Nomuayyan muddatga ishga qabul qilish toʻgʻrisida F. I. Sh
Download 0.89 Mb.
|
buyruqlar
Monitoring o‘tkazish to‘g‘risida 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ–1252-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarorlariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi “Davlat pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan 20__-yilning ____ oyida AT “Xalq banki” ______ filiali tomonidan pensiya, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlarini o‘z vaqtida pensionerlarga belgilangan tartibda to‘lanishi, tanlov asosida monitoring o‘tkazilsin. 2. Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va to‘lovlarni tashkil qilish shoʻba mudiriga: -Uch kun muddatda belgilangan tartibda monitoring o‘tkazish uchun barcha tayorganlik ishlari yakunlansin: -Monitoring o‘tkazish uchun biriktirilgan xodimlar ro‘yxati, mahallalar bo‘yicha pensiya va nafaqa oluvchilarning, jumladan pensiya va nafaqa oluvchilarning tegishli shaklda ro‘yxati, monitoring o‘tkazish uchun tajribali va malakali xodimlardan iborat ishchi guruhlar 1-ilovaga asos tuzilsin. -Monitoring o‘tkazuvchi xodimlar tomonidan monitoring o‘tkazish vaqtida muomila madaniyatiga e’tibor berishi hamda odob (etika) qoidalariga rioya qilinishi ta’minlansin; -Monitoring o‘tkazish davomida aniqlangan xato va kamchiliklar dalolatnomalar asosida rasmiylashtirilib borilsin: -Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha har kungi ma’lumotlarni umumiylashtirish va monitoring natijasi bo‘yicha yakuniy ma’lumot 20__-yilning __-_____ga qadar boshqarmaga taqdim qilinsin. 3. Ushbu buyruqni bajarilishi ustidan nazorat _________ ga yuklatilsin. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi “Davlat pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling