Non mahsulotlarining kislotaligini aniqlash
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
131-134
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniqlash tartibi
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-22, Issue-1, November - 2022 133 kerakli konsentrasiyali eritma tayyorlanadi, aniq (titri) konsentrasiyasini esa, biron to’g’ri keladigan boshqa birlamchi standart eritma bilan titrlab aniqlanadi. Titri boshqa eritma yordamida titrlash usuli bilan topilgan eritmalar titri aniqlangan eritmalar yoki ikkilamchi standart eritmalar deyiladi. Titrlash jarayonida рН ning ma`lum qiymatda ekvivalent nuqtaga erishilgach titrlash to’xtatiladi. Neytrallash reaksiyasi qandaydir tashqi o’zgarish bilan ketmaydi, shuning uchun ekvivalent nuqta-titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlash uchun maxsus indikatorlar ishlatiladi. Titrlash uchun yangi tayyorlangan ishqor eritmasi kerak bo’ladi. Uni tayyorlash uchun analitik tarozida 4 gramm natriy gidroksid o’lchab olinadi va 1 litrli o’lchov kolbadiga solinib, ustiga to belgilangan qismigacha distlllangan suv quyiladi va aralashtirilib eritiladi, natijada 0,1n NaOH eritmasi tayyor bo’ladi. Indikator sifatida fenolftalein eritmasi ishlatiladi. Non tayyorlash jarayonida xamir achishi natijasida nonda sirka va sut kislotalari hosil bo’ladi, uning mazasini kislotaliligi belgilaydi. Nonning kislotaliligi graduslarda ifodalanadi. Masalan: qora nonda – 12 0 , bug’doy unidan tayyorlangan nonda – 6 0 dan yuqori bo’lmasligi kerak. Kislotaliligi 1 0 bo’lgan 100 g non tarkibidagi kislotani neytrallash uchun 0,1 n NaOH eritmasidan 1 ml sarf bo’lishi kerak. Aniqlash tartibi: 500 ml konussimon kolbaga analitik tarozida o’lchab olingan 50 g qora nonni maydalab solinadi, ustiga 200 ml issiq distillangan suv qo’shib aralashtiriladi va yana 50 ml distillangan suv qo’shiladi. Tindirish uchun bir necha soat og’zini berkitib qo’yib quyiladi. Bir soatdan keyin tindirilgan eritmaning ustki tiniq qismidan pipetka yordamida 50 ml olinadi, ustiga 2-3 tomchi fenolftalein tomizilib 0,1 n NaOH eritmasi bilan och pushti rang hosil bo’lguncha titrlanadi. Qora nonning ivishidan hosil bo’lgan 50 ml suyuqlikni (vityajka) titrlash uchun NaOH eritmasining 0,1 n eritmasidan 7,2 ml sarf bo’ladi. 250,0 ml uchun esa: 50 ml 7, 2 ml 250,0 ml х 36 50 2 , 7 250 х ml 50 g qora non tarkibidagi kislotani neytrallash uchun 36 ml 0,1 n NaOH eritmasi sarf bo’lsa, 100 g qora nondagi kislotani neytrallash uchun 2 marta ko’p 72,0 ml 0,1 n NaOH eritmasidan sarf bo’ladi. Demak, tekshirilgan qora nonning kislotaliligi 7,2 0 . Davlat standarti bo’yicha qora nonning kislotaliligi 12 0 dan oshmasligi kerak. Foizlarda hisoblanganda, 12 0 100% 7,2 0 х % 60 12 100 2 , 7 х |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling