Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida


Yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan suyuqliklar bilan ishlashda xavfsizlik talablari


Download 170.51 Kb.
bet14/24
Sana03.10.2023
Hajmi170.51 Kb.
#1691134
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tas

2. Yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan suyuqliklar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
175. Tez o‘t oladigan va yonuvchi suyuqliklar (past haroratda qaynaydigan moddalarni istisno qilganda) laboratoriya xonalarida tiqini jips yopiladigan devori qalin bankalarda (shisha idishlarda) saqlanishi kerak. Bankalar qopqog‘i jips yopiladigan, devori va tubiga asbest qoplangan maxsus metall yashiklarda saqlanishi kerak.
176. Yashik yetib borish uchun qulay, yo‘laklar va qizitadigan asboblardan uzoqda polda joylashtirilishi kerak. Yashik qopqog‘ining ichki tomonida mazkur xona uchun yonuvchi va tez o‘t oladigan suyuqliklarning nomlari va saqlashning umumiy me’yorlari ko‘rsatilgan aniq yozuv tushirilgan bo‘lishi kerak.
177. Tez o‘t oladigan suyuqliklar uchun shisha idishning sig‘imi 1 litrdan oshmasligi, sig‘imi kattaroq bo‘lganda esa germetik yopiladigan metall g‘ilofga ega bo‘lishi kerak.
178. Laboratoriya xonalarida past kislotali moddalarni (dietil efiri, atseton va boshqalar) saqlash taqiqlanadi.
179. Ishlar yakunlangandan so‘ng ushbu moddalar saqlash uchun maxsus xonaga (omborga) chiqarilishi kerak.
180. Dietil (oltingugurt) efiri boshqa moddalardan ajratilib sovuq va qorong‘i xonada saqlanishi lozim.
181. Tez o‘t oladigan va yonuvchi moddalarni ombordan laboratoriyaga yopiq, sinmaydigan idishda yoki g‘ilofga solingan shisha idishda tashib keltirish zarur.
182. Laboratoriyaning har bir ishchi xonasida bir paytda saqlanadigan yong‘indan xavfli suyuqliklarning umumiy miqdori bir sutkalik ehtiyojdan ortmasligi kerak.
183. Tez o‘t oluvchi moddalar va yonuvchi suyuqliklar bilan barcha ishlar ventilatsiya ishlab turgan xonalarning tortuvchi shkaflarida va gaz yondirgichlar va elektr asboblari o‘chirilgan holatda o‘tkazilishi kerak.
184. Yonuvchan moddalar bilan ishlashni laboratoriyaning tajribasiz xodimiga topshirish taqiqlanadi.
185. Past qaynovchi yonuvchi moddalarni (atseton, benzol, efirlar, spirt va hokazo) haydash va qizdirish qiyin eruvchi shishadan qilingan aylana tubli kolbalar, mazkur moddaning qaynash haroratiga bog‘liq (suv, moy) tegishli issiqlik tashuvchilar bilan to‘ldirilgan idishlarda amalga oshirilishi kerak.
186. Ichida past qaynovchi mahsulotli va yonuvchan idishlarni ochiq olovda, shuningdek barcha elektr qizdiruv jihozlarida qizdirish taqiqlanadi.
187. Yuqoriroq qizish haroratiga ega bo‘lgan suyuqliklar yopiq turdagi elektr kolba qizdirgichlarda qizdirilishi kerak.
188. Tez yonuvchan moddalarni qizdirish uchun qo‘llaniladigan barcha apparatura to‘liq tuzatilgan bo‘lishi, kontaktlar uchqun chiqishining oldini olish kerak.
189. Laboratoriya havosiga ozroq bug‘lanishi bilan ta’sir qiladigan benzol, nitrobenzol, xloroform, dietil efiri, spirt, organik kislotalar efirlari, oltingugurt uglerodi va shu kabi kuchli hidlanuvchi zaharli moddalar bilan bog‘liq barcha ishlar faqatgina havo tortuvchi shkafda amalga oshirilishi kerak.
190. Portlashning oldini olish uchun dietil efirini quriguncha bug‘lantirish taqiqlanadi. Bug‘lantirish paytida ozgina qismi kolbada qolishi kerak.
191. Yoqilg‘i suyuqliklari bilan ishlar amalga oshirilgan idishlar ishlar tugagandan so‘ng darhol yuvib tashlanishi kerak.
192. Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i suyuqliklarini kun yakunida laboratoriyadan generatsiya yoki bu suyuqliklarni yo‘qotish uchun olib ketilishi lozim bo‘lgan maxsus germetik berkitiluvchi idishga yig‘ish lozim. Yoqilg‘i suyuqliklarini kanalizatsiyaga to‘kish taqiqlanadi.
193. Yong‘in va portlash xavfli suyuqliklar tasodifan to‘kilganda gaz goryelkalari, qizdirish asboblari darhol o‘chirilishi, tashqaridagi umumiy elektr o‘chiruvchi bilan xona uzib qo‘yilishi, to‘kilgan moddalar ko‘p miqdorda bo‘lganda qo‘shni xonalardagi barcha qizdirish asboblari ham o‘chirilishi, to‘kilgan joyga qum sepilishi kerak.
194. Yoqilg‘i moddalarining alanga olgan holatida (yong‘in paydo bo‘lganda) tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomaga muvofiq yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilishi zarur.

Download 170.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling