Non mahsulotlarining kislotaligini aniqlash
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
131-134
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-22, Issue-1, November - 2022 132 Bu usul bilan biror kislotaning titrlangan eritmasidan foydalanib ishqorlarning miqdorini aniqlash (asidimetriya) yoki ishqorning titrlangan eritmasidan foydalanib, kislotalarning miqdorini aniqlash (alkalimetriya) mumkin. Neytrallash usuli oziq-ovqat sanoatida shu jumladan xamirturush (drojja), un, sut, muzqaymoq, pivoning kislotaliligini, sirka kislota tarkibidagi sirka miqdorini aniqlashda keng ishlatiladi. Kislotalarning titrini aniqlashda boshlang’ich modda sifatida: Na 2 B 4 O 7 10H 2 O, Na 2 CO 3 , C 2 H 5 ONa lar ishlatiladi. Ishqorlarning titrini aniqlashda: oksalat (H 2 C 2 O 4 2H 2 O), qahrabo kislotasi (HOOC-CH2- CH2-COOH), vino kislotasi (H 2 C 4 H 4 O 6 ) ishlatiladi. Konsentratsiyasi (titri) aniq ma`lum bo’lgan eritmalar titrlangan, titrant yoki standart eritmalar deyiladi. Ular quyidagi talablarga javob berishi: 1) modda kimyoviy toza bo’lishi; 2) moddaning tarkibi uning formulasiga to’la mos kelishi ; 3) modda quruq holda saqlanganda ham, eritma holda saqlanganda ham barqaror bo’lishi; 4) moddaning gramm ekvivalent qiymati mumkin qadar katta bo’lishi kerak, chunki bu eritmaning titrini aniq topishga imkon beradi. Ko’rsatilgan talablarga javob beradigan moddalar titrlangan yoki boshlang’ich moddalar deyiladi, chunki ulardan foydalanib qolgan boshqa moddalarning titri aniqlanadi. Boshlang’ich moddalar quyidagi usullar bilan tayyorlanadi: 1. Fiksanal tayyorlash usuli. Fiksanal – 1 litr aniq 0,1000 n eritma tayyorlash uchun kerakli miqdorda aniq tortilib yoki aniq o’lchanib shisha ampulalarga solib kavsharlangan qattiq modda yoki titrlangan eritmalardir. Fiksanaldan titrlangan eritma tayerlash ampuladagi moddani hajmi 1 litrli kolbaning bo’g’ziga varonka qo’yib, uning ichida bayok (nayza) qo’yiladi va shu bayook yordamida ampulaning yupqa devorli tubi sindiriladi. Ampulaning yuqori qismidagi chuqurcha uchi o’tkir shisha tayoqcha bilan teshiladi. Teshikdan ampula ichiga yuvgich yordamida suv purkab yuviladi. So’ngra varonka yuviladi va uni olib qo’yib, kolbadagi suyuqlikning hajmi distillangan suv qo’shib belgisigacha etkaziladi. 2. Tortim usuli. Kerakli moddadan analitik tarozida aniq tortib olib o’lchov kolbasida eritiladi va eritmaning hajmi kolbaning belgisiga etguncha distillangan suv bilan to’ldiriladi. Bunday eritmalarga birlamchi standart eritmalar yoki tayyorlangan eritmalar deyiladi. Lekin hamma moddalarning eritmasini masalan, (HCl, NaOH) tayyorlab bo’lmaydi. 3.Titrlash usuli. Titrlangan eritmalarga qo’yiladigan talablarga (yuqoriga qarang) javob bera olmaydigan eritmalar titrlash usuli bilan tayyorlanadi. Bunda tahminan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling