash va hisobga olish hamda ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash, shuningdek ular bo‘yicha axborotlarni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibi hisoblanadi. a) nomoddiy aktivlar — korxona tomonidan uzoq muddat mobaynida ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun ushlab turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan identifikatsiyalanadigan mol-mulk obyektlari. b) amortizatsiya — foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga tizimli taqsimlash va kiritish; v) amortizatsiyalanadigan qiymat — kutilayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda aktivning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati summasi; g) foydali xizmat muddati — korxona tomonidan aktivdan foydalanish ko‘zda tutilgan davr yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori; d) boshlang‘ich qiymat — nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymati (pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoxud boshqa to‘lovlarning joriy qiymati), shu jumladan to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig‘imlar), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar qiymati; e) tugatish qiymati — nomoddiy aktivning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat muddati oxirida aktivni tugatish chog‘ida olinishi kutilayotgan, aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi. j) joriy qiymat — ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa; z) qoldiq (balans) qiymat — nomoddiy aktiv moliyaviy hisobotda (buxgalteriya balansida) aks ettiriladigan qiymat va u boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi; i) faol bozor — oldi-sotdi obyektlari bir turda (bir xil) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan, shuningdek narxlar haqidagi ma’lumotlar oshkor (hammabop) bo‘lgan bozor; k) mutlaq huquq — bu qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquq. Nomoddiy aktivlarni ta’rifi aktivdan xo‘jalik faoliyatida foydalanilishni va u moddiy qiymatga ega bo‘lmasligini talab qiladi. Agarda moddiy mohiyatga ega bo‘lmagan (pul mablag‘lari ko‘rinishida bo‘lmagan) aktivlar yuridik huquqlar, jumladan mulk huquqi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanilgan taqdirda nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi. Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak: a) moddiy-ashyoviy tuzilishga (shaklga) ega bo‘lmasligi; b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish. Bunda aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida ellik baravarini tashkil qiladi. Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida hisobot davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli; v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi; g) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarning (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasining) mavjudligi; d) identifikatsiya qilish imkoniyati. Nomoddiy aktiv identifikatsiya qilinadigan bo‘lib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa: a) ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo‘lsa hamda sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog‘liq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo‘lsa. Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu jumladan o‘rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi; b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan ajraladigan bo‘lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo bo‘ladi. 8. Korxona nomoddiy aktiv bilan bog‘liq kelgusidagi iqtisodiy naf olish ehtimoli faqatgina quyidagi hollarda mavjud bo‘ladi: a) aktivning korxonaning kelgusidagi iqtisodiy nafini (daromadini) ko‘paytirishga qodirligi, shuningdek korxonaning aktivdan ushbu maqsadda foydalanish maqsadi isbotlanganda; b) korxona kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy nafni olishi uchun yetarlicha resurslar mavjud bo‘lganda yoki ularning hammabopligini isbotlash mumkin bo‘lganda. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi birligi bo‘lib inventar obyekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar obyekti bo‘lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan jami huquqlar hisoblanadi. Bir inventar obyekti boshqasidan ajratilishining (identifikatsiya qilinishining) asosiy belgisi bo‘lib, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda mustaqil vazifalarning bajarilishi yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun ishlatilishi hisoblanadi. Ikkita yoki bir nechta korxona mulkida bo‘lgan nomoddiy aktivlar obyekti har bir korxona tomonidan umumiy mulkdagi uning ulushiga teng miqdorda nomoddiy aktivlar tarkibida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarga 7-SONLI BHMS 6-bandida keltirilgan shartlarning barchasiga javob beruvchi quyidagi obyektlar kiritilishi mumkin: a) patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga bo‘lgan mutlaq huquqi; b) muallif yoki boshqa huquq egasining EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mutlaq huquqi; v) muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga bo‘lgan mutlaq huquqi; g) huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi; d) huquq egasining seleksiya yutuqlariga bo‘lgan mutlaq huquqi; e) gudvill j) tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni yer osti boyliklari, atrof-muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar va shu kabilardan foydalanish huquqi; z) yer uchastkasidan foydalanish huquqi; i) boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar). Nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona xodimlarining intellektual va ishchanlik sifati, ularning malakasi va mehnatga qobiliyati kiritilmaydi, chunki ular o‘zlarining egalaridan ajralmas hisoblanadi va ularsiz foydalanish mumkin emas. Download 41.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling